3. Montaj mexanizmlari, moslamalari va asboblari.
Uskunalarni texnologik montaj qilish eng kam xarajat talab qiladigan
kuch va vositalarda montaj qilishning eng ratsional usullarini ta‟minlovchi
tegishli mexanizmlar, moslamalar va asboblarni tanlashni kо„zda tutadi.
Montajning texnik vositalarini tanlash asoslangan bо„lishi kerak,
ularning narxlarini hisobga olish zarur. Montaj narxini barcha о„lchovlarda
kamaytirish zarurligini nazarda tutgan holda, agar zarurati bо„lmasa,
mexanizatsiyaning noyob vositalaridan foydalanish shart emas.
Yuk kо‘taruvchi kranlar. Kimyo
va neftni qayta ishlash
zavodlaridagi uskunalarni montaj qilishda turli, о„z-о„zidan barqaror yuk
kо„taruvchi kranlar keng qо„llaniladi. Bu kranlar katta va turli yо„nalishda
harakatchanligi, hamda yuqori ish unumdorligi bilan xarakterlanadi.
Kranlarning
afzalligi shundaki, ulardan foydalanganda, qiyin tayyorgarlik
ishlarini bajarishning zarurati sezilmaydi.
Bularning hammasi yuk
kо„taruvchi kranlar boshqa kо„tarish mexanizmlarini (machtalar, vint
kranlari va h.) sekin-asta siqib chiqaradi.
Montaj maydonchasida asosan о„zi yurar, strelali kranlar qо„llaniladi.
Uskunalar bazasida, shuningdek, loyihada kо„zda tutilgan bо„lsa, yuk
kо„tarish operatsiyalari minorali, machtali, chorpoyali va kо„prikli kranlarda,
shuningdek derrik-kranlarda va kabel-kranlarda bajarilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: