296
Bu stanoklarni asosan (katta detallarni ishlab chiqaruvchi) keng seriyali
ishlab chiqarish korxonalarida qo‘llaniladi.
Fason keskichlar va jilvirlash toshlari bilan
aylanma fason yuzalarni
ishlaganda, ishlanadigan yuzaning kichik bo‘lishi va ishlab chiqarish sonini katta
bo‘lishi, maqsadga muvofiqdir.
Fason yuzalarni olishni bu turi, yuqorida
qarab chiqilgan usullarga
qaraganda ishlab chiqarish samaradorligi ancha yuqoridir. Fason keskichni
bikrligini to‘liq saqlagan holatda, ishlangan yuzaning uzunligi 50 mm gacha olish
mumkin. Fason keskichlarni shaklini saqlash uchun, dumaloq fason keskichni ham
prizmatik fason keskichni ham old yuza bo‘yicha charxlanadi. Qirqish sharoitini
yaxshilash uchun, odatdagi ko‘ndalang surish yo‘nalishini, tangensial (urinma)
surish yo‘nalishiga o‘tkazish kerak. Fason keskichlar
bilan ishlangan yuzalarning
aniqligi 7-8 kvalitetni, kalibrovkadan so‘ng 6-7 kvalitet aniqligigacha olish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: