256
prizmalardan va konduktor moslamalaridan foydalaniladi. Ichki yo‘nishda teshik
o‘qlari orasidagi aniqlik va teshiklarni holati baza yuzalariga nisbatan turli
usullarda ta’minlanadi. Mashinasozlikda teshiklar kam hollarda razmetka
(markazni chizib topish yo‘li bilan aniqlash) usulida olinadi, asosan ko‘p hollarda
konduktor moslamalarini qo‘llab ichki yo‘niladi.
Teshiklarni markaziy o‘qlarini va ular orasidagi masofalarni aniq qilib olish
uchun, teshik ochiladigan homashyoda, teshik markazi va ular orasidagi masofa
o‘lchov asbobi yordamida, o‘lchab, chizib belgilab olinadi. Belgilangan markazni
kerner yordamida chuqurcha qilib belgilab olinadi. Shu belgidan foydalanib, uning
ustida parmalash operatsiyasi bajariladi.
Yakka tartibli va mayda seriyali ishlab chiqarish turlarida teshiklarni
(parmalashdan) ishlashdan oldin, markazni chizib topish yo‘li bilan aniqlanadi,
razmetkadan foydalaniladi. Teshiklar orasidagi masofalarning yo‘nishdagi aniqligi
(razmetka), masalan teshiklar markazini chizib topish usulida ±(0,1÷3) mm ni
tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: