1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


 Aylanma jismlarning tashqi yuzalarini ishlash



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

12.1. Aylanma jismlarning tashqi yuzalarini ishlash 
 
1. Aylanma jismlarning tashqi yuzalarini yo‘nish, frezerlash, protyajkalash 
va jilvirlash. 
2. Aylanma jismlarning tashqi yuzalariga yakuniy ishlov berish 
operatsiyalari. 
12.1.1. Yo‘nish 
 
Tashqi yuzasi silindrik shaklga ega bo‘lgan aylanma jismlarga asosan “Val” 
sinfidagi detallar kiradi. Ular turli xil shakllarga ega bo‘lishi mumkin. Masalan: 
silliq silindrik, pog‘onasimon silindrik, konussimon va kombinatsiyalashgan 
(aralash) shakllarda uchraydi. 
Silindrik detallarning tashqi yuzalarini aniq, ishlash uchun uni quyidagi 
bosqichlarga bo‘lib olish mumkin - qora, yarim toza, toza va ingichka yo‘nish. 
Ko‘p hollarda tashqi silindrik shakllarga ega detallarni markazlarga o‘rnatib ishlov 
beriladi. O‘rnatish bazasini yaratish uchun, detalni yon (torets) tomonlari ishlanib, 
markaz ochiladi. Agar homashyo yonlarida teshiklar bo‘lsa, shu teshiklar yoki 
teshik faskalari texnologik baza bo‘lib xizmat qiladi. Ishlangan yuzalarning 


237 
aniqligi - markaz turiga, markazni joylashuviga va tayyorlash aniqligiga bog‘liq 
(12.1-rasm a, b). 
12.1-rasm. Markaz teshiklari. 
Juda ham aniq bo‘lmagan, homashyo yuzalarini ishlash uchun “a” turdagi 
markaz teshiklaridan foydalaniladi, “b” turdagi teshikni 120° li faskalar silindrik 
chuqurchalarni teshik qirrasini yeyilishdan saqlaydi. Bunday teshik turlari aniq 
yuzalarni tayyorlashda ishlatiladi. Bu teshiklar turi “b” o‘rnatish bazasi sifatida 
ko‘p marta operatsiyalar bajarish uchun yaraydi. Pog‘onasimon yoki 
kombinatsiyalashgan yuzalarga ega bo‘lgan tashqi silindrik shakldagi detallarni 
ishlash uchun, hamma homashyolarda markaz teshiklarini aniq joylashishini va 
chuqurligini bir xil ushlash talablari katta ahamiyatga ega. Yuqoridagi talablarga 
markaz ochuvchi frezerlash yarim avtomatida olingan markaz teshiklari to‘liq 
javob beradi. Yarim avtomatda ochilgan markaz teshiklarini unumdorligi tokarlik, 
tokarlik-revolver va parmalash stanoklarida ishlab olingan markaz teshiklari 
unumdorligiga qaraganda yuqoridir. 
Tashqi silindr shakl yuzalarini qora yo‘nish ko‘pincha oddiy tokarlik 
stanoklarida, nusxa ko‘chiruvchi tokarlik stanoklarida, tokar - revolver 
stanoklarida va rotor - frezerlash stanoklarida bajariladi. 
Tashqi silindr shakl yuzalarni toza yo‘nish uchun asosan tokarlik 
stanoklaridan foydalaniladi. Toza yo‘nishda ko‘p keskichli stanoklardan kamroq
gidrokopirlash qurilmasi bilan jihozlangan stanoklardan ko‘proq foydalaniladi. 
Tokarlik ko‘p keskichli stanoklarni o‘lchamga to‘g‘rilash 2 xil usulda 
tayyorlanadi. 1- usul ishlash yuzasi uzunligini eng katta o‘lcham pog‘onasi 


238 
bo‘yicha, keskichlarni o‘rnatib va 2- usul ishlash yuzasi uzunligini eng kichik 
o‘lcham pog‘onasi bo‘yicha keskichlarni o‘rnatib ishlashga tayyorlanadi. 
Tokarlik ko‘p keskichli stanoklarda ishlanganda, asosiy vaqtni qisqartirishga 
erishish uchun, ishlash yuzasi uzunligini eng katta o‘lcham pog‘onasi bo‘yicha 
keskichlarni to‘g‘ri o‘rnatib va qirindi qiytimini uzunligini bo‘laklarga bo‘lib 
erishiladi. 
S
o‘tuv
.
Tokarlik ko‘p keskichli stanoklarda to‘g‘ri va pog‘onali vallarni ishlash 
variantlari 12.2-rasm a, b, c da keltirilgan. 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin