1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


 Fazoviy shakldor bo‘lgan yuzalarni ishlash



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

12.5.4. Fazoviy shakldor bo‘lgan yuzalarni ishlash 
 
Fazoviy shakldor bo‘lgan yuzalarni ishlash usullarini beshta guruhga bo‘lish 
mumkin: 
1. Kesuvchi asbobni hamma ishchi yuzalarini xomashyoga tekkizish bilan 
elektr-ximiyaviy va elektrerrozion usullarida nusxa olish. Etalon detal yordamida 
elektrod-instrument shaklini tez tayyorlashga erishiladi. Elektrod-instrument 
katodga xomashyo esa anodga ulanadi. 
2. Fazoviy fason asbobning aylanishi, xomashyoning ilgarilanma harakati 
bilan to‘g‘rilab nusxa olish usuli. Bu usulda tishli gildiraklarni 5C221 dastgohida 
ishlash mumkin. Bu usulda ishlab chiqarish unumdorligi “obkatka” usuliga 
qaraganda 3-5 marta yuqoridir. Bu usulni yirik seriyali ishlab chiqarishda qo‘llash 
taklif etiladi. 
3. Obkatka usuli. Silindrik va konusli tishli g‘ildiraklarni ochish uchun 
obkatka usulidan foydalaniladi. Bu usulda xomashyo aylanma, keskichli kallak esa 


297 
obkatka harakatiga ko‘ndalang harakatlanadi. Fazoviy fason yuzalarni bu usul 
bilan ishlashni, hozirgi zamonda dastur bilan boshqariladigan stanoklar siqib 
chiqarmoqda. 
4. Fazoviy maketlar (kopirlar) yordamida avtomatik ravishda detallarni 
nusxa ko‘chirish usuli bilan tayyorlash. Berilgan surish qiymati kopirning butun 
yuzasi bo‘yicha va xomashyo yuzasi bo‘yicha aylanib o‘tadi. Detalning shakliga 
qarab, ishlash usuliga qarab, xomashyo moslama bilan va kopir bilan aylanadi, 
yoki xomashyo bilan kopir bitta stanok stoliga mahkamlanadi, ko‘ndalang surish 
yo‘nalishi bo‘yicha, ilgarilanma-qaytarilma harakat qiladi. Har bir yangi buyum 
uchun maxsus nusxa kopir (maket) tayyorlash kerak bo‘ladi. Yirik seriyali ishlab 
chiqarishda qo‘llaniladi. 
5. Murakkab fazoviy shakldor yuzalarni, dastur bilan boshqariladigan 
dastgohlarda ishlash usuli. Fazoviy shakldor yuzaning ishchi chizmadagi shakli, 
to‘g‘ri chiziq, og‘ma chiziq, yarim aylana, ellips, to‘liq aylana, sektor va 
boshqalarning koordinatalari aniqlanadi. To‘g‘ri chiziq, aylana, ellips va shunga 
o‘xshash shakllarni algebraik ifodalari orqali kesuvchi asbobni harakat tenglamasi 
tuziladi. Bu usul mayda seriali va yakka tartibda ishlab chiqarish turlarida qo‘llash 
taklif etiladi. Misol uchun, fazoviy konturni frezerlash misolida ko‘rib chiqiladi. 
12.20-rasm a da, yaxlit chiziq bilan freza o‘qining harakat yo‘nalishini tayanch 
koordinata nuqtalari ko‘rsatilgan. Shartga asosan hamma tayanch nuqtalarida 
(1…5) frezaning kesish qismi ishlanayotgan xomashyo yuzasiga tegib turibdi, 
ishlangan yuza trayektoriyasining yo‘nalishi (1
'…
5
') 
bo‘yicha bo‘lib, bu yo‘nalish 
frezaning yon (tores) tomoni sferik ko‘rinishda bo‘lmagani uchun ular farq qiladi. 
12.20-rasm b da ko‘rsatilganidek, ishlanayotgan aylananing konturidagi har bir 
yoyga to‘g‘ri keladigan, kesuvchi asbobning markazidan olingan radius bilan 
oddiy (korreksiya qilib) to‘g‘rilanib olingan radius yoyiga to‘g‘ri keladi. 


298 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin