-186-
uyg‘onish davrlariga asos solgan alloma bobolarimizning orzu-intilishlari va
armonlari ham mujassam, desak, adashmagan bo‘lamiz.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida O‘zbekistonda yangi
Uyg‘onish davri, ya’ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratish asosiy maqsad etib
belgilandi.
Shuning uchun, avvalo, Renessansning tarixiy ildizlari va asoslarini,
Uchinchi Renessansning mazmun-mohiyatini har birimiz chuqur anglab olishimiz
zarur.
Renessans fransuzcha so‘z bo‘lib, qayta yuzaga kelmoq, yangidan tug‘ilmoq
ma’nosini anglatadi,
madaniyat, ilm-fan, san’at, ta’lim-tarbiya, umuman, jamiyat
hayotida uzoq muddatli bir xillikdan keyin qayta rivojlanish, ijtimoiy ong va
qadriyatlar tizimining yangilanish jarayonida namoyon bo‘ladi.
Birinchi Renessans Markaziy Osiyoda IX–XII asrlarda ro‘y berdi. Bu davrda
davlatni
boshqarish siyosati, er-suv, soliqlar bilan bog‘liq farmonlar chiqarilishi,
olimlarga munosabat kishilarda ertangi kunga ishonch uyg‘otdi. Ularning turli fan
sohalari (matematika, astronomiya, tibbiyot, huquq, kimyo, geodeziya va dunyoning
tuzilishi haqidagi ilmlar)ga qiziqishi ortishiga sabab bo‘ldi.
Odamlar bolalarini o‘qitish uchun ustoz qidira boshladi. Bu davrda yashab ijod
etgan Muhammad Muso Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad
Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib,
Mahmud
Zamaxshariy kabi mutafakkirlar, Imom Buxoriy, Imom Termiziy kabi buyuk
muhaddislar, Moturidiy, Abulmuin Nasafiy kabi mutakallimlar hamda ulardan tahsil
olgan shogirdlari, safdoshlari tabiiy
va aniq fanlar doirasida, islom dini osmonida
yulduzday charaqladi. Ularning izlanishlari, kashfiyot va beqiyos g‘oyalaridan butun
dunyo bahramand bo‘ldi. Bugungi kunga qadar ham ularning o‘lmas merosidan
foydalanib kelinmoqda.
Mintaqamizda Ikkinchi Renessans poydevori Amir Temur nomi bilan bog‘liq.
Sohibqiron bobomiz Ikkinchi Renessans homiysi, asoschisi sifatida tarixga
muhrlandi.