Adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasining “Taʼlim to‘g‘risida”gi O‘RQ – 637 sonli
Qonuni. 2020-yil 23-sentabr.
2. Qurbonova, M.F. (2020). Yoshlarda kreativ tafakkurni shakllantirishning
pedagogik asoslari. Xalq ta’limi, 2020.
3. Qoraev, S.B. Ta’limni tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari. T., 2019.
4. A.Y. O‘tayev. Ta’lim taraqqiyotida renassansning o‘rni. Toshkent, 2020.
Ergasheva Lobar Ne’matovna
Buxoro tuman 2-maktab o‘qituvchisi
“YANGI O‘ZBEKISTON” – YANGICHA DUNYOQARASH
Annotatsiya:
“Yangi O‘zbekiston” haqidagi tushunchalar har bir mavzu
doirasida tushuntirilib borishi va o‘sib kelayotgan yosh avlodga tarixiy bilimlarni
berishda milliy ruhni singdirish davr taqozosi ekanligi alohida uqtirilgan. Ayniqsa
-191-
“Yangi O‘zbekiston” – yangicha dunyoqarash g‘oyasining mazmun mohiyati 10-11
sinf o‘quvchilariga O‘zbekiston tarixi darslarini o‘tish jarayonida alohida urg‘u berish
va ularda olijanob tuyg‘u Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan avlod
sifatida shakllanishi alohida ta’kidlangan.
Kalit so‘zlar:
Renessans, yangicha dunyoqarash, taraqqiyot, islohot,
strategiya.
Uchinchi Renessans g‘oyasini hayotiy va ta’sirchan milliy g‘oyaga
aylantirishni nimadan boshlamoq kerak?
Holva degan bilan og‘iz chuchimaganidek, Renessans degan bilan u sodir
bo‘lib qolmaydi. Buning uchun har tomonlama puxta o‘ylangan siyosat olib borilishi,
xalqda ruhiy koʻtarilish, qatʼiy irodali intilish yuz bermog‘i zarur.
Avvalo, tushuncha mazmunini aniq ochib berish, aholining barcha qatlamlari,
avvalo, yoshlar ongiga yetkazish kerak. O‘tmish renessanslari davrida ajdodlarimiz
nimalarga erishganini, jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini, boshqa xalqlar,
mintaqalar yutuqlari bilan taqqoslab, jahonning yetakchi madaniyatlaridan, ilm-fani,
sanʼati va adabiyotlaridan birini, ilg‘or ijtimoiy fikru qarashlarini yaratganini qisqa,
lo‘nda, dabdabali jumlalarsiz yoritish zarur.
Shuningdek, ularning inqiroz sabablari xolis tahlil etilmog‘i lozim. Buyuk
geografik kashfiyotlar tufayli Buyuk Ipak yo‘lining toʻxtab qolgani obektiv
sabablardan biri bo‘lsa-da, ichki va tashqi nizolar, taxt talashlar, ayirmachilik va uch
davlatga bo‘linib ketish, inson komilligi faqat insonning ichki dunyosiga qaratilib,
jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga yetarlicha e’tibor bermaslik kabi
subektiv omillar inqirozni keltirib chiqargan asosiy sabablar edi[3]. Tarixdan saboq
olish, tegishli xulosa chiqarish uchun bular yoshlar, aholi ongiga yetkazilishi kerak.
Biz koʻproq avvalgi uygʻonish davrlarimizning yutuqlarini faxr bilan e’tirof etib,
negadir ularning inqirozi sabablari haqida gapirishni unchalik xushlamaymiz.
-192-
Birinchi va ikkinchi renessanslarning tarixiy sharoiti va davri talablari,
imkoniyatlarini haqqoniy baholab, Yangi Renessansning tarixiy sharoitlari va
talablari mutlaqo o‘zgacha ekanini asoslash, dalillash maqsadga muvofiq[2].
Uchinchi Renessans to‘rtinchi sanoat inqilobi bilan muvoziy, bir vaqtda
kechadi. Shu sababdan u, avvalo, texnologik inqilobni, yuksak rivojlangan raqamli
smart (aqlli) iqtisodiyotni taqozo qiladi. O‘z navbatida, raqamli, smart iqtisodiyotga
o‘tish uchun ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish,
avtomatlashtirish, robotlashtirish talab etiladi. Mazkur jarayon O‘zbekistonda qanday
bosqichlarda amalga oshirilishi, uning moddiy-moliyaviy, insoniy, ilmiy va ilmiy-
texnologik ta’minoti bo‘yicha istiqbolli aniq kompleks dasturlar yangi Renessans
gʻoyasi bilan mafkuraviy jihatdan bog‘lanishi shart. Ilmiy, ilmiy-texnologik ta’minot
taqozosidan kelib chiqib, ta’lim-tarbiya sohasining barcha bo‘g‘inlari uzluksiz isloh
etib borilishi kerak.
Avvalgi ikkala Renessans mustahkam ma’naviy-mafkuraviy negizda, birinchi
galda yuksak axloqiylik, adolat, ilmga tashnalik va bagʻrikenglik asosida yuz bergan.
Islom halollik va toʻgʻrilikni, insof va adolatni, ilm va amaliy faollikni hamma
narsadan ustun qo‘ygan. “Ilm izlab Chinga bo‘lsa-da, bor”, “Sendan harakat —
mendan barakat”, “Bir soatlik adolat barcha insu jinslarning qirq kunlik ibodatidan
ustun” va ko‘plab shu kabi hadislar, naqllar ajdodlarimizning ijtimoiy mo‘ljaliga
aylangan edi.
“Baytul hikma”da 40 dan ortiq tarjimonlar qadimgi yunon tilidan, 14 nafar
tarjimon sanskrit tilidan, 4 nafar tarjimon Xitoy tilidan ilmiy, tibbiy va falsafiy
asarlarni arabchaga oʻgirgan. Bundan tashqari, lotin, suryoniy, ibroniy tillardan
tarjimonlar boʻlgan. Ilmiy haqiqat diniy mansublikdan ustun qoʻyilgan. Bu asar
ma’jusiylarniki, bunisi kofirlarniki deb inkor qilinmagan. Ajdodlarimiz til oʻrganib,
ilm ortidan dunyoni kezgan. Mahdudlik qobig‘iga o‘ralib qolmagan, turg‘unlik,
mahalliychilik ularga yot bo‘lgan.
“Baytul hikma”, Xorazm Ma’mun Akademiyasi, umuman, islom olami
olimlari faoliyati o‘sha davrdagi xalqaro ilmiy integratsiyaning eng yorqin
-193-
namunasidir. Birinchi va ikkinchi renessanslarning ma’naviy asoslarini va sabablarini
hamda keyingii inqirozini chuqur o‘rganmasdan, biz Uchinchi Renessansni
muvaffaqiyatli amalga oshira olmaymiz. Bugun ham bizga g‘oyaviy va ilmiy
tolerantlik (bag‘rikenglik), ilmga, haqiqatga tashnalik, milliy mahdudlikni, g‘oyaviy
mutaassiblikni tamomila inkor etish xos bo‘lmog‘i lozim[1].
Yuqoridagilardan ayonlashmoqdaki, Uchinchi Renessans bizdan xalqaro
hamjamiyatga ilm-fan, texnologiyalar, axborot, madaniyat va iqtisodiyot sohalarida
yana-da chuqurroq integratsiya boʻlishini talab etadi. Ammo o‘zligimizni, tilimizni,
milliy xususiyatlarimizni, ma’naviyatimizni saqlab qolishimiz shart. Bu esa ta’lim-
tarbiya tizimiga jiddiy e’tibor qaratishni bildiradi.
Jamiyatimizda olib borilayotgan izchil yangilanishlar va maktab ostonasidan
boshlangan islohotlar to‘laqonli amalga oshirilishi va natija berishi uchun avvalo
inson salomatligi ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Xulosa qilib aytganda, yangi dunyoqarashni shakllantirishda «Yangi
O‘zbekiston» – yangicha dunyoqarash g‘oyasining mohiyatini tashkil etuvchi uch
asos – ezgulik, odamiylik, gumanizm g‘oyalarini tarix darslarini o‘tishda
o‘quvchilarga singdirib borish kerak. O‘zbek milliy davlatchiligimizda bu uchala
g‘oyaga asos bo‘ladigan vatan ozodligi, milliy g‘urur va jasorat timsoli, mard, jasur,
har qanday qiyinchilik va taqdir zarbalariga qarshi qaddini tik tutgan holda milliy
davlatchilik barpo etish yo‘lida hatto jonini tikkan yurt farzandlarini ko‘plab misol
keltirish mumkin. Bularga: To‘maris, Qurbonjon Dodxoh, Ruzvonbibi Ahmadjonova,
Shoahmad Shomahmudovlar oilasi, Fotima Qosimova, Jalolidin Manguberdi, Temur
Malik, Najmiddin Kubro, Abdurauf Fitrat, Cho‘lpon, Mahmudxo‘ja Behbudiy,
Abdulla Avloniy va boshqa ko‘plab tarixiy shaxslarni sanab o‘tishimiz mumkin.
Afsuski, maktab darsliklarida bular haqida kengroq va yetarlicha ma’lumotlar
berilmagan. Tarixiy voqealarni bayon etishda xalqimiz va vatanimizning roli
pasaytirib ko‘rsatilgan. Hozirgi kunga kelib arxivlarimizning barchasidan foydalanish
imkoniyati berildi. Bulardan oqilona foydalanish kerak.
-194-
Singapur mo‘jizasi asoschisi Li Kuan Yuning quyidagi fikrlarini eslab o‘tishni
o‘rinli deb hisoblayman: “Men Singapurda mo‘jiza yaratmadim. Men bor-yo‘g‘i
vatanim oldidagi burchimni bajardim. Davlat mablag‘larini ta’lim tomon
yo‘naltirdim. Muallimlar darajasini bechorahollikdan eng baland tabaqaga ko‘tardim.
Mo‘jizani muallimlar yaratdi. Ular biz uchun ilm va axloqni sevadigan avlodni bino
qilishdi”.
Dostları ilə paylaş: |