-203-
boshqa qator talablar qo‘yadi. Jamiyat taraqqiyotining pirovard maqsadi ham inson,
uning farovon, erkin va xavfsiz turmush kechirishidir. Jamiyat talabiga to‘liq javob
beradigan kishi turli davrlarda har xil atalgan. Yusuf Xos Hojib uni “tugal er”,
Forobiy “fozil kishi”, tasavvuf namoyandalari “komil inson” deb ataganlar. “Har
tomonlama rivojlangan shaxs”, “uyg‘un rivojlangan shaxs” atamalari ham
qo‘llanilgan.
Mustaqillikdan keyin biz shaxsga nisbatan “komil inson”, yosh avlodga
nisbatan “barkamol avlod” atamalarini qo‘llay boshladik. Gap atamada emas. Qanday
sifatni qo‘llamaylik, kelajak insonini tarbiyalashda biz, avvalo, jamiyat taraqqiyoti
tendensiyalarini va ayni paytda milliy ma’naviyatimiz xususiyatlarini hisobga
olmog‘imiz lozim. Binobarin, sun’iy intellekt va yuksak texnologiyalarga
tayanadigan “to‘rtinchi sanoat inqilobi” insonga qo‘yadigan talablarini oldindan
modellashtirishimiz va ta’lim-tarbiya tizimini ularga moslashtirishiz kerak.
Bugungi kunda Uchinchi Renessansning mustahkam poydevorini yaratar
ekanmiz, jahonda robototexnika, avtomatlashtirish, nanotexnologiyalar rivojlangan
davrda ilm-fanga asoslanib, mutlaqo yangi taraqqiyot bosqichiga erishmog‘imiz
zarur. Mamlakatimizda ilm-fan taraqqiyoti uchun yaratilgan shart-sharoitlar va
yoshlarning ilm-fanga yuksak darajada qiziqish bilan qarayotgani hamda jahon
miqyosida bu sohada hech kimdan kam emasligini ko‘rsatayotganligi Uchinchi
Renessansning mustahkam poydevorini yaratishimizga qat’iy ishonch tug‘diradi.
Ko‘rinib turibdiki, Uchinchi Renessansning mustahkam poydevorini yaratish
uchun yoshlarning jipsligi, birdamligi va fidoiyligi muhim rol o‘ynaydi. Eng muhimi,
ularning bu boradagi izlanish va tashabbuslarini hamisha rag‘batlantirib turish,
yagona maqsad sari yo‘naltirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: