141 2. Позин M.Е. Расчеты по технологии неорганических веществ. M. Химия., 1977. 495 с
3. Позин M.Е. Руководство к практическим заньятиям по технологии неорганических
веществ. Л. Химия, 1980.
№1 Laboratoriya ishi Sul`fid rudalarini kuydirish va sul`fat kislotasi olish Ishdan maqsad: Sul`fid rudalarini kuydirish jarayonida hosil bo`lgan pech` gazidagi SO
2
ning
kontsentratsiyasiga ruda tarkibidagi oltingugurt miqdori, rudaning donadorlik darajasi, harorat,
ortiqcha havo miqdorining ta`sirini o`rganish.
Nazariy ma`lumotlar. Sul`fat kislotasi ishlab chiqarishda zarur bo`lgan
SO 2 gazini olish uchun sul`fid rudalari
kuydiriladi.
Oltingugurt rudasini kuydirishdagi qonuniyatlar tarkibida oltingugurt bo`lgan har qanday
rudalarni kuydirganda ham ma`qul bo`ladi.
Barcha yuqori haroratli jarayonlardagi kabi sul`fid rudalarni kuydirish tezligi reaktsiya hududiga
kislorod kiritish va hosil bo`lgan SO
2
gazini chiqarib olishga bog`liq.
Kolchedanni kuydirish asosida yotadigan kimyoviy reaktsiyaning umumiy kurinishi quyidagicha:
4FeS
2
+ 11O
2
= 2Fe
2
O
3
+ 8SO
2
- Q
Kolchedanni kuydirish jarayonidagi massa uzatish koeffitsentining yuqori darajasiga o`choqdagi
haroratni va gidrodinamik rejimning intensivligini oshirish orqali erishiladi.
Sul`fat kislotasi olish uchun sul`fid angidridini sul`fat angidridigacha oksidlanadi. Bu jarayon
sanoatda tutashuv qurilmasiga vanadiy katalizatori ishtirokida havo kislorodi yuborish orqali amalga
oshiriladi:
2SO
2
+ O
2
= 2SO
3
Model` qurilmasida esa bu jarayon 50 ml 3% li vodorod pereoksidi kuyilgan absorbtsiya
kollonasi (7) da amalga oshiriladi. Ma`lumki vodorod pereoksidi - beqaror modda. U yorug`lik nuri
ta`sirida suv va kislorodga parchalanadi.
Parchalanish davrida, sekundning yuzdan bir ulushiga vaqt oralig`ida, kislorod atom holda
bo`ladi. Bu atom holdagi kislorod juda faol holatda bo`ladi va SO
2
ni oksidlab SO
3
ga aylantiradi.
SO
2
+ [O] = SO
3
Sul`fat angidridi suv bilan o`zaro reaktsiyaga kirishib sul`fat kislotasiga aylanadi.
SO
3
+ N
2
O = N
2
SO
4
Hosil bo`lgan sul`fat kislotasining miqdorini mahsulotni 0,5 N ishqor bilan titrlash orqali
aniqlanadi.