278
tomonlamali harakatlanuvchi stanok, sidirgichlari ikkita bo‘lib, ular galma-gal
(poperemenno) o‘zgaruvchan holatda ishlaydi, bu esa detalni boshqa holatda
o‘rnatishga va mahkamlashga imkoniyat beradi. Sidirishda kesish tezligi 20 m/min
gacha yetadi. Tekis yuzalarni sidirishda homashyolarni ishlanmagan yuzalarini
qiytimi (2÷6) mm gacha, ishlangan yuzalarni qiytimi 0,5 dan 1 mm gacha
qiymatda olinadi. Ishlanmagan yuzalarni sidirishda (pokovka), bu yuzalardagi
hosil bo‘lgan kuyundi qatlami, odatdagi tekis sidirgichlarni tishlarini tezda
o‘tmaslashtiradi va chetnab ketishiga ham olib keladi. Bunday holat ro‘y
bermasligi uchun, zamonaviy sidirish usulidan foydalaniladi. Bu usulda mahsus
sidirgichlardan foydalaniladi, bunday sidirgichlarda, tishlari harakat yo‘nalishiga
nisbatan og‘ma ravishda joylashgan bo‘ladi. Bu holda, qirindi ishlanayotgan
yuzaning butun kengligi bo‘yicha, qirqilmasdan, balki kichik kengliklar bo‘yicha
qirqilib, keyingi tishlarning har biriga to‘g‘ri keladigan qirindi kengligiga ortib
boradi, ishlanayotgan to‘liq yuzaga tegishli aniqlik va g‘adir-budirlikni, butun
ishlanayotgan yuza bo‘yicha, kalibrlovchi tishlar ta’minlaydi. Shunday qilib,
mahsus sidirgichni bitta o‘tishida, ishlanayotgan hamma yuza yuqori aniqlikda
ishlanadi. Tashqi yuzalarni sidirishda g‘adir-budirlik R
a
=2,5÷0,63 mkm ni
ta’minlaydi.
Tekis yuzalarni keng seriyali va ommaviy ishlab chiqarishda yuqori
unumdorlikka ega bo‘lgan uzluksiz harakatda (nepererivniy) bo‘lgan karusel stolli,
barabanli, yoki zanjirli transporteri bo‘lgan sidirish stanoklaridan foydalaniladi. Bu
stanoklarga
homashyolar,
moslamalar
yordamida
zanjirli
transporterga
o‘rnatiladi.Yuzalarni ishlash qo‘zg‘almas sidirgichga nisbatan homashyoni
uzluksiz harakat qildirish yo‘li bilan olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: