258
foydalaniladi. Bu stanoklarda ishlangan teshiklar aniqligi 8÷9 kvalitetga to‘g‘ri
keladi.
Ingichka ichki yo‘nish teshikni sifatini yuqori aniqlikda olish uchun oxirgi
o‘tish operatsiyasi sifatida qo‘llaniladi. Ingichka ichki yo‘nish katta tezliklarda
(100÷1000) m/min, kichik surish tezliklarida (0,01÷0,02) mm/ayl va kichik qirqish
chuqurliklarida (0,05÷0,4) mm da olib boriladi. Rangli metallar va ularning
qotishmalari, plastmassalar, olmos keskichlar bilan, qora metaldan tayyorlanadigan
detallar qattiq qotishmali keskichlar bilan yo‘niladi. Ingichka ichki yo‘nishni
qirqish rejimlari: po‘latdan tayyorlanadigan detallarni ishlash uchun, qirqish tezligi
120 dan 250 m/min gacha, surish tezligi 0,02 dan 0,12 mm/ayl gacha va qirqish
chuqurligi 0,1 mm dan 0,3 mm gachadir. Rangli metallar qotishmasidan
tayyorlanadigan detallarni ishlash uchun qirqish tezligi 800 m/min gacha, surish
tezligi 0,02 dan 0,1 mm/ayl gacha va qirqish chuqurligi 0,05 mm dan 0,4 mm
gachani tashkil qiladi.
Ingichka ichki yo‘nish bir va ko‘p shpindelli yuqori aniqlikdagi pretsizion,
gorizontal va vertikal yo‘nish stanoklarida bajariladi.
Olmos yo‘nish stanoklarini juda ko‘p modellari -2A710, 2712, 2A716
mavjud. Bu stanoklar yuqori bikrlikka va yuqori turg‘unlikka ega. Stanokning
hamma turdagi modellari shpindelning aylanishi bilan detal esa doimo
mahkamlangan qo‘zg‘almas holatda ishlaydi.
Diametri (50-200) mm gacha va uzunligi (75-200) mm gacha bo‘lgan
teshiklar vertikal, diametri kichik bo‘lganlari gorizontal stanoklarda ishlanadi.
Keskichlar bikr bo‘lgan konsol opravkalarga mahkamlanadi. Ingichka ichki
yo‘nish 6-7 kvalitet aniqligini, yuza g‘adir-budirligini R
a
=(0,32÷0,08) mkm ni
olishni ta’minlaydi. Shakl xatoligi (ovallik, konuslik) 0,003÷0,004 mm bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: