1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


 Plastik deformatsiya yo‘li bilan teshiklarni ishlash



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

12.2.4. Plastik deformatsiya yo‘li bilan teshiklarni ishlash 
 
Teshik yuzalarini plastik deformatsiya usuli bilan ishlash (YuPD) natijasida 
ishlangan teshik aniqligi ortadi yuza g‘adir-budirliklari yaxshilanadi. Yuzalarga 
plastik deformatsiya berish quyidagi usullarda amalga oshiriladi: dornlash 
(dorningovaniye), shariklar yoki roliklar yordamida raskatkalash (ezish) va olmos 
bilan silliqlash (dazmollash). 
Dornlash jarayoni
ikki tomoni ochiq bo‘lgan teshiklarni aniqligini 6–7 
kvalitet bo‘yicha va yuzaning g‘adir-budirligi qiymatini R
a
=0,32÷0,08 mkm olish 
uchun qo‘llaniladi. Dornlashdan so‘ng olingan teshikni diametri, dorn diametridan 
elastiklik xususiyatini tiklanishi hisobiga kichik bo‘ladi. Teshiklar diametri 10÷15 
mm bo‘lgan o‘lchamlar uchun tortishish (natyag) qiymati 0,05÷0,15 mm ni tashkil 
qiladi. Dornlash jarayonida moylovchi sifatida po‘latlardan va bronzalardan 
tayyorlangan detallarni ishlashda mineral yog‘lardan, cho‘yandan tayyorlangan 
detallar uchun esa kerosindan foydalaniladi. Dornlash tezligi 2÷7 m/min orasida 


268 
bo‘ladi. Rangli metallardan va cho‘yandan tayyorlangan detallarni ishlash uchun 
dornlar U12A, X12M, P18, XV5 va boshqa materiallardan tayyorlanadi. 
Po‘latlardan tayyorlangan detallarni ishlash uchun dorn yuzalari azotlangan yoki 
xromlangan X12F yoki 38XMYA materiallaridan tayyorlanadi. BK8 va T5K10 
markali qattiq qotishmalardan yasalgan dorn asbobi yuqori turg‘unlikka ega 
bo‘ladi. Dorn operatsiyasi presslarda yoki sidirish stanoklarida olib boriladi. 
Olmos bilan silliqlash.
Teshiklarda (finish) oxirgi bajariladigan operatsyalar 
turi bo‘lgan olmos bilan silliqlash kelajagi porloq usuldir. Olmos yuqori aniqlikka 
ega bo‘lib yeyilishga chidamliligi yuqori, turli qotishma va metallarda olmosning 
sirpanishdagi ishqalanish koeffitsiyenti kichkinadir. Korroziyabardosh, termik 
toblangan (HR
c
=60) issiqbardosh po‘latlardan, qotishmalardan tayyorlangan 
detallardagi teshiklarni olmos bilan silliqlab ishlash mumkin. 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin