demontaj о„tkaziladi, uni qoida bо„yicha
teskari ketma-ketlikda olib
boriladi.
Montaj ishlarining texnik hujjatlari
Barcha montaj ishlari texnik hujjatlarga asoslanib olib boriladi.
Hujjatlar:
birlamchi, ijro qilinuvchi (oraliq) va ishni topshirish hujjatlariga
bо„linadi.
Birlamchi hujjatlar. Har qanday yangi
qurilish yoki qayta tiklash
ishlari avvaldan tuzilgan va tasdiqlangan loyihaga mos ravishda о„tkaziladi.
Yirik obektlar maxsus topshiriq bо„yicha loyihalash tashkilotlari tomonidan
loyihalanadi. Ushbu tashkilotlar bu soha
obektlarini loyihalashga
ixtisoslashgan bо„lishi kerak. Ular buyurtmachi-qurilayotgan korxonaga
kerakli bо„lgan barcha loyihalash hujjatlarini beradilar.
Mayda qurilish
obektlari korxonaning loyihalash bо„limlarida loyihalanadi.
Buyurtmachi tomonidan berilayotgan loyihalash topshirig„i asosida
loyihalovchi
tashkilot obektning narxi, uning о„rganilganligi, namunaviy
loyihalarning mavjudligi yoki sinalgan
yechimlardan kelib chiqib,
loyihalashni bir yoki ikki bosqichda amalga oshiradi.
Bir bosqichli loyihalashda buyurtmachiga texnik-ishchi deb ataluvchi
loyiha beriladi. Yirik obektlar ikki bosqichda loyihalanadi –
texnik loyiha
va ishchi chizmalar. Texnik loyiha (birinchi bosqich) barcha masalalarni
aniq ishlab chiqish va ularni yechilishini о„z ichiga oladi. Ishchi chizmalar
(ikkinchi bosqich) aniqlangan va tasdiqlangan texnik loyiha asosida tuziladi.
Birlamchi hujjatlarga montaj texnologiyasi loyihalari ham kiradi.
Ijro
Dostları ilə paylaş: