-195-
Kalit so‘zlar:
Tarbiyati atfol, jadid, ta’lim, jadid maktablari.
Xalq koriga yaragan, xalqqa xizmati singan buyuk insonlarning nomlari doimo
xalqimizning xotirasida mangu bo‘lishi tabiiy hol. Yillar o‘tsa
ham bunday
kishilarning qilgan ishlari ibrat va namuna sifatida ko‘rsatilaveradi. Shunday buyuk
kishilardan biri, o‘zbek jadidlarining yorqin namoyondasi, pedagog va jamoat arbobi
Abdurauf Fitrat hisoblanadi. Ta’lim va tarbiya, axloq, ma’naviyat kabi umuminsoniy
qadriyat va tushunchalar ustida ulkan ijodiy boyliklarni yaratgan Abdurauf Fitrat
shaxsi va pedagogik qarashlari pedagogika ta’limi sohasi uchun yo‘lchi yulduz
vazifasini o‘tashi hech kimga sir emas.
Abdurauf Fitrat 1886-yilda Buxoroda ziyoli oilasida dunyoga kelgan. Avval
maktabda ta’lim oldi. Keyinchalik Buxoro, Istanbul madrasalari va oliygohlarida
oʻqigan. Fitrat arab, fors, turk tillarini mukammal bilganligi tufayli Sharqning buyuk
allomalari ijodini va boshqa xalqlar adabiyotini qunt bilan o‘rgandi. Abdurauf Fitrat
jadid sifatida millatimizni ilm-fandan boxabar qilishni o‘zining burchi deb bildi.
Fitrat Turkistonda yuz berayotgan
ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga, ayniqsa,
jadidchilik harakatlariga qiziqish bilan qaradi. O‘zining yozishicha, avval jadidchilik
harakatiga qarshilik qilgan, keyin uning mohiyatini anglab yetgach, bu harakatga
qo‘shilgan. O‘sha paytlarda Buxoroning kelajagi to‘g‘risida qayg‘urgan bir guruh
ma’rifatparvar va ochiq fikrli kishilar yashirincha "Tarbiyati atfol" ("Bolalar
tarbiyasi") jamiyatini tuzadilar. Ushbu xayriya jamiyati yoshlarni zamon talablari
darajasida o‘qitish orqali o‘rta asrlar darajasida to‘xtab qolgan Turkistonning
taraqqiyotini yo‘lga qo‘yish maqsadida faoliyat ko‘rsatardi. Fitrat 1909-yilda
"Tarbiyati atfol" xayriya jamiyati orqali ta’lim olish uchun Turkiyaga jo‘natilgan
dastlabki besh iste’dodli yoshlarning biri sifatida Istanbulga yuboriladi.
Uning
taqdirida Turkiya hayoti muhim ahamiyat kasb etadi.
1913-yilgacha Istanbul oliygohida ta’lim oladi. Turkiyada tashkil etilgan
“Buxoro taʼlimi maorifi” uyushmasida faol bo‘ladi. Uning birinchi sheʼriy toʻplami
-196-
1911-yilda “Sayha” (“Chorlov”) nomi bilan nashr etilgan. “Sayyohi hindi”,
“Munozara” kabi asarlari ham ushbu davrlarda Turkiyada bosilib chiqqan.
Turkiya oliygohida o‘qish yillarida jadidchilik gʻoyalari bilan tanishib, aynan
shu gʻoyalar taʼsirida bir qator asarlar yozgan. Fitrat ijodining boshlanishi
Turkistonda inqilobiy harakatlar kuchaygan, ya’ni milliy uygʻonish davrlariga toʻgʻri
keladi. Fitrat 1913-yili fors-tojik tilida yaratgan “Munozara” asarida Buxoro
amirligida avj olgan ilmsizlik, diniy jaholat va xurofot taʼsirida
qoloqlikda qolgan
mamlakatning inqirozi sabablarini ochib tashlab, ulardan qutulish yoʻllarini koʻrsatdi.
Bu asarda Buxoro amirligidagi oʻqish va oʻqitishning ahvoli yoritilgan bo‘lib, maktab
va oʻqitish usullarini tubdan oʻzgartirish uslublari keltiriladi. Asar xalqning bu holatni
real baholay olishi uchun muhim rol oʻynadi. Yangi usul maktablarining sharʼiy
talablarga javob berishini isbot qilib berdi.
“Munozara”da Buxoroda faoliyat koʻrsatgan yosh taraqqiyparvarlarning
maqsad va vazifalari oʻz ifodasini topgan edi. Bu haqda Fitrat ijodining tadqiqotchisi
yaponiyalik X.Komatsu: “
1911-yilda Istanbulga oʻqishga borgan yosh buxorolik
jadid Abdurauf Fitrat “Munozara” nomli forscha adabiy asar yozdi.
Bu asar oʻsha
davrda usuli jadid maktablarining zarurati hamda buxorolik islohotchilar bilan
qadimchilar oʻrtasidagi tortishuvlarga nuqta qoʻyish uchun yozilgan edi; asar faqat
Buxorodagina emas, balki butun Turkistondagi jadidlar harakatiga ruh va kuch
berishi bilan mashhur boʻldi”
[3, 133].
Turkiyada tashkil etilgan “Buxoro ta’mimi (umumiy) maorif” uyushmasida
faollik ko‘rsatgan. Behbudiy asos solgan jadid usulidagi maktablar takomiliga xizmat
qiladi. 1913-yili Buxoroga qaytib kelgandan so‘ng Shahrisabz
va Qarshida yangi
maktablar ochdi. 1914-yilda Fitrat Buxoro, Samarqanddagi qizg‘in adabiy jarayon
madaniy, maorif ishlariga va siyosiy harakatlarga faol aralashib ketdi. Fitrat jadid
maktablarini ochish va bolalarni yangicha tartibda o‘qitish ishlari bilan astoydil
shug‘ullandi. Qisqa muddatda Buxoro jadidchilik harakatining yetakchi vakillaridan
biriga aylandi. U kishilarning ongini o‘zgartirmay turib, mamlakatni o‘zgartirish, uni
taraqqiy ettirish mumkin emas degan fikrda edi. Buning uchun millatning katta
-197-
qismini ma’rifatli,
dunyoviy ilmdan, texnikadan xabardor qilishdan boshqa yo‘l
yo‘qligini tushunganlardan edi. Jadid maktablarida zamonaviy fan-texnikani
yangilashga xizmat qiladigan saboqlar berilishiga erishish jadidlar oldidagi eng
muhim vazifalardan hisoblanardi. Jadidlar ma’rifatchilik borasidagi orzulariga
erishish uchun mamlakat siyosiy tuzumi imkoniyat beradigan tarzda bo‘lishi
lozimligini yaxshi anglaganlar. Ammo, o‘sha davrdagi siyosiy tuzum bunga katta
qarshilik ko‘rsatdi. Fitrat buni shunday eslaydi: “
Ushbu maqsadlarimizgʻa erishur
uchun biz “jadid”lar Buxoroda maktablar ochdiq, lekin Buxoro hukumati neqdi
falsafagʻa koʻradur bizning maktablarimizning davomini musoada qilmadi,
yashatmadi. Shul kunday berli biz maktabsiz qolduq.
Mundan soʻng: “Maktab yoʻli birla boʻlmasa boshqa bir yoʻl birla tirishub
qarayliq!” deb tijorat yoʻlina kirdik va Buxoro hukumatidan ruxsat olub bir
kitobchiluk shirkati va bir koʻmoch narsasi shirkati tuzuvdik
[2,211]”.
Darhaqiqat, ahvol shu darajaga borib yetgan ediki, jadidlar bir tarafdan diniy
mutaasiblar, ikkinchi tarafdan esa amir va uning tarafdorlariga qarshi kurash olib
borishga majbur bo‘lib qolgandilar. Bu esa millatni ma’rifatli, dunyoviy ilmdan,
texnikadan xabardor qilishda katta qiyinchiliklarni keltirib chiqargan. Ammo,
Turkistondagi bunday sharoit, xalqning og‘ir ahvoliga Fitrat befarq qaray olmasdi. U
ham boshqa jadidlar singari millatni qanday bo‘lmasin ma’rifatli qilish yo‘lidan
bordi.
Jadidchilik harakatiga turli-tuman fikrlar bo‘lib, ko‘pincha
xalq bilan birga
bo‘lgan jadidizmni reaksion g‘oyaviy harakat sifatida qoralanib, ularga bir
tomonlama baho berildi. Jadid harakati a’zolarini “xalq dushmani”, “millatchi”
sifatida aybladilar.
Bundan norozi bo‘lgan Fitrat Buxoro vaziri Nasrullohbey parvonachiga yozgan
ochiq maktubida:
“Ne moneʼlik borki, tartiboti jadida vositasi bilan milliy
saodatimizning yangi istiqbolli yoʻllarini ochib, qadrimiz va taqdirimizni aʼlo
darajada sharaflay olmaysiz? Bir millatning hayoti uchun qaygʻurub, Allohning fazlu
karamiga sabab boʻlmoqdan qaysi shuhrat ortiqroqdir?
[5]
”,
Dostları ilə paylaş: