1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Aylanma jismlarning tashqi yuzalarini pardozlash



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

 
12.1.3. Aylanma jismlarning tashqi yuzalarini pardozlash 
 
Val bo‘yinchalarini olmos bilan, dazmollab pardoz berish juda ham keng 
tarqalgandir. Sferik yoki silindrik olmos uchlikni prujina yordamida, aylanayotgan 
valga kuch yordamida botiriladi va unga bo‘ylama harakat beriladi. Olmos bilan 


247 
dazmollash usulida ishlangan yuzaning g‘adir-budirligini R
a
= 0,04mkm gacha 
olish mumkin. Bu usulda ishlanganda materialning fizik - ximik - mexanik 
xususiyatlari sezilarli yaxshilanadi va detal yuzasida siqiluvchi (sjimayushiye) 
qoldiq kuchlanishlar hosil bo‘ladi. Pardozlashdan oldin yuza juda yaxshi aniqlikda 
ishlangan bo‘lishi kerak, chunki pardozlash detalning o‘lchamlarini va shakl 
xatoligini kerakli miqdorda to‘g‘rilay olmaydi. Dazmollab pardozlashdan tashqari 
yana jilvir donalaridan foydalanilgan asboblardan foydalanib (pritirkalash) 
ishqalash yoki superfinish pardozlash operatsiyalari olib boriladi. Oxirgi, 
superfinish pardozlash usuli eng sinalgan usuldir (12.6-rasm). Mayda donali olmos 
brusoklar 1 minutiga 2
÷
4 mm gacha amplitudasi 200 dan 1000 martagacha o‘q 
bo‘yicha tebranma harakat qiladi. Detal aylanma harakat qiladi. Ishlanayotgan 
yuzalarga brusok 2
÷
10 Pa bosim bilan ta’sir qiladi, kesish tezligi V=40 m/min, 
diametr bo‘yicha 0,03 mm qiytim olib tashlanadi. Bunday ishlov berishda yuza 
g‘adir-budirligi Ra=0,02 mkm gacha yaqinlashadi. Superfinish operatsiyasi yassi, 
dumaloq, botiq, egilgan, tashqi va ichki sirtlarga o‘ta toza ishlov berish usulidir. 
 
12.6-rasm. Superfinish sxemasi

Ishqalash (o‘lchamga yetkazish) operatsiyasi - bu dastlabki jilvirlangan 
yuzalarni ishqalab pardozlash usuli bilan tugallangan operatsiyadir. Bu operatsiya 
cho‘yan yoki bronzadan tayyorlangan ishqalagich yordamida amalga oshiriladi. 


248 
Tashqi silindrik yuzalarni ishqalash uchun ishqalagichlarga jilvir mikrokukuni 
(donalar 3 dan 20 mkm) yog‘ bilan, yoki mahsus pasta yordamida bu operatsiya 
olib boriladi. Jilvir kukuniga korund, xrom oksidi, temir oksidi va boshqalar kiradi. 
Masalan, GOI pastasi abraziv sifatida xrom oksididan va bog‘lovchi sifatida - olein 
va stearin kislotasidan iborat. 
Pastalar ishqalash (pritirkalash) jarayonini tezlatadi, chunki uning tarkibiga 
kirgan ximiyaviy (aktiv) faol elementlar (plyonka) pardalar hosil qiladi, bu 
pardalarni jilvir donachalar oson ketkazadi. Ishqalash operatsiyasi jarayonida 
ishlanuvchi homashyo aylanma va ishqalagich asbobi ilgarilanma - qaytarilma 
harakat qiladi, ko‘pincha bu operatsiyani qo‘l bilan bajariladi. Qirqish tezligi 
V=10÷20 m/min, ishqalash uchun qiytim 5÷10 mkm qoldiriladi, ishqalashni oddiy 
tokarlik dastgohlarida olib borish mumkin. Ishqalash operatsiyasi natijasida 
ishqalanuvchi sirtga abraziv donachalarini botirish hisobiga, yuzani aniqligi ortadi. 
Yaltillatish - bu jarayon ishlash yuzasiga moy bilan aralashtirilgan mayda 
donali abraziv kukuni surilib, yumshoq material bilan pardoz ishlovi berishdir. 
Yumshoq material sifatida voylok, fetr va charm xizmat qiladi. 
Abraziv asbobning zamonaviy ko‘rinishi sifatida grafit to‘ldirgichli 
yaltillatish doirasi yaratildi. Bunday doiralarni qo‘llash yuqori sifatli silliq 
yuzalarni kichik g‘adir-budirlikda olish imkonini beradi. Yaltillatish usulining 
rivojlanishi natijasida yaltillatish doirasi o‘rniga jilvir tasmali yaltiratgichlar 
qo‘llanila boshlandi. 
Yaltillatish bilan oldingi ishlov berish operatsiyasidan qolgan shakl 
xatoligini va maxalliy nuqsonlarni to‘g‘rilab bo‘lmaydi. Bu ishlov berish usuli 
bilan yuqori darajadagi yuza g‘adir-budirligiga Ra=0,04÷0,01 mkm erishish 
mumkin, biroq yaltillatish usuli bilan yuqori aniqlikni ta’minlab bo‘lmaydi, 
Yaltillatish jarayonida abraziv tasmaning tezligi (V=40 m/sek gacha) bo‘ladi. 


249 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin