-179-
mukammal va mustahkam g‘oya bo‘lmaganida Amir Temur shunday katta salatanatni
barpo etarmidi?! Yo‘q albatta.
Amir Temur davlatida yosh avlod tarbiyasi masalasida so‘z yuritganda uning
chinakam vorislari sifatida bobomiz pand nasihatlariga amal qilishimiz ham farz, ham
qarz chunki bu ugitlar bebaho xazinadir.
Vatanparvar, insonparvar, erksevar va milliy g‘urur tuyg‘usi
kuchli odam
bo‘lgani bois Turkistonni mug‘ullar asoratidan ozod qildi. Bu yerda markazlashgan
davlat tuzib, uni boy va buyuk bir o‘lkaga aylantirdi.
“Temur tuzuklari”-sohibqiron ma’naviyatining ulkan xazinasi. Bu asarni
o‘kigan sari, oradan asrlar o‘tgan bo‘lsa-da, shu bugungi turmush chigalliklarini
anglayotgandek, ularni xayolan yechayotgandek bo‘laverasan, kishi.
Shu bilan birgalikda, Sohibqironning bu ugitlari
yosh avlodni milliy gurur,
milliy e’tiqod, milliy madaniyat va milliy ma’naviyatga e’tibor berish yo‘lida
tarbiyalaydi. Amir Temur shunday yozadi: “
Hayotim mobaynida besh narsaga qat’iy
amal qildim. Ular quyidagilar:
1. Aql–ul narsaga qodir kuch, sidqidildan ishlatsang maqsadingga yetkazadi.
2. Tafakkur – fikrlash va mushohada qilish qobiliyati, quvvai xofizasi kuchli
inson har qanday mushkulu mushkulotlarini oson qilish yo‘lini topa oladi.
3. Qilich – ul yigitning yo‘ldoshi – el-yurt osoyishtaligining posboni.
4. Iymon ul insonni barcha jonlilardan farqlantirib turguvchi xususiyatdir.
5. Iymonli odam xiyonat qilmaydi, qarindosh-uruglari, elu xalqning or-
nomusini himoya qiladi, xalollik va poqlikni fazilat biladi.
Kitob (bitik) – barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idroq, ilmu-
donishmandlik asosidir, hayotni o‘rgatuvchi murabbiydir
”.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Yangi O‘zbekiston
taraqqiyoti davrida
ayniqsa, Amit Temur o‘gitlariga, pand-nasihatlariga amal qilish, shaxsiy namuna
ko‘rsatish orqali, har bir vatanparvar shaxs o‘z hissasini qo‘sha oladi.
Dostları ilə paylaş: