-198-
amirligini maktablarni ochish uchun yordam berishga, insof,
adolat va ittifoqqa
chaqiradi. Fitratning mana shu kabi jadid maktablari masalasida mamlakatning ichki
ma’naviy hayotga aralashuvi uning boshqa bir qator asarlarida ham o‘z aksini topgan.
Abdurauf Fitrat millatni qashshoqlik, zulmdan qutqarishda oʻqituvchining oʻrni
juda katta ekanligini tushunib yetadi va oʻz sheʼrlarida oʻqituvchini tarannum etadi.
Oʻqituvchi oʻz bilimi, zehni, maʼrifat nuri bilan butun millatni bu qaro kunlardan
chiqarib, yorugʻ kunlarga yetkazib borishiga ishonchi yuqori darajada edi.
Fitrat
oʻqituvchini, “maʼrifat arsloni”, “ilm erlari” deb ulugʻlagan. “Oʻqituvchilar yurtiga”
sheʼrida oʻqituvchini millatni to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi kuch sifatida taʼriflaydi:
Orqadoshlar, toʻplanaylik jahlning uyin yiqqali,
El koʻzin olgʻan qorongʻu pardalarni yirtkali.
Biz erurmiz maʼrifat arslonlari, ilm erlari,
Toʻplanaylik, turk eligʻa toʻgʻri yoʻllar ochqali[1, 42].
Fitrat o‘z g‘oyaviy qarashlarini Buxoroning har bir burchagiga yetib borishini
istaydi. Shuning uchun ilk asarlarini fors tilida yozadi. Sababi uning forsiyzabon
bo‘lganligida emas,
aksincha, o‘sha davrda Buxoroda rasmiy til fors tili ekanligi
manbalarda ko‘rsatilgan: “
Buxoroda rasmiy til fors tilidir, adliya va boshqaruv
ishlariga aloqador barcha hujjatlar shu tilda bo‘lsa ham, shahar aholisi shu tilda
(fors) so‘zlashadilar. Buxoro amirlari kelib chiqishiga ko‘ra o‘zbek bo‘lsa-da, o‘zbek
aholisi tojik tilli aholidan son jihatdan ikki barobar ko‘p bo‘lsa ham, fors tili rasmiy
til sifatida qabul qilingan. Fors tilidagi so‘zlashuv sharqiy turklarning fors yozuviga
bo‘lgan taqlididan kelib chiqqan
[4, 147]”.
Shunday qilib, maʼrifatparvar Abdurauf Fitrat oʻz faoliyati davomida millatni
maʼrifatli qilish, madaniyat tarqatish va shu orqali mamlakatni yuksaltirish uchun
intilgan jadidlardan biri sifatida tarixda qolgan. U dastlabki faoliyatiyoq maʼrifatning
jamiyat rivojidagi ahamiyatini koʻrsatish bilan birga millatni maʼrifatga daʼvat etdi.
Har qanday holatda ham millati bilan birga boʻlish, uning
manfaatini har narsadan
ustun qo‘yish Fitrat shaxsining eng muhim xususiyatlaridan edi.
Dostları ilə paylaş: