12.4.4. Plashka yordamida rezba kesish Plashkalarning barcha turlarining asosiy kamchiligi kesib bo‘lingandan
keyin plashkani orqaga yana burab olishdir, bu vaqt sarfini oshiradi va
unumdorlikni pasaytiradi.
Avtomatlarda, revolverli va bolt kesuvchi dastgohlarda rezba kesish uchun
o‘zi ochiluvchi rezba kesuvchi kallaklar qo‘llaniladi, ularning plashkalarda rezba
kesishga nisbatan unumdorligi 3-4 barobar yuqori, chunki avtomatik ravishda o‘zi
ochilganligi uchun, ularni orqaga burab olishga xojat yo‘q.
12.4.5. Rezbalarni frezerlash Ishlab chiqarishda tashqi va ichki rezbalarni frezerlash keng qo‘llaniladi,
ular ikki usulda amalga oshiriladi:
1.
Diskli frezalar yordamida.
2.
Frezalar guruhi yordamida.
Birinchi usul - diskli freza yordamida frezerlash katta qadamli va yirik
profilli rezbalarni kesishda qo‘llaniladi. Freza profili rezba profiliga to‘g‘ri keladi,
frezaning o‘qi detal o‘qiga nisbatan, rezba qiyalik burchagiga teng qiyalikda
joylashadi. Dastgohning konstruktsiyasiga ko‘ra simmetrik, simmetrik bo‘lmagan
va diskli frezalar qo‘llaniladi. Rezba kesishda freza aylanadi va detalning o‘qi
bo‘yicha ilgarilanma harakatga ega bo‘ladi, shu bilan birga detalning bir
aylanishiga to‘g‘ri kelgan surish, rezbaning qadamiga aniq to‘g‘ri kelishi kerak.
Detalning aylanishi surishga bog‘liq ravishda sekin amalga oshiriladi.
Ikkinchi usul - frezalar guruhi bilan frezerlash mayda qadamli qisqa
rezbalarni olishda qo‘llaniladi.
Guruhli freza (ba’zida taroqli deb ham ataladi) bitta qisqichga yig‘ilgan
diskli frezalar guruhidan iborat bo‘ladi. Freza uzunligi, odatda, frezalanadigan
rezba uzunligidan 2-5 mm ko‘p olinadi. Guruhli freza bilan rezba kesish uchun u
287
detal o‘qiga parallel o‘rnatiladi. Detalning bir marta to‘liq aylanish vaqtida, guruhli
freza rezba qadamiga teng bo‘lgan masofaga siljiydi.