285
Bitta vintli ariqchaning to‘liq, profilini kesib bo‘lingach, keskichni orqaga
(qarama-qarshi tomonga) suriladi va yuritkich vintiga
qarshi yurish berib, support
boshlang‘ich holatga qaytariladi. Shundan so‘ng rezbaning necha kirimliligiga
qarab, masalan, ikki kirimli rezbalar uchun
detal yarim aylantiriladi, uch kirimli
uchun detalning uchdan bir qismiga aylantiriladi va hokazo.
Bir necha pazli tortqili patron yordamida ko‘p kirimli rezba kesish juda ham
sodda, bunda pazlar soni vint kirimlari soniga teng bo‘lishi kerak (12.15-rasm, a).
Kesishning har bir yurishidan so‘ng detal
markazdan olinadi va xomut
tortqili patrondagi navbatdagi pazga tushadigan holda yana markazga o‘rnatiladi,
keyin navbatdagi yurish orqali kesiladi.
Ko‘p kirimli vintlarni ikki diskli mahsus planshayba yordamida kesish usuli
keng tarqalgan (12.15-rasm, b).
Diskning biri ikkinchisiga nisbatan rezba kirimlari soniga ko‘ra turli
burchakka burilishi mumkin. Buraladigan diskning silindrik sirti bo‘laklarga
chiziqlar yordamida bo‘lib qo‘yilgan. Shu bo‘laklar yordamida
disklar bir-biriga
nisbatan ma’lum bir burchak ostida o‘rnatiladi.
12.15-rasm. Ko‘p kirimli rezbalar kesishda qo‘llaniladigan
tortqili patronlar: a-ariqchali; b-mahsus planshaybali.