Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi.
3-7 yoshgacha bulgan davr bog’cha yoshi davri hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasida juda tez sifat o’zgarishlari bo’lishini inobatga olgan xolda 3 davrga (3-4yosh) kichik maktabgacha davri(4-5yosh)kichik bog’cha yoshi o’rta maktabgacha davr( o’rta bog’cha yoshi) 6-7 yosh va katta maktabgacha davr katta bog’cha yoshilarga ajratish mumkin. Bola rivojlvnish jarayonida odamlarning ilgari utgan avlodlari tomonidan yaratilgan predmet va xodisalar olami bilan aloxida maxsus munosabatga kirishadi. Bola insoniyat kulga kiritgan barcha yutuklarni faol ravishda uzlashtirib,egallab boradi.Bunda predmetlar olamini,hamda ular yordamida amalga oshiriladigan xatti – harakatlarni, tilni , odamlar orasidagi munosabatlarni egallab olishi, faoliyat motivlarining rivojlanishi, kobiliyatlarning usib borishi, katta yoshli kishilarning bevosita yordamida amalga oshirilib borilmogi kerak Asosan mana shu davrdan boshlab bolaning mustakil faoliyati kuchaya boshlaydi. Bog’cha yoshdagi bolalarga beriladigan tarbiya ularning murakkab harakatlarini takomillashtirish, elementar gigiena, madaniy va mexnat malakalari xosil kilish, nutkini ustirish hamda ijtimoiy axolk va estetik didning dastlabgi kurtaqlarini yuzaga keltirish davridir.
Mashxur rus pedagoglaridan biri Lesgaftning fikricha insonning bog’cha yoshdagi davri shunday bir davrki, bu davrda bolada kelgusida kanday xarakter hislatlari paydo bulishi belgilanadi va axlokiy xarakterning asoslari yuzaga keladi.
Bog’cha yoshdagi bolalarning kuzga tashlanib turuvchi xususiyatlaridan biri ularning serharakatligi va taqlidchanligidir.Bola tabiatnining asosiy konunini shunday ifodalash mumkin:bola uzluksiz faoliyat kursatishni talab kiladi,lekin u faoliyat natijasidan emas, balki faoliyatning bir xilligi va bir tomonlamaligidan charchab koladi.Mana shu suzlardan bog’cha yoshidagi bola tabiatning asosiy konuni bulmish serharakatligini ortik cheklab tashlamay,balki maksadga muvofik ravishda uyushtirish keraqligi yakkol kurinib turibdi.
Kattalar va tengdoshlari bilan bulgan munosabat orkali bola axlok normalari, kishilarni anglash, shuningdek, ijobiy va salbiy munosabatlar bilan tanisha boshlaydi. Bog’cha yoshidagi bola endi uz gavdasini juda yaxshi boshkara boshlaydi. Uning harakati muvofiklashtirilgan xolda buladi. Bu davrda bolaning nutki jadal rvojlana boshlaydi. U yangiliklarni egallashga nisbatan uzi bilganlarini mustahkamlashga ehtiyoj sezadi. Uzi bilgan ertagini kayta-kayta eshitish va bundan zerikmaslik shu davrdagi bolalarga xos xususiyatdir
Bog’cha yoshdagi bolalar ehtiyoji va qiziqishlari jadal ravishda ortib boradi. Bu avvalo keng doiraga chikish ehtiyoji, munosobatda bulish, uynash ehtiyojlarinig mavjudligidir. Bog’cha yoshidagi bolalar nutkni bir muncha tula uzlashtirganlari va xaddan tashkari harakatchanliklari tufayli ularda uzlariga yakin bulgan katta odamlar va tengdoshlari bilan munosobatda bulish ehtiyoji tugiladi. Ular tor doiradan kengrok doiradagi munosobatlarga intila boshladilar. Ular endi kuni-kushnilarning bolalari bilan ham jamoa bo’lib o’ynaydilar.
Hamma narsani bilib olishga bulgan ehtiyoj kuchayadi. Bog’cha yoshidagi bola tabiatiga xos bulgan kuchli ehtiyojlardan yana bir uning xar narsani yangilik sifatida kurib bola uni xar tomonlama bilib olishga intilishidir.
Bog’cha yoshdagi bolalar xayotida va ularning psixik jixatidan usishida qiziqishning roli ham kattadir.Qiziqish xuddi ehtiyoj kabi bolaning biror faoliyatga undovchi omillardan biridir. Shuning uchun ham qiziqishni bilish jarayoni bilan bog’liq bulgan murakkab psixik xodisa desa buladi.
kamol topishida qiziqishning ahamiyati shundaki, bola qiziqkan narsasini mumkin kadar chukurrok bilishiga intiladi va binobarin uzok vakt davomida qiziqkan narsasi bilan shugullanishdan zerikmaydi. Bu esa uz navbatida bolaning diqqati hamda irodasi kabi muxim hislatlarni ustirishga va mustahkamlashishga yordam beradi. Bog’cha yoshidagi bolalar o’yinining psixiologik xususiyatlari
Maktabgacha yoshdagi bolalarning etakchi faoliyati bu uyindir. Bog’cha yoshidagi bolalarning uyin faoliyatlari masalasi asrlar davomida juda kup olimlarning diqqatini uziga jalb kilib kelmokda.
Bog’cha yoshidagi bolalar uzlarining uyin faoliyatlarida ildam kadamlar bilan bilan olga karab borayotgan sermazmun xayotimizning hamma tomonlarini aks ettirishga intiladilar.
Ma’lumki, bolaning yoshi ulg’ayib mustaqil harakat kilish imkoniyati oshgan sari uning atrofdagi narsa va xodisalar buyicha dunyoqarashi kengayib boradi.
Bog’cha yoshidagi bola atrofidagi narsalar dunyosini bilish jarayonida shu narsalar bilan bevosita amaliy munosobatga bulishiga intiladi. Bu urinda shu narsa xarakterliki bola bilishga tashnaligidan atrofdagi uzining xaddi sigadigan narsalari bilangina emas, balki kattalar uchun mansub bulgan uzining kuchi ham etmayligan, xaddi sigmaydigan narsalar bilan ham amaliy munosobatda bulishga intiladi. Masalan: bola avtomashinani, tramvayni uzi xaydagisi, rostakam otga minib yurgisi,uchuvchi bulib samolyotda uchgisi va rostakam milistioner bulgisi keladi. Birok tabiiyki bola uzidagi bunday ehtiyojlarning birontasini ham xakikiy yul bilan kondira olmaydi. Bu urinda savol tugiladi. Bolalarning tobora ortib borayotgan turli extiejlari bilan ularning tor imkoniyatlari urtasidagi karama — karshilik kanday yul bilan xal kilinadi? Bu karama karshilik fakatgina birgina faoliyat orkali yaoni bolaning uyin faoliyati orkaligina xal kilinishi mumkin. Buni shu bilan izoxlab berish mumkinki, birinchidan, bolalarning uyin faoliyati kandaydir moddiy maxsulot ishlab chikarishga karatilgan faoliyat emas. Shuning uchun bolalarni uyinga undovchi sabab(motiv) kelib chikadigan natija bilan emas balki shu uyin jarayonidagi turli harakatlarning mazmuni bilan bog’liqdir. Ikkinchidan esa, bolalar uyin jarayonida uz ixtiyorlaridagi narsalarni, uzlarini qiziqtirgan, ammo kattalargagina mansub bulgan narsalarga aylantirib xoxlaganlaricha erkin faoliyatda buladilar. Bolalarning uyin faoliyatlari ularning jismoniy va psixik jixatdan garmonik ravishda rivojlantirish uchun birdan bir vositadir. Uyin bolalar xaetida shunday kup kirrali faoliyatki, unda kattalarga mansub bulgan mexnat ham, turli narsalar haqida tafakkur kilish, xom xayol, dam olish va xushchakchaqlik manbalari ham mujjasamlangandir, yaoni mana shu jarayonlarning barchasi uyin faoliyatida anik buladi. Shuni ham taokidlab utish kerakki uyin fakat tashki muxitdagi narsa xodisalarni bilish vositasigina emas, balki kudratli tarbiya vositasi hamdir. Ijodiy va syujetli uyinlarda bolalarning barcha psixik jarayonlari bilan birgalikda ularning individual hislatlari ham shaqllanadi. Demak, bog’chadagi taolim tarbiya ishlarining muvaffaqiyati ko’p jixatdan bolalarning uyin faoliyatlarini maksadga muvofik tashkil kila borishga bog’liqdir.
Shunday kilib, uyin bolalar xayoli tomonidan yaratilgan narsa emas, aksincha bolalar xayolining uzi uyin jarayonida yuzaga kelib rivojlanadigan narsadir. Shuni ham aytib utish kerakki, fan-texnika mislsiz rivojlangan bizning xozirgi zamonamizdagi yaratilanayotgan, xayratda koldiradigan narsalar bolalarga guyo bir muojizadek kurinadi. Natijada ular ham uzlarining turli uyinlari jarayonida uxshatma kilib (yahni analogik tarzda) xar xil xayoliy narsalarni uylab chikaradilar(uchar ot, mashina odam, gapiradigan daraxt kabi). Bundan tashkari, bolarning turli xayoliy narsalarni uylab chikarishlari yana shuni bildiradiki, ular uzlarining xar turli uyin faoliyatlarida fakat atroflaridagi bor narsalarni emas, balki ayni chogda ehtiyojlari talab kilayotgan narsalarni ham aks ettiradilar.
Bolalarning uyin faoliyatlarida xar xil xayoliy va afsonaviy obrazlarni yaratishlaridan shunday xulosa chikarish mumkin: odamning (shu jumladan bolalarning ham) tashki muxitdagi narsa va xodisalarni aks ettirish jarayonlari passiv jarayon emas, balki faol hamda ijodiy yaratuvchan, uzgartiruvchan jarayondir.
Bolalar uyin faoliyatlarining yana bir ajoyib xususiyati shundan iboratki, uyin jarayonida bolaning kiladigan xatti-harakatlari va bajaradigan rollari kupincha umumiylik xarakteriga ega buladi. Buni shunday tushunish kerakki, bola uzining turli-tuman uyinlarida fakat uziga tanish bulgan yolgiz bir shofyorning, vrachning, milistionerning, tarbiyachining, uchuvchining xatti-harakatlarigina emas, balki umuman shofyorlarning, vrachlarning, tarbiyachilarning hamda uchuvchilarning xatti-harakatlarini aks ettiradi. Albatta , turmush tajribalari va faoliyatlari doirasi juda cheklangan kichik yoshdagi bolalar(ba’zan kichik gruppa bolalari ham) o’zlarining uyinlarida konkret odamlarni va ularning harakatlarini aks ettiradilar. (Masalan, oyisini, adasini, akasini, tarbiyachisini va shu kabi). Urta, katta bog’cha yoshidagi bolalarning uyinlarida esa bunday obrazlar umumiylik xarakteriga ega bula boshlaydi.
Bog’cha yoshidagi bolalarning uyinlari atrofdagi narsa va xodisalarni bilish quroli bo’lish bilan birga yuksak ijtimoiy ahamiyatga ham ega. Boshqacharoq qilib aytganda, uyin qudratli tarbiya qurolidir. Bolalarning uyinlari orkali ularda ijtimoiy foydali, ya’ni yuksak insoniy hislatlarni tarbiyalash mumkin. Bundan tashqari, agarda biz bolalarning uyini faoliyatlarini tashkaridan kuzatsak, uyin jarayonida ularning barcha shaxsiy hislatlari(kimning nimaga kuprok qiziqishi, kobiliyati, irodasi temperamenti) yakkol namoyon bulishini kuramiz. Shuning uchun bolalarning uyin faoliyatlari ularni individual ravishda urganish uchun juda kulay vositadir.Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar odatda uzlari yolgiz uynaydilar.Predmetli va konstruktorli uyinlar orkali bu yoshdagi bolalr uzlarining idrok,xotira , tassavur ,tafakkur hamda harakat layokatlarini rivojlantiradilar.Syujetli rolli uyinlarda bolalar asosan uzlari xar kuni kurayotgan va kuzatayotgan kattalarning xatti –harakatlarini aks ettiradilar. 4-5 yoshli bolalrning uyini asta – sekinlik bilan kollektiv xarakterni ola boshlaydi.
Bolalarning individual xususiyatlarini xususan ularning kollektiv uyinlari orkali kuzatish kulaydir. Bu uyinlarda bolalar kattalarning fakat predmetlarga munosabatini emas, balki kuprok uzaro munosabatlarini aks ettiradilar. Shuningdek, kollektiv uyinda bolalar bir gruppa odamlarning murakkab xayotiy faoliyatlarini aks ettiradilar. Masalan, «poezd» uyini olaylik. Bunda mashinist, parovozga kumir yokuvchi, provodniklar, kontrollyor, kassir, stanstiya xodimlari va yulovchilar buladi. Bolalarning mana shu kabi kollektiv uyinlari artistlarning faoliyatiga uxshaydi. Chunki kollektiv uyindagi xar bir bola uz rolini yaxshi ado etishga intilish bilan birga uyinning umumiy mazmunidan ham chetga chikib ketmaslikka tirishadi. Bu esa , xar bir boladan uzining butun kobiliyatini ishga solishni talab etadi. Maolum rollarga bulingan kollektiv uyin bolalardan kathiy koidalarga buysunishi va ayrim vazifalarni uxshatib bajarishni talab etadi. Shuning uchun bolalarning bunday kollektiv uyinlari psixologik jixatdan katta ahamiyatga ega. Chunki bunday uyinlar bolalarda irodaviylik, muammolilik uyin koidalariga, tartib- intizomga buysunish va shu kabi ijobiy hislatlarni tarbiyalaydi va rivojlantiradi
Katta bog’cha yoshida syujetli-rolli uyinlar rivojlanadi,lekin enda bu uyinlar uz mazusining boyligi va xilma-xilligi bilan farklanadi.Bu uyinlar jarayonida bolalrda liderlik yuzaga kela boshlaydi,shuningdek tashkilotchilik kunikma va malakalari rivojlana boshlaydi.
Bu maktabgacha yoshdagi bolalar shugullanadigan ijodiy faoliyatlar orasida tasviriy sanhatning ham ahamiyati juda katta. Bolaning tasavvur etish xarakteriga kura uning atrof xayotni kanday idrok etishi, xotira, tasavvur va tafakkur xususiyatlariga baho berish mumkin. Katta bog’cha yoshidagi bolalar chizgan rasmlar ularning ichki kechinmalari ruxiy xolatlari, orzu, umid va ehtiyojlarini ham aks ettiradi.
yoshdagi bolalar rasm chizishga ham nixoyatda qiziqadilar Rasm chizish bolalar uchun uyin faoliyatining uziga xos bir shaqli bulib hisoblanadi. Bola avvalo kurayotgan narsalarini, keyinchalik esa uzi biladigan,xotirasidagi va uzi uylab topgan narsalarni chizadi.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalar uchun musobaka juda katta ahamiyatga ega bulib,aynan shunday uyinlarda muvafakkiyatga erishish shaqllanadi va mustahkamlanadi.Bu yoshdagi bolalar uchun eng yokimlm vakt- yutish va muvaffaqiyat bulgan musobaka uyinlarining ham ahamiyati juda katta.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalar uchun musobakalar juda katta ahamiyatga ega bulib, aynan shunday uyinlarda muvaffaqiyatga erishish motivlari shaqllanadi va mustahkamlanadi. Bu yoshdagi bolalar uchun eng yokimli vakt-yutish va muvaffaqiyat bulgan musobaka uyinlarining ham ahamiyati juda katta.
Katta bog’cha yoshida konstruktorlik uyinlari asta-sekinlik bilan mexnat faoliyatiga aylanib boradi. Uyinda bola elementar mexnat kunikma va malakalarini egallay boshlaydi, predmetlarning xossalarini anglay boshlaydi, amaliy tafakkur rivojlana boradi.
3-7yoshli bolalar psixik rivojida badiiy-ijodiy faoliyat bulgan musikaning ham ahamiyati ham juda katta. Musika orkali bolalar ashula aytishga, musika oxangiga mos ritmik harakatlar kilishga urganadilar. 3-7 yosh davrida bolalar asosiy faoliyati kuyidagi ketma-ketlikda keladi:
predmetlarni urganish,
individual predmetli uyinlar, kollektiv syujetli-rolli uyinlar,
individual va guruxiy ijod,
musobaka uyinlar,
mulokot uyinlar,
uy mexnati.
Bog’cha yoshidagi bolalarning o’yin faoliyatlari xaqida gapirar ekanmiz, albatta ularning o’yinchogi masalasiga ham to’xtab o’tish kerak.
Bolalarga o’yinchoklarni berishda ularning yosh xususiyatlarini, tarqkiyot darajalarini va ayni paytda ularni ko’prok nimalar qiziqtirishini hisobga olish kerak.
Maolumki, 1-3 yosh bolalar xali tashki muxitni juda oz uzlashtirganlar. Ular xali xattoki narsalarning rangini, xajmini ham yaxshi ajrata olmaydilar. Shuning uchun ularga kugirchok bilan birga xar xil rangli kiykim, laxtak matolar ham berish kerak. Ayniksa. kiz bolalar uz kugirchoklarini xar xil rangli matolarga urab, rumol kilib uratib mashk kiladilar. Ugil bolalarga esa, xar xil rangli, bir-birining ichiga sigadigan kuticha uyinchoklarni berish foydalidir.
Uyin faoliyati bolalarni insoniyatning ijtimoiy tajribasini egallashning faol shaqli bulgan tahlim faoliyatiga tayyorlaydi. Odam birdaniga ijtimoiy tajribani uzlashtirishga kirisha olmaydi. Ijtimoiy tajribalarni faol egallash uchun odam avvalo etarli darajada nutkni egallagan bulishi, mahlum malakalar, o’quvlar va elementar tushunchalarga ega bulishi kerak buladi. Bularga bola yukorida batafsil kursatib utganimizdek uyin faoliyati orkali erishadi. . 1 [O’zbekiston Respublikasining "Ta’lim to’g’risida"gi Qonunning 5-moddasida xuddi shu xususda to’xtalgan:
"Tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega
bo’lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish xuquqiga ega” Bog’cha yoshidagi bolalarda bilish jarayonlarning rivojlanishi
Bog’cha yoshidagi bolalarda sezgi, idrok, diqqat, xotira, tasavvur, tafakkur, nutk, xayol, hissiyot va irodaning rivojlanishi jadal kechadi. Bola ranglarni xali bir-biridan yaxshi fark kila olmaydi. Unga ranglarning farkini bilishga yordam kiladigan uyinchoklar berish lozim(bolalarning kugirchoklari uchun xar xil rangli kiykimlar berish, xar xil rangli xalkalar, kutichalar va shuning singar i narsalar juda yaxshi buladi).
Bog’cha yoshidagi bolalar turli narsalarni idrok kilishda ularning kuzga yaxshi tashlanib turuvchi belgilariga(rangi va shaqliga) asoslansalar ham, lekin chukur taxlil kilmaydilar.
Bog’cha yoshidagi bolalar kattalarning yordami bilan suratlarni analitik ravishda idrok kilish kobiliyatiga ega buladilar. Buning uchun bolalar suratlarni idrok kilayotganlarida kattalar turli xil savollar bilan ularni taxlil kilishga urgatishlari lozim. Bunda asosan bolalar diqqatini:
suratning umumiy kurinishida xar bir tasvirlangan narsalarning urnini tugri idrok kilishga,
1.
tasvirlangan narsalar urtasidagi munosabatlarni tugri idrok kilishga karatish kerak.
Diqqat xar kanday faoliyatimizning doimiy yo’ldoshidir. Shuning uchun diqqatning inson xayotidagi ahamiyati ham benixoya kattadir. Bog’cha yoshidagi bolalar diqqati asosan ixtiyorsiz buladi. Bog’cha yoshidagi bolalarda ixtiyoriy diqqatning usib borishi uchun uyin juda katta ahamiyatga ega. Uyin paytida bolalar diqqatlarini bir joyga tuplab, uz tashabbuslari bilan mahlum maksadlarini ilgari suradilar.
Bu yoshdagi bolaning xotirasi yangi faoliyatlar va bolaning oldiga kuyilgan yangi talablar asosida takomillasha boradi.
Bog’cha yoshidagi bolalar uzlarining faoliyatlari uchun kandaydir ahamiyatga ega bulgan, ularda kuchli taassurotlar koldirgan va ularni qiziqtirgan narsalarni beixtiyor eslarida olib koladilar.
Bog’cha yoshidagi bolalar tafakkuri va uning usishi o’ziga xos xususiyatga ega.
Tafakkur bolaning bog’cha yoshidagi davrida juda tez rivojlana boshlaydi. Buning sababi, birinchidan, bog’cha yoshidagi bolalarda turmush tajribasining nisbatan kupayishi, ikkinchidan, bu davrda bolalar nutkining yaxshi usgan bulishi, uchinchidan esa, bog’cha yoshidagi bolalarning juda kup erkin mustakil harakatlar kilish imkoniyatiga ega bulishlaridir.
Bog’cha yoshidagi bolalarda xar soxaga doir savollarning tugilishi ular tafakkurining faollashayotganidan darak beradi. Bola uz savoliga javob topa olmasa yoki kattalar uning savoliga ahamiyat bermasalar, undagi qiziquvchanlik susaya boshlaydi.
Odatda xar kanday tafakkur jarayoni biron narsadan taajjublanish, xayron kolish va natijada turli savollarning tugilishi tufayli paydo buladi. Juda kup ota-onalar va ayrim tarbiyachilar ham bolalar ortikrok savol berib yuborsalar, «kup maxmadona bulma», «sen bunday gaplarni kaerdan urganding», deb jerkib tashlaydilar. Natijada bola uksinib, uz bilganicha tushunishga harakat kiladi. Ammo ayrim passiv va tortinchok bolalar xech bir savol bermaydilar. Bunday bolalarga turli mashgulotlar va sayoxatlarda kattalarning uzlari savol berishlari va shu bilan ularni faollashtirishlari lozim.
Xar kanday tafakkur, odatda biron narsani taqqoslash, analiz va sintez kilishdan boshlanadi. Shuning uchun biz ana shu taqqoslash, analiz va sintez kilishni tafakkur jarayoni deb ataymiz. Sayoxatlarlar bolalardagi tafakkur jarayonini faollashtirish va rivojlantirishga yordam beradi. Bolalar tabiatga kilingan sayoxatlarda turli narsalarni bir-biri bilan taqqoslaydilar va analiz hamda sintez kilib kurishga intiladilar.
Bog’cha yoshidagi bolalar nutki va uning usishi Agar 2 yashar bolaning suz zapasi taxminan 250 tadan 400 tagacha bulsa, 3 yashar bolaning suz zapasi 1000 tadan 1200 tagacha va 7 yashar bolaning suz zapasi 4000 taga etadi. Demak, bog’cha yoshi davrida bolaning nutki ham mikdor , ham sifat jixatidan ancha takomillashadi. Bog’cha yoshidagi bolalarning nutkini usishi oilaning madaniy saviyasiga bog’liq
Kattalar bolalar nutkini ustirish bilan shugullanar ekanlar, bog’cha yoshidagi bolalar bahzi xollarda uz nutk sifatlarini tula idrok eta olmasliklarini unutmasliklari kerak. Bundan tashkari, bolalarda murakkab nutk tovushlarini bir-biridan fark kilish kobiliyati ham xali tula takomillashmagan buladi. Tili chuchuklikni tuzatishning eng birinchi shartlaridan biri bola bilan tula va tugri talaffuz etib, ravon til bilan gaplashishdir.
Dostları ilə paylaş: |