17.1-rasm. Yuk kо„taruvchi machta:
1-panjarali machta; 2-vint; 3-kallak, bosh; 4-polispast; 5-tortuvchi
tros; 6-polispast arqonining yugiruvchi tarmog„i; 7-chetlatuvchi blok; 8-
sug„urtalovchi sim; 9-langar.
Langarlar qoziqli, chuqurlashtirilgan (tо„ldiriladigan) va inventarli
bо„ladi. Qoziqli langarlar bir necha qoziqlardan iborat bо„ladi,
ular yerga
1,5m chuqurlikka qoqiladi; ular 1,5 MN gacha kuchga chidamlidir.
Chuqurlashtirilgan langarlar pо„lat quvurlardan yasalgan betonga qotirilgan
yoki yerga biriktirilgan paketlardan iboratdir. Personal yoki inventar
yakorlar – bir nechtasi
ustma-ust taxlanadigan, 0,75 MN og„irlikdagi og„ir
temir-beton prizmalarni qо„llash qulaydir. Ular katta ishqalanish kuchini
yuzaga keltirishga qodir va puxta qotirishni ta‟minlaydi. Ba‟zida prizmalarni
yerga u qadar chuqur joylanmaydi. Bu ularning barqarorligini yanada
oshiradi.
Konstruksiyasi bо„yicha oddiy bо„lgan machtalar –
quvurli
machtalardir. Ular о„ralgan quvurlardan tayyorlanadi. Yuk kо„tarish 0,25
MN bо„lganda, diametri 600 mm bо„lgan bir quvurli machtalar qо„llaniladi,
0,25 dan 0,8 MN bо„lganda – uch quvurli va tо„rt quvurli sigarasimon
machtalar qо„llaniladi. Quvurlarni polosali (listli) pо„latdan
yasalgan
chambaraklar bilan bog„lanadi va burchaklaridan mahkamlab ham qо„yiladi.
Tо„rt quvurli machtalarda uchlari bir-biriga zich о„tirgan uchta quvurlar,
о„rta uchastkada tо„rtinchi kalta quvurni ilib oladi.
Machtaning tayanch qismini durralar bilan kuchlantirilgan qattiq plita
kо„rinishidagi yoki sharnir kо„rinishida tayyorlanadi. Sharnir machtaning
egilishiga imkon yaratadi, bu esa takelaj(tashish ortish ishi)
ishlarini olib
borish uchun juda zarurdir. 17.2-rasm bir quvurli, uch quvurli va
sigarasimon machtalarning asosiy qismlarini va umumiy kо„rinishini
ifodalaydi.
Dostları ilə paylaş: