Uskunalarni yig„ish xuddi yerdagi kabi, ishchi holatida ham bajariladi.
Ishchi holatida alohida xavfsizlik choralari ham qabul qilinishi kerak.
Yig„ish va yig„ish operatsiyalarining ketma-ketligini
mumkin qadar
maqsadga muvofiq (mehnat sarfi nuqtai nazaridan) va xavfsiz (bajarish
nuqtai nazaridan) ravishda olib borish juda muhimdir.
Balandlikda olib boriladigan ishlarni maksimal qisqartirish zarur,
buning uchun yerda yig„iladigan alohida bо„laklar chegaraviy yirik bо„lishi
kerak.
Uskunalarni va metallkonstruksiyalarni yaxlitlashtirib yig„ish maxsus
stendlarda yoki baland bо„lmagan stelajlarda yoki joyida tayyorlangan
podmostlar bilan amalga oshiriladi. Havozalar va
stellajlar holati yaxshilab
tekshiriladi. Ular mustahkam va chidamli bо„lishi, mustahkam tо„siq va bir
tekis tо„shamaga ega bо„lishi kerak. Alohida holatlarda balandlikdagi yig„ish
ishlarini bajarish qabul qilingan chizmalar bо„yicha ishlangan osma
kajavalarda amalga oshirilishi mumkin. Osma lyulkalarni machta kallagiga
yoki uskuna poydevoriga mahkamlab bо„lingan yuqori uchastkalarga
mustahkam qilib osib qо„yiladi. Yuqorida
ishlayotgan montajchilar
muhofazalovchi belbog„lar bog„lab olishlari kerak. Bu belbog„lar
konstruksiya yoki stellajning mustahkamlangan qismiga mahkamlab
qо„yiladi. Ishlar maxsus kiyimlarda, kaskada va sirpanmaydigan oyoq
kiyimlarida bajariladi. Asboblar majmuasi har bir montajchining sumkasida
saqlanadi. Yig„ish ishlarini, shuningdek, payvandlash ishlarini ham bajarish
uchun kerak bо„ladigan asboblar, ularni yuqoriga kо„tarishdan avval yaroqli
va sinalgan bо„lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: