17.5-rasm. Polispastlar zahiralanishi sxemasi: a-pо„lat arqonning qotirilgan uchi harakatlanuvchi blokka
mahkamlangan; b-sim arqon harakatdagi polispast roligidan qochadi; v-sim
arqonning har ikkala uchi – qochuvchi.
Og„ir jihozlarni (uskunalarni) juda balandlikka kо„tarishda polispastda
zahira tros juda ham uzun bо„ladi va lebedkaning butun barabaniga
sig„maydi. Bunday holatlarda trosning har ikki uchini yuguruvchi qilib
ishlanadi (17.5v-rasm). Bunda har qaysi tros о„z lebedkasining barabaniga
yoki navbatma-navbat (kо„tarilish tezligi xuddi bitta uchi yuguruvchida
bо„lgandagidek), yoki bir vaqtning о„zidayoq (kо„tarish tezligi ikki barobar
kо„p) о„raladi.
Sanoatda ishlab chiqarilayotgan bloklarning yuk kо„tarishi 20 MN ga,
og„irligi – 1,5 MN ga yetadi. Ular diametri 34 mm bо„lgan pо„lat troslarga
hisoblangan. Bloklar pо„lat trosning roliklardan sirpanib ketishini oldini
oluvchi moslamalar (roliklararo tо„siqlar yoki pо„lat tros о„tishi uchun kesik
joyli qobiq), shuningdek ilgak yoki isirg„alar bilan jihozlangan.
Lebedkalar. Montaj ishlari vaqtida qо„lda boshqariladigan, richagli
va yuritgichli lebedkalar qо„llaniladi. Oxirgilari elektr yuritgichlaridan, ichki
yonish dvigatellaridan va pnevmatik yuritgichlar bilan jihozlangan.
Lebedkalar barabanga о„raladigan simning oxirgi qatoriga tо„g„ri keladigan
og„irlik kuchi kattaligi bilan, pо„lat simning harakati tezligi va barabanning
tros sig„imi bilan xarakterlanadi. Barcha lebedkalar mustahkam tormozli
qurilmalar bilan ta‟minlangan bо„lishi shart.
Lebedka barabaniga о„raladigan pо„lat tros, lebedka asosiga parallel
bо„lishi, barabaniga pastdan boshlab о„ralishi va baraban о„qi bilan
taxminan tо„g„ri burchak hosil qilishi kerak. Bularning barchasi lebedkani
siljitishga, uni о„zakdan uzib olishga yoki tо„ntarib yuborishga harakat
qilayotgan kuch va kuch momentlarini kamayishiga yordam beradi.
Lebedkaga yaqin bо„lgan chetlatuvchi blokni lebedka barabani
uzunligidan kamida 20 marotaba kо„p bо„lgan masofada о„rnatiladi: bu
holatda pо„lat trosning yо„nalishi barabanga о„ralayotganda faqatgina 1,5
o
ga о„zgaradi, buning natijasida arqon barabanning butun uzunligi bо„ylab bir
tekis о„raladi. Tros sig„imidan yanada unumli foydalanish uchun barabanda
5-6 tadan kо„p bо„lmagan о„ram qoldiriladi. Lebedka har 12 oy ishlagandan
sо„ng taftish qilinishi va texnik guvohnomalanishi kerak.