1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/91
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166827
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   91
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091

-185- 
Kalit so‘zlar
: yangi taraqqiyot, Uyg‘onish davri, Renessans, milliy g‘oya, 
ziyoli, milliy davlatchilik. 
 
“Biz Uchinchi Renessans masalasini strategik vazifa sifatida oldimizga qo‘yib, uni 
milliy g‘oya darajasiga ko‘tarmoqdamiz”. 
Shavkat Mirziyoyev, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Har bir xalq qonida milliy mafkuraning ilk ildizlari yashaydi. Elu xalqni bir 
bayroq ostida birlashtiradigan g‘oya esa ana shu jon tomirlardan oziqlanadi.
Milliy tafakkur tirik ekan, jamiyatda oldinga siljish, o‘zaro birdamlik, 
mushtarak maqsad yo‘lida adolatli kurash ham bo‘ladi. Chunki umummilliy 
mafkuragina jamiyat a'zolarini birlashtirish vazifasini bajarishi allaqachon o‘z 
isbotini topgan. 
Shu jihatdan olib qaraganda, bugun O‘zbekiston uyg‘onish ostonasida turibdi. 
Ortga nazar tashlaydigan bo‘lsak, mustaqillik g‘oyasi, milliy mafkura bizga tog‘dek 
tayanch bo‘ldi. Xalqimiz o‘zining asriy orzusiga erishgach, endi o‘zining mustaqil 
taraqqiyot yo‘lini belgilab olishi o‘ta muhim ijtimoiy-siyosiy, o‘z navbatida ma'naviy 
zaruratga aylandi.
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yillik tantanalarida O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti: “
Xalqimizning ulug‘vor qudrati jo‘sh urgan hozirgi 
zamonda O‘zbekistonda yangi bir uyg‘onish – Uchinchi Renessans davriga poydevor 
yaratilmoqda
”, degan edi. Mazkur xitobning reallikka ko‘chgani – keyingi vaqtlarda 
“Yangi O‘zbekiston” va “Uchinchi Renessans” atamalari lug‘atimizdan mustahkam 
o‘rin olib hayotimizga hamohanglik kasb etayotgani, yurtimizda yana bir Uyg‘onish 
jarayoni kechayotganiga har birimiz guvohmiz. 
Bugungi kunda butun xalqimizning qalbidan chuqur joy olgan, umummilliy 
harakatga aylanib borayotgan “Yangi O‘zbekiston” g‘oyasi zamirida ana shunday 
ulug‘ ajdodlarimiz, umuman olganda, milliy tariximizda Birinchi va Ikkinchi 


-186- 
uyg‘onish davrlariga asos solgan alloma bobolarimizning orzu-intilishlari va 
armonlari ham mujassam, desak, adashmagan bo‘lamiz. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida O‘zbekistonda yangi 
Uyg‘onish davri, ya’ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratish asosiy maqsad etib 
belgilandi. Shuning uchun, avvalo, Renessansning tarixiy ildizlari va asoslarini, 
Uchinchi Renessansning mazmun-mohiyatini har birimiz chuqur anglab olishimiz 
zarur. 
Renessans fransuzcha so‘z bo‘lib, qayta yuzaga kelmoq, yangidan tug‘ilmoq 
ma’nosini anglatadi, madaniyat, ilm-fan, san’at, ta’lim-tarbiya, umuman, jamiyat 
hayotida uzoq muddatli bir xillikdan keyin qayta rivojlanish, ijtimoiy ong va 
qadriyatlar tizimining yangilanish jarayonida namoyon bo‘ladi. 
Birinchi Renessans Markaziy Osiyoda IX–XII asrlarda ro‘y berdi. Bu davrda 
davlatni boshqarish siyosati, er-suv, soliqlar bilan bog‘liq farmonlar chiqarilishi, 
olimlarga munosabat kishilarda ertangi kunga ishonch uyg‘otdi. Ularning turli fan 
sohalari (matematika, astronomiya, tibbiyot, huquq, kimyo, geodeziya va dunyoning 
tuzilishi haqidagi ilmlar)ga qiziqishi ortishiga sabab bo‘ldi. 
Odamlar bolalarini o‘qitish uchun ustoz qidira boshladi. Bu davrda yashab ijod 
etgan Muhammad Muso Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad 
Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Mahmud 
Zamaxshariy kabi mutafakkirlar, Imom Buxoriy, Imom Termiziy kabi buyuk 
muhaddislar, Moturidiy, Abulmuin Nasafiy kabi mutakallimlar hamda ulardan tahsil 
olgan shogirdlari, safdoshlari tabiiy va aniq fanlar doirasida, islom dini osmonida 
yulduzday charaqladi. Ularning izlanishlari, kashfiyot va beqiyos g‘oyalaridan butun 
dunyo bahramand bo‘ldi. Bugungi kunga qadar ham ularning o‘lmas merosidan 
foydalanib kelinmoqda. 
Mintaqamizda Ikkinchi Renessans poydevori Amir Temur nomi bilan bog‘liq. 
Sohibqiron bobomiz Ikkinchi Renessans homiysi, asoschisi sifatida tarixga 
muhrlandi. 



Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin