1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Tekis yuzalarni jilvirlash usuli bilan ishlash



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

 
12.3.4. Tekis yuzalarni jilvirlash usuli bilan ishlash 
 
Jilvirlash - tekis yuzalarni qora va toza ishlash uchun qo‘llaniladi. 
Jilvirlashning ikkita asosiy usuli mavjud: 1) abraziv toshning yoni bilan jilvirlash, 
2) abraziv toshning chekka tag qismi bilan jilvirlash. 


279 
Tekisliklarni jilvirlashning asosiy sxemalari 12.13-rasmda keltirilgan. 
12.13-rasm. Tekis jilvirlash sxemasi. 
 
a- bo‘ylama turdagi stanoklarda abraziv toshning chekka tag qismi bilan jilvirlash; 
b- karusel turidagi stanoklarda abraziv toshning chekka tag qismi bilan jilvirlash; 
c- bo‘ylama turdagi stanoklarda abraziv toshning yon qismi bilan jilvirlash; 
d- karusel turidagi stanoklarda abraziv toshning yon qismi bilan jilvirlash. 
V
stol
, V
abraziv tosh
=V
k
, S
vert
, D
stol
, D

=D
abraziv tosh
 
Ko‘pincha qora jilvirlashda, katta chekka o‘lchamli detallarni yuzalarini 
abraziv toshning yoni bilan jilvirlab ishlash keng tarqalgandir. Qora jilvirlashda 
qiytim qatlamini o‘lchami, frezerlash yoki randalashga qaraganda bir necha marta 
kam bo‘ladi. Katta qiytimlarda qora jilvirlash iqtisodiy tejamkor usul emas deb 
hisoblanadi. Qora jilvirlashda katta diametrdagi abraziv toshlardan foydalaniladi. 
Katta diametrdagi abraziv toshlar, metal diskga mahkamlangan alohida-alohida 
brusoklardan yoki segmentlardan iborat bo‘ladi. Bunday abraziv toshlardan 
foydalanishda, jilvirlash uchun bir muncha ijobiy shart-sharoitlar yaratiladi, ya’ni 
issiqlikni ajralib chiqishini kamayishi, jilvirlash jarayonida bo‘ladigan changni va 
mayda qirindini oson chiqarib tashlash va ishlash vaqtidagi mehnat xavfsizligini 
ortishi bilan namoyon bo‘ladi. Lekin, bunday abraziv toshlar aniq balansirovka 
qilishni talab qiladi. Yuzalarni qora jilvirlash- yirik donali abraziv toshlarda olib 


280 
boriladi. Toza jilvirlashda ko‘pincha ishlar yaxlit mayda donali abraziv toshlarda 
olib boriladi. Jilvirlash tezligi 60 m/sek gacha qilib olinadi. 
Abraziv toshning yoni bilan jilvirlash usulida chashka yoki tarelka 
ko‘rinishidagi abraziv toshlardan foydalaniladi. Abraziv toshning yoni bilan 
jilvirlash, abraziv toshning chekka qismi bilan jilvirlashga qaraganda ancha ishlab 
chiqarish unumdorligi yuqori bo‘lib, lekin aniqligi kamdir. Toza jilvirlashda 6- 
kvalitet aniqligini va g‘adir-budirlik yuzasini balandligi R
a
=0,63÷0,15 mkm ni 
olishga oson erishiladi. 
Bo‘ylama jilvirlash turidagi stanoklarda abraziv toshning chekka tag qismi 
bilan jilvirlash usulida, ishlov berilganda asosiy (mashina) vaqt quyidagi ifoda 
bilan aniqlanadi. 
; (12.20) 
bu yerda 
B
- jilvirlash yuzasining kengligi, mm; x- abraziv toshning ishlab chiqish 
masofasi, mm; 
Z
- ishlanayotgan yuza tomoniga to‘g‘ri kelgan qiytim, mm; 
S
(sh) k

detalning kengligiga to‘g‘ri kelgan ko‘ndalang surish, mm; n
dvx(ikki yurish)
- stolning 
minutiga ikki marta yurishiga to‘g‘ri kelgan yurish soni, 
S
B
- bitta o‘tishga to‘g‘ri 
kelgan vertikal surish, mm; 
K
- aniqlik (dovodka) koeffitsenti, bu koeffitsent 
jilvirlash aniqligini 1,1 dan 1,8 gacha oraliqda ifodalaydi; 
m
- stanok stoliga bir 
vaqtda o‘rnatiladigan detallar soni. 
Karusel turidagi jilvirlash stanoklarida abraziv toshning chekka tag qismi 
bilan jilvirlash usulida ishlov berilganda asosiy (mashina) vaqti, quyidagi ifoda 
bilan aniqlanadi. 
; (12.21) 
bu yerda, 
n
- stolning aylanishlar soni ayl/min. karusel turidagi jilvirlash 
stanoklarida abraziv toshning yon qismi bilan ishlov berilganda, tekis jilvirlashda 
asosiy vaqt, quyidagi ifodadan aniqlanadi.
; (12.22) 
- ko‘ndalang surish abraziv toshning (0,5÷0,8) kengligiga teng qilib olinadi.


281 
Bo‘ylama jilvirlash turidagi stanoklarda jilvirlash yuzasining kengligi, 
abraziv toshning yon qismi bilan jilvirlash usulida ishlov berilganda asosiy vaqt 
quyidagi ifodadan aniqlanadi. 
; (12.23) 
bu yerda, 
L
- stolning uzunligi, mm; 
V
- stolning bo‘ylama yurish tezligi, m/min 
S
b
-
bitta o‘tishga to‘g‘ri kelgan, abraziv toshning vertikal surilishi, mm. 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin