1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


 Kichik diametrdagi teshiklarni ishlash



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

 
12.2.6. Kichik diametrdagi teshiklarni ishlash 
 
Kichik diametrdagi teshiklarni tig‘li asboblarda va jilvir asboblarda oldingi 
boblarda aytilgan oddiy teshiklarni olishga o‘xshash usullarda ishlanadi. 
Mashinasozlikda 
qo‘llaniladigan konstruksion po‘latlarda va ularning 
qotishmalarida diametri 0,5 mm dan yuqori bo‘lgan teshiklarni mexanik ishlash 
usuli bilan, teshiklarni diametri 0,5 mm dan kichik bo‘lgan teshiklarni esa asosan 
elektrofizik-elektroximik usullardan foydalanib olinadi. Diametri 0,3 mm bo‘lgan 
teshiklarni olish uchun faqat elektrofizik-elektroximik usullardan foydalaniladi. 
Qora metallarda qalinligi 3 mm gacha, rangli metallarda qalinligi 5 mm 
gacha bo‘lgan detallarda diametri 3,5 mm gacha bo‘lgan teshiklarni olish usullari. 
1. Konduktor yordamida parmalash. 2. Dastlab kernolab olish va parmalash. 
3. Shtamplarda teshik olish. 
Konduktor bo‘yicha parmalaganda, teshiklarning markazlararo orasidagi 
masofalar aniqligi 0,05 mm ga erishiladi. 
Kern bo‘yicha parmalashda teshiklarning markazlararo masofa aniqligi 0,03 
mm ga yetadi. 
Detallarda teshiklar o‘qlarini paralelligi 0,005 mm, markazlararo masofalar 
aniqligi 0.0075÷0.01 mm gacha bo‘lgan qiymatlariga shtamplarda teshiklarni 
kalibrlash yo‘li bilan erishiladi. 
 
12.3. Tekis yuzalarga ishlov berish 
(Yassi sirtlarga ishlov berish) 
 
Mashinaning ko‘p detallari tekis yuza shakllariga egadir. Bu tekis yuzalar 
turli koordinata tekisliklarida turli xil ko‘rinishda; ariqchalar, inlar, ramalar, qirrali 
ariqchalar, tokchalar, yon yuzalar, shponka yuzalaridan, kvadrat, oltiburchak 


273 
yuzalardan va hokozo ko‘rinishlarda uchraydi. Tekis yuzalarga ishlov berish 
randalash, o‘yish, frezerlash, sidirish (protyajkalash) va jilvirlash usullarida olib 
boriladi. 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin