289
Rezba sovuq holatda dumalatib o‘yiladi. Buyum materiali rezba sifatiga
katta ta’sir qiladi: plastik materiallardan tayyorlangan buyumlarda yuqori sifatli
rezba hosil qilinadi; qattiq materiallarda rezba, ayniqsa yirigi katta yuklanish bilan
quvvatli dastgohlarda o‘yiladi.
Dumalatib rezba o‘yishning ikkita usuli mavjud: 1.
Yassi dumalovchi
plashkalar yordamida (12.16-rasm). 2. Dumalovchi roliklar yordamida (ularni
ba’zan dumaloq plashkalar ham deb ataladi (12.17-rasm).
Yassi plashkalar yordamida rezba o‘yishda polzunga qo‘zg‘aluvchi plashka
mahkamlanadigan mahsus dastgohlar qo‘llaniladi, dastgohning konstruksiyasiga
ko‘ra polzun plashka bilan vertikal, gorizontal yoki
qiya tekislikda ilgarilanma-
qaytarilma harakatlanadi.
Diametri 5 mm dan 25 mm gacha bo‘lgan rezbalar bitta rolik bilan tokarlik
va tokarlik revolverli dastgohlarida o‘yiladi.
12.16-rasm. Yassi dumalovchi plashkalar yordamida rezba o‘yish.
290
12.17-rasm. Roliklar yordamida rezba o‘yish. a- bitta rolik yordamida; b- vintli ariqchali ikkita
rolik yordamida; c- xalqa ariqchali ikkita rolik yordamida.
12.4.9. Rezbalarni nazoratdan o‘tkazish usullari
Rezbali sirtlarning aniqligi rezbaning quyidagi asosiy qismlarining
aniqligiga bog‘liq:
1. Rezba profilining burchagi. 2. Rezba qadami. 3. Rezbaning o‘rta diametri.
4. Rezbaning tashqi diametri. 5. Rezbaning ichki diametri.
Rezba aniqligining
asosiy mezoni o‘rta diametri bo‘yicha hisoblanadi.
Barcha ushbu qismlarning aniqligi faqat qiymatlariga nisbatan amal qilinishi
bilan emas, yana ularning bir-biriga aloqasi, nisbati bilan ham amal qilinishi kerak.
Odatda, detallarning tashqi rezbalarini chekli rezbali halqalari va skobalar,
ichki rezbalarni chekli tiqinlar yordamida nazoratdan o‘tkaziladi.
Past aniqlikdagi rezba
qadamini tekshirish uchun, rezba shablonlari
qo‘llaniladi.
Rezbaning o‘rta diametrini tekshirish uchun juda ham keng tarqalgan
o‘lchov asbobi rezba mikrometridan, shuningdek, rezba o‘rta diametrini tekshirish
uchun, rezba skobalaridan ham foydalaniladi. Rezbaning
uchta asosiy qismlari
291
o‘rta diametri, profil burchagi va qadamini tekshirishda universal mikroskop
qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: