-199-
1. Fitrat A. Tanlangan asarlar I jild – T.: “Ma’naviyat”, 2000
2. Fitrat A. Tanlangan asarlar III jild – T.: “Ma’naviyat”, 2003
3. Hisao Komatsu. Uch jadidchi va oʻzgargan dunyo (Turk
tilidan Bahodir
Nurmuhammad tarjimasi) // “Jahon adabiyoti”, 2017. – №4.
4. Saidov A. Buxoro. // Sho‘ro. – 1909. – 5 son.
5. “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati”ning 1996-yil 9-may soni.
G‘ulomova Mohichehra G‘aniyevna
Kogon tumani 21-IDUM o‘qituvchisi
YUKSAK MA’NAVIYATLI YOSH AVLOD – “UCHINCHI RENESSANS”
BUNYODKORI
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Uchinchi Renessansnining mustahkam
poydevorini yaratishda yuksak ma’naviyatli yosh avlodning o‘rni va roli bayon
qilingan. Uchinchi Renessans g‘oyasini hayotga tadbiq etishda yuksak intellektual
salohiyat egalari bo‘lgan yoshlarning ishtirokiga oid aniq misollar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
Uchinchi Renessans, yuksak ma’naviyat, intellektual salohiyat,
yosh avlod, ta’lim, tarbiya
Bugungi kunda “Yangi O‘zbekiston” da keng qamrovli
bunyodkorlik ishlari
amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, Uchinchi Renessansning mustahkam poydevorini
yaratish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “
Xalqimizning ulug‘vor qudrati jo‘sh
urgan hozirgi zamonda O‘zbekistonda yangi bir uyg‘onish – Uchinchi Renessans
davriga poydevor yaratilmoqda, desak, ayni haqiqat bo‘ladi
[1.1]”. Uchinchi
Renessansning mustahkam poydevorini yaratishda xalqimizning jipsligi, birdamligi
va fidoiyligi muhim rol o‘ynaydi. Yuksak ma’naviyatli avlod – Uchinchi Renescans
bunyodkori sifatida faollik ko‘rsatishi ham bu boradagi yutuqlarimizni ta’minlashga
xizmat qiladi.
-200-
Uchinchi Renessans g‘oyasini, avvalo, jamiyatimiz chuqur anglab olmog‘i
kerak. Har jabhada, sohada qiladigan ishlarimiz, rejayu istiqbol dasturlarimiz, ta’lim-
tarbiya
va kadrlar siyosati, investitsion siyosat – barchasi unga sharoit va muhit
yaratishga qaratilmog‘i lozim.
Biz chuqur anglab yetamizki yuksak ma’naviyatli avlodgina Uchinchi
Renessansning bunyodkori bo‘la oladi. Buning uchun ularning ongi va qalbiga
“Renessans” tushunchasining mazmun-mohiyatini va
Uchinchi Renessans milliy
g‘oyaga aylanishi zarurligini hamda yoshlarda mafkuraviy immunitetni tarbiyalashga
xizmat qilishini singdirib borishimiz zarur.
XVI asrning 30-40 yillarida bizda an’anaviy jamiyat uzil-kesil qaror topdi.
Ilmiy, badiiy izlanishlarga ijtimoiy ehtiyoj pasayib ketdi. O‘tmish yutuqlari oldida
qulluq qilish, ularni ideallashtirish va faqat takrorlashga urinish, yangiliklarga salbiy
munosabat shakllandi. Asta-sekin chuqur turg‘unlik va inqiroz boshlandi. Ular
noxush ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, diniy-mafkuraviy, regional nizolar va ayirmachilik
kabi sabablar bilan qo‘shilib qoloq bo‘lib qolishimizga, XIX asr ikkinchi yarmida
milliy mustaqilligimizni yo‘qotishga olib keldi. O‘tmishdan birinchi bo‘lib
teran
tarixiy xulosa chiqargan — jadid bobolarimiz edi. Ular taklif qilgan islohotlar
millatni qayta uyg‘otish, taraqqiyot tomon burishni ko‘zladi. Ammo mustabid
hokimiyat jadidlar harakatini avj olmasdan bo‘g‘ib qo‘ydi.
Mustaqillikka erishgandan keyin dastlab chorak asr davomida milliy tiklanish
bilan shug‘ullanishga to‘g‘ri keldi. Endilikda milliy tiklanishdan
milliy yuksalishga
o‘tganimizdan keyin, uchinchi Renessansga erishishni davlat rahbari strategik vazifa
etib qo‘ydi. Haqiqatan tarixan olganda biz ikki Renessansni boshdan kechirdik:
birinchisi IX-XII asrlar, ikkinchisi XIV-XVI asr. Birinchi Renessansda yurtimizdan
Farg‘oniy, Xorazmiy, Forobiy, Beruniy,
Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Mahmud
Qoshg‘ariy, Mahmud Zamaxshariy kabi buyuk daholar, buyuk muhaddislar –
Buxoriy, Termiziy, mutakallimlar – Moturidiy va Abul Muin Nasafiy hamda boshqa
atoqli dunyoviy va diniy allomalar shuuri olamni yoritdi.