1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Rasm 12.11. Teshiklarni ichki jilvirlash



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

Rasm 12.11. Teshiklarni ichki jilvirlash. 
 
Abraziv toshli shpindel 4 ta harakatga ega; I-o‘z o‘qi atrofida aylanma, detal 
esa stanokka qo‘zg‘almas qilib mahkamlangan; II–detalning ichki yuzasi bo‘yicha 
aylana planetar harakati; III-detalning o‘qi bo‘yicha ilgarilama-qaytarilma harakati; 
IV shpindelni ko‘ndalang surilishi. Detalning bir marta to‘liq aylanishiga to‘g‘ri 
kelgan ko‘ndalang surish tezligi qiymati juda kichkina: S=0,003÷0,002 mm/ayl. 
Bu stanoklarni ish unumdorligi kichkina bo‘lganligi sababli katta va og‘ir 
detallarni jilvirlash uchun ishlatiladi. Unumdorligi yuqori bo‘lgan stanoklarni 
ishlatish imkoni bo‘lgan holatlarda, yuqoridagi stanoklardan foydalaniladi.
Teshiklarni markazsiz jilvirlash (12.11-rasm, b). Aylanma harakatga ega 
bo‘lgan mahkamlanmagan detalni teshigi jilvirlanadi. Tashqi diametri dastlabki 
jilvirlangan detal 3 ta rolik bilan ushlab turiladi va yo‘naltiriladi. Katta diametrdagi 
rolik 1-yetaklovchi bo‘lib, u abraziv toshga nisbatan detal 2 ni aylantiradi, tepada 
joylashtirilgan rolik 5 detalni 1-yetaklovchi rolikka va pastki tayanch 4 rolikka 
bosib turadi. 3 ta roliklar orasiga joylashgan detal, yetaklovchi rolik tezligiga teng. 
Detalni almashtirish uchun, mahkamlovchi rolik 5 chap tomonga surilib, detalni 
bo‘shatadi. Agar detalning diametri 30 mm dan kichik bo‘lsa, tayanch rolik 4 ni 
,tayanch tig‘iga almashtiradi. Abraziv toshga qirqish tezligi va abraziv toshning 
ikki tomonlama yurishiga to‘g‘ri keladigan ko‘ndalang (radial) surish tezligi 
beriladi.
Markazsiz jilvirlashda diametr bo‘yicha 6÷7 kvalitet aniqligi, tashqi va ichki 
teshiklarni o‘qlarini paralelligi 0,003 mm gacha aniqlik beradi. Bu usul bilan ikki 


265 
tomoni ochiq va bir tomoni berk bo‘lgan teshiklarni jilvirlash mumkin. Diametri 
10 mm dan 200 mm gacha bo‘lgan teshiklarni devorini bir xil qalinlikda ishlab 
yuqori aniqlikka erishish mumkin. 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin