Raxmonova Nigora Nurmurodovna
Kogon tuman, 12-maktabning tarix fani oʻqituvchisi
AMIR TEMUR DAVLATI RUI GONSALEZ DE KLAVIXO NIGOHIDA
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ispan elchisi Rui Gonsalez de Klavixo
asaridagi ma’lumotlar asosida Amir Temur davridagi ijtimoiy-iqtisodiy hayot
qisqacha tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada ayollarning mavqei xususida alohida
to‘xtalib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
Amir Temur, Klavixo, iqtisodiy munosabatlar, Xoja Muhammad
Qozi, Genrix III, Bibixonim.
Amir Temur tuzgan imperiya oʻz davrida jahonning eng yirik kuchlaridan biri
boʻlgach unga butun dunyoda qiziqish, hamkorlikka intilish orta boshladi.
Temur Saltanati va Usmonlilar davlati oʻrtasida ziddiyat davrida, shuningdek,
1402-yil iyun oyida boʻlib oʻtgan Anqara jangida Temurning gʻalabasidan soʻng bu
istak yanada kuchaydi. Tarixiy manbalarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, XIV
asrning 80-90-yillarida Temur davlatining shon-shuhrati Yevropa mamlakatlarigacha
borib yetdi. XIV asrning oxirida Yevropa davlatlari juda tang ahvolga tushib qoldi.
Usmoniy turklar davlatining hujumi xavfiga yetarli tarzda javob qaytara olmasligini
bilgan Yevropa qirollari va Rim papasi yordam koʻzini Sharqqa, Amir Temurga
qaratdilar. Uning shaxsiga va hukmronligiga qiziqish ortib bordi. Qirollar va Rim
papasi Amir Temur bilan yozishmalar olib bora boshladilar. Sohibqiron huzuriga
elchilar va sayohatchilar yuborilib, uning eʼtiborini jalb qilishga harakat kuchaydi.
Fransiya, Ispaniya, Genuya va Vizantiya singari davlatlarining hukmdorlari Amir
Temur bilan siyosiy va iqtisodiy (savdo) munosabatlar o‘rnatishga intilib, uning
huzuriga muntazam ravishda o‘z elchilarini yuborib turdilar. Xususan ispan
-148-
qirolliklaridan biri, Kastiliya va Leon qirolligi hukmdori Genrix III de Trastamara
Temur davlati, qolaversa, Amir Temur shaxsi bilan jiddiy qiziqib qolgan edi. Bir
tomondan Usmonlilarning butun Yevropaga tahdidi soya solayotgan, ikkinchi
tomondan Temuriylar va Usmoniylar ziddiyatlari kuchayayotgan davrda Amir Temur
davlati va Yevropa qirolliklari yaqinlashishi, ittifoq boʻlishi tabiiy-tarixiy hol edi,
albatta.
Sulton
Boyazidga
qarshi
ittifoq
tuzish,
qolaversa,
iqtisodiy-savdo
munosabatlarini rivojlantirish maqsadida 1402-yilda Amir Temur Xoja Muhammad
qozini Kastiliyaga yuboradi. Ushbu elchilik aloqalarida faqatgina savdo iqtisodiy
munosabatlar emas, balki strategik, diplomatik, o‘sha davr muhitiga xos bo‘lgan
buyuk davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar mavjud edi.
Anqara jangida Amir Temurning gʻalabasi bilan tabriklash, qolaversa, Temur
davlati bilan har tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirish maqsadida Genrix III
1403-yil may oyida Rui Gonsalez de Klavixoni (vaf. 1412) Xoja Muhammad
qozining elchiligiga javob tariqasida yuboradi. Klavixoning elchilik-sayohati 1406-
yilgacha davom etadi. Unga Alfonso Paes de Santa Mariya va Gomes de Salazar
hamroh boʻladilar. Oʻn besh oy deganda Samarqandga yetib kelgan Klavixo
boshchiligidagi elchilar 1404-yilning sentyabr-noyabr oylarida Samarqandda
boʻladilar.
1404-yil noyabr oyida Amir Temurning Xitoyga yurishi oldidan barcha elchilar
qatori Samarqanddan kuzatilgan Kastiliya elchilari 1406-yil mart oyida oʻz yurtlariga
qaytib boradilar.
Klavixoning sayohati 3 yil davom etadi (1403- 1406). Uning safar taassurotlari
“Buyuk Temur tarixi”, “Temur qarorgohi” hamda “Samarqandga sayohat kundaligi”
asarlarida bayon etilgan.
Klavixo kundaliklari ikki qismdan iborat boʻlib, birinchisida elchilarning
Samarqandgacha boshidan oʻtkazgan voqealari, turli hududlar tabiati, xalqlari
turmushiga oid maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Ikkinchi qismda muallif Kesh va
Samarqandda Temur saroyidagi uchrashuvlarni tasvirlaydi. De Klavixo mamlakat,
-149-
saroy, xalq va uning turmushi haqida ajoyib va takrorlanmas maʼlumotlar beradi.
Qoyil qolarli tarafi shundaki, u sayohati davomida Temur saroyidagi, nafaqat
saroydagi balki o‘lkamizdagi kichik bir voqea-hodisalarni o‘z qiziqishlari bilan
mohirona bayon etgan. Shundan bilsa bo‘ladiki, Temur va temuriylar imperiyasiga
bo‘lgan qiziqish G‘arb davlatlari uchun muhim masala hisoblangan.
1404-yil sentyabrda Amir Temur bilan uchrashishga muyassar boʻlgan Klavixo
oʻz kundaliklarida bu voqeani juda aniq tasvirlagan. Ushbu uchrashuv Bogʻi
Dilkushoda boʻlib oʻtadi. Oʻsha kuni boshqa davlatlarning elchilari qatori ispan
elchilari ham Temur tomonidan tantanali qabul qilinadi. Ispan qiroli maktubi va
sovgʻalarini Amir Temurga topshirgan Klavixo oʻz navbatida Temur maktubi va
sovgʻalarini Temurning sevimli nevarasi, 10 yoshli Muhammad Taragʻay Mirzo
Ulugʻbek qoʻlidan qabul qiladi.
Elchilarga yuqori darajada shohona hurmat koʻrsatiladi. Klavixo bir qancha
tadbir, ziyofat, toʻylarda ham ishtirok etadi. Jumladan, 15-sentabr kuni Amir Temur
toʻrt nevarasini uylantirgan dabdabali toʻyda ham ishtirok etadi. Temuriy malikalar,
saroy aʼyonlari ham elchilar sharafiga ziyofatlar tashkil qiladilar. Ushbu tadbirlarning
barchasi elchilarda katta taassurot qoldiradi. Ayniqsa, Amir Temurning katta malikasi
Bibixonim (Saroymulkxonim) (1341-1408) tomonidan tashkil etilgan ziyofat
Klavixoga manzur boʻladi. Agar ushbu tarixiy ma’lumotlarni umumiy tahlil qiladigan
bo‘lsak, sayyoh hali hech qayerda ko‘rmagan va hali eshitmagan bunday jarayonlarni
har qanday Yevropaning buyuk davlatlarida uchramasligi aniq deb o‘ylayman...
Sababi, aynan Sharq an’analariga xos tavozi, hurmat-ehtirom, dabdaba va aynan
saroydagi muhit Klavixoni o‘ziga ohangrabodek tortgani o‘z isbotini topgan.
Klavixo oʻz kundaliklarida Temur saltanatini mufassal va jonli tasvirlaydi.
Jumladan, Amir Temur saroyida ayollarning haq-huquqi haqida Klavixo bayon
etishicha, 1404-yilning 23-sentabrida podsho Bogʻi Dilkusho katta bazm berib,
elchilarni ham unga taklif qiladi. Toʻyga koʻp mehmonlar kelishadi… Rosa oʻyin-
kulgi, xursandchilik boʻladi. Podshoning xotinlari, avvalgi toʻylardagi singari yasan-
tusan kiyinishib bazmda hozir boʻladilar, erkaklar bilan birga oʻyin-kulgi qiladilar…
-150-
Shu orada fikrimni izohi shuki, Temur va Temuriylar saroyida ayollarning
hurmati haqiqatdan ham benihoya baland bo‘lgan. Buni o‘z navbatida Sharq
madaniyatining o‘ziga xos ko‘rinishi, yuksak darajada axloq me’yorlariga to‘la mos
kelishi, qaytarilmas, yuksak ehtiromdan dalolat deb o‘ylayman.
“Kundalik”da shunga oʻxshash qiziqarli maʼlumotlar juda koʻp. Klavixo
ma’lumotlarni shu darajada mohirona izohlaganki, boshqa sayyohlarning yoki uni
asarlarini o‘qigan tarixchi olimlarining qiziqishiga sabab bo‘lgan. Shuning uchun
ham necha asrlar o‘tsa hamki, Buyuk imperiya tarixiga bo‘lgan munosabat ortib
bormoqda...
Bugungi kunda Rui Gonsalez de Klavixo kundaliklarining asl nusxasi
Madriddagi Milliy kutubxonada saqlanadi. Birinchi marta kundalik Sevilyada noshir
Argote de Molina tomonidan «Buyuk Temurlang hayoti, uning imperiyasi yerlari
bilan» nomi bilan 1582-yilda nashr qilingan. Klavixo kundaliklari ilk marta I.I.
Sreznevskiy tomonidan 1881-yilda Peterburgda rus tiliga tarjima qilinib, chop
etilgan. Oʻzbek tiliga taniqli adabiyotshunos olim, professor Ochil Togʻayev
tomonidan tarjima qilingan.
2010-yilda taniqli yozuvchi Muhammad Ali tomonidan Klavixo kundaligi
qaytadan nashr etildi.
Klavixo estaliklarida oʻrta asrlardagi Yevropa va Osiyodagi hayot manzaralari,
turli xalqlarning oʻziga xos urf-odatlari, anʼanalari, rivoyatlari, tartib-qoidalar, oʻsha
davr geografiyasi, iqlimi, dengizlar, orollar, qumlik sahrolar, poyonsiz dashtlar,
togʻlar, koʻllar, obod va xaroba shaharlar toʻgʻrisida gʻoyatda rang-barang keng
qamrovli, oʻziga xos, noyob maʼlumotlar berilgan. Xuddi shunday maʼlumot
boyliklariga koʻra, ushbu kitob bizga zamondosh boʻlgan turli yoʻnalishdagi ilmiy
tadqiqotchilar uchun bebaho manba boʻla oladi. Undan tarixchilar ham, siyosatchilar
ham, iqtisodchilaru huquqshunoslar ham, tabiatshunoslaru geograflar ham,
yozuvchilaru etnograflar ham oʻzlari uchun oʻrta asrlarga oid qomusiy maʼlumot va
kuzatishlarni topa oladilar.
-151-
Ushbu tarixiy hamda qimmatli ma’lumotlar yillar, asrlar oshgani sari
sayqallanib, kelajak avlod uchun tarix ko‘zgusi bo‘lib xizmat qilishiga ishonamiz.
Dostları ilə paylaş: |