1-respublika abu ali ibn sino nomli jamoat salomatligi texnikumi


Bolalarda sutka davomida ajraladigan siydik miqdori (yoshga bog'liq xolda)



Yüklə 27,78 Kb.
səhifə4/4
tarix02.01.2022
ölçüsü27,78 Kb.
#41463
1   2   3   4
BOLALARDA SIYDIK HOSIL QILISH VA SIYDIK AJRATISH TIZIMINING ANATOMO-FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI.

Bolalarda sutka davomida ajraladigan siydik miqdori (yoshga bog'liq xolda)


Yoshi

Siydik miqdori, ml


1-3 oy

170-590

4-6 oy

250

7-9 oy

275

10-12 oy

740

1-5 yosh

600

5-10 yosh

700

10-14 yosh





Bolalarda siydikning nisbiy og'irligi (yoshiga bog'liq xolda)


Yoshi

Siydik miqdori, ml

Chaqaloqlar

1018-1020

6-10 oy

1003-1005

2-5 yosh

1009-1016

5 yoshdan katta

1011-1025



Oliguriya - siydik sutkalik miqdorining kamayishi - siydik ajralishi yo’ki ishlab chiqarilishining buzilishi belgisi (sutkada diurez 0,5 ml/kg/gr yo’ki 250ml/m2 tana yuzasidan kichik). Renal oldi, renal va postrenal turlariga bo'linadi.

Renal oldi sabablaridan eng ko'p uchraydigani buyrak perfuziyasi yetishmovchiligi: hujayra tashqarisi suyuqlik xajmining kamayishi, bu natriyni yo'qotish (qusish, ich ketish, osmotik diurez, kuyish, ko'p ter ajralishi, toqimalarning o'tkir endogen yoki ekzogen zaralanishida shok buyrak va boshqalar), qon sirkulyasiyasi xajmining pasayishi (qon ketish, gipoalbuminemiya, sepsis), yurak urishi pasayishi (miokard kasalligi, yurak nuqsonlari, perikardit), buyrak tomirlari zararlanishi (buyrak arteriyasi patologiyasi, nefroskleroz, vaskulit.). Renal oliguriya buyrak kasalliklari uchun xarakterli: glomerulonefrit, o'tkir interstisial nefrit, kanalchalar o'tkir nekrozi, nefrotoksik moddalar bilan zaxarlanish, tomirlar patologiyasi (emboliya, infeksion endokardit, sistemli vaskulit, gemolitik-uremik sindrom (GUS) va boshqalar.).

Postrenal oliguriya - siydik ayirish yollari obstruksiyasi bilan bog'liq hollarda kuzatiladi (siydik tosh kasalliklarida siydik nayining tosh bilan obstruksiyasi, qon quyqalari bilan, o'smalar, siydik chiqaruv kanali strikturasi, siydik chiqaruv kanali stenozi, prostata bezining kasalliklari va boshqalar). Oliguriya ovqat bilan yetarli miqdorda suyuqlik berilmaganda (ko'krak yoshdagi bolalarni yetarli oziqlantirilmaganda), isitmalashda (perspiratio insensibilis ning kuchayishi hisobiga nafas olish bilan), qusish va ich ketishda, shish, transsudat va ekssudatlar ko'payganda kuzatiladi. Yurak va buyrak kasalliklarida oliguriya anuriyagacha yetadi.

Diurezning normadan 1/15 dan kam bolishi (0,15 ml/kg dan kam) yo’ki uning toliqbolmasligi anuriya deb ataladi. Anuriya qar doim buyrak etishmovchiligidan guvoqlik beradi.Oliguriya shakllarini differensial tashqislashda funksional sinamalar yo’rdam beradi. Oliguriya va anuriya o'tkir siydik tutilishi bilan differensial tashxis qilinadi, unda siydik ajralishi kuchli, qiynovli, og'riqli bo´ladi, bezovtalik yaqqol ko'rinadi va paypaslanganda siydik qopi to'laligi aniqlanadi. Bolalarda o'tkir siydik tutilishini fimoz, balanopostit, siydik qopi toshi va siydik chiqaruv kanali toshi chaqiradi.



Poliuriya. Bunda diurezning normaga nisbatan 2 marta ko’payishi yoki siydik miqdorining sutkada >1500 ml/m2 dan ko’p bolishi tushuniladi. Suv reabsorbsiya koeffisientining 1% dan pasayishi diurezni 300-500 mlga ko'payishiga olib keladi. Poliuriya fiziologik sharoitlarda ham kuzatilishi mumkin. Odatda ko'p miqdorda suyuqlik qabul hilganda, ruhiy buzilishlarda (diagnostikada quruq ovqatlanish sinamasi yordam beradi - bu sinamada buyrakning qonsentrasion funksiyasi normada bo´ladi.) Poliuriya qandli (siydik bilan ko'p miqdorda qand ajralishi, siydikning nisbiy zichligi yuqori) va qandsiz diabetda (polidipsiya, poliuriya, siydik zichligi past (<1005)) kuzatiladi. Agar siydik zichligi 1010 dan oshsa, qandsiz diabet tashxisi qo'yilmaydi.Siydik rangi va xidining o'zgarishi. Normal siydik sariq rangli va tiniq. Sovuq qarorat ta'sirida tuzlar chokmasi hisobiga xiralashadi.

Siydik tiniqligining o'zgarishi unda ko’p miqdorda tuzlar, xujayra elementlari, shilliq va yog'ga (lipuriya) bog'liq. Agar siydik isitilganda xiraligi ketsa, bu uratlarning ko’p miqdorda ekanligini bildiradi. Agar xiraligi isitilganda yogolmasa, bir necha tomchi sirka kislotasi qo'sрiladi - xiralik yo'qolsa fosfatlar ko'pligi, ko'piklansa karbonatlar ko’pligini bildiradi. Siydikka aralashtirilgan tuz kislota qo'shilsa, xiraligi yogolsa bu shavelnordon tuzlar borligini bildiradi, agar siydik xiraligicha qolsa xujayra elementlari (cho'kmani mikroskopik tekshirishda aniqlanadi), siydik kislota tuzlari, shilliq yog' borligini bildiradi.

Poliuriyada (qandli va qandsiz diabet, surunkali buyrak yetishmovchiligida) tiniq-sariq, rangsiz siydik kuzatiladi. Siydik taxlilida leykositlarning 6-8 tadan ko'p ko'rinishiga leykosituriya deb aytiladi. U siydikning ishqoriy reaksiyasi bilan kechadi. Odatdagi siydik taxlillarida xar doim ham leykosituriya aniqlanmaydi, gumon qilinganda maxsus tekshirish usullari o'tkaziladi, ulardan keng tarqalgani Addis-Kakovskiy va Nechiporenko sinamalaridir.

Addis-Kakovskiy sinamasi uchun sutkalik siydik yig'iladi va qonning shaklli elementlari soni aniqlanadi (uning sutkalik xajmini hisobga olgan xolda). Normada 1 ml siydikda leykositlar 2 mlndan oshmaydi, eritrositlar 1mln, silindrlar 100 ming.

Nechiporenko usuli - amaliyotda siydikni tekshirishning eng qulay usuli hisoblanadi, tahlil uchun ertalabki siydikning o'rta porsiyasi olinadi va 1 mlda shaklli elementlar soni aniqlanadi: 1 ml siydikda 2 ming leykositlar, 1 ming eritrositlar topilsa sinama normal sanaladi.

Reberg sinamasi - buyrakning filtrasion, reabsorbsion funksiyasini baxolaydi, minutli diurez, qon plazmasi va siydikda kreatinin konsentrasiyasini aniqlash asosida o'tkaziladi, endogen kreatinin odamda filtrasiya yo’rdamida ajraladi,qayta reabsorbsiya qilinmaydi, kanalchalarda faol sekresiyaga uchramaydi, shu sababli klirens (qonning endogen kreatinindan tozalanishi) ko’ptokcha filtrasiyasi o'lchamini belgilaydi. Normada koptokcha filtrasiyasi 85-120 ml/minga teng. Kanalchalar reabsorbsiyasi - 99 %ni tashkil etadi.

Leykosituriya - siydik infeksiyasining hattoki yashirin kechishida xam, asosiy belgilaridan biri. Lekin umumiy siydik analizi, Addis-Kakovskiy va Nechiporenko sinamalari leykosituriya manbaini aniqlab bermaydi. Ba'zida, pielonefritni tasdiqlash uchun siydik "aktiv, tirik" leykositlarga tekshiriladi (Shtengeymer-Malbin xujayralari). ShtengeymerMalbin xujayralarini topish diagnostik bahosi nisbiy, ba'zida aktiv pielonefritda ham ular aniqlanmaydi, bu xujayralarni topish uchun osmotik bosim va leykositlarning osmotik ustunligini aniqlash kerak.

Yashirin leykosituriyani aniqlash uchun provakasion sinamalar o'tkaziladi, masalan, prednizolon testi. Buning uchun Nechiporenko bo'yicha 4 porsiya siydik yiqiladi: birinchisi vena ichiga 30 mg prednizolon yuborishdan 1 soat oldin va qolgan uchtasi - uni yuborgandan keyin xar 1 soatda. Leykositlarning absolyut soni sanaladi (xar bir porsiya xajmini hisobga olgan xolda). Agar prednizolon yuborilgandan keyin leykositlar soni 3 martaga ortsa yo’ki bu xujayralar siydik bilan 4 mingdan kam xolda ajralsa, sinama musbat deyiladi. Yiringli yallig'lanishni aseptikdan differensial tashqis qilish uchun (glomerulonefrit, lyupus nefrit va boshqa) leykositogramma aniqlanadi (siydikni sentrafugadan o'tkazilgan chokmasi buyum oynasiga qo'yiladi, gematoksilineozin bilan bo'yaladi va leykositar formula foizlarda sanaladi. Siydik chokmasida neytrofillar ko'p bo'lishi bakterial, yiringli yallig'lanishga xarakterli. Shuni ta'kidlash lozimki, qiz bolalarda leykosituriya siydik chiqarish a'zolari zararlanishi bilan bogliq bolmasligi mumkin, bu "yolqon leykosituriya" deyiladi. U jinsiy a'zolar yalliglanishi va atrofidagi terining zararlanishi bilan bog'liq bo´ladi. Yaqqol leykosituriya (piuriya) buyrak yoki siydik ayirish yo'llari yalliglanish jarayoni (buyrak sili, pielit, sistit, pielonefrit) urostaz fonida kuzatiladi.

Leykosituriya siydik tizimi mikrobli yalliglanish jarayonida bakteruriya bilan kechadi. Chin bakteruriyada - 1 ml siydikda 100 000 mikrob tanachalari aniqlansa, siydikni orta porsiyasi tekshirilganda, tashqi jinsiy a'zolar tualetidan keyin, steril idishga erkin siydik ajratilsa yo’ki 1 ml siydikda 10. 000 dan kam bo'lmagan, kateterizasiyada olingan siydikdagi leykositlar soni aniqlanadi. Ba'zi xollarda neytrofilli leykositlarni aniqlanishi xam siydikda mikrob tanalari borligidan dalolat beradi.

Gematuriya - ertalabki siydik porsiyasida koruv maydonida 3 dan ortiq eritrositlar bo'lsa (Nechiporenko boyicha 1 ml siydikda 1000 dan ortiq yo’ki Addis-Kakovskiy bo'yicha sutkalik siydikda 1 000 000 dan ko'p) diagnostika qilinadi. Intensivligiga ko'ra mikro- va makrogematuriyaga bo'linadi. Mikrogematuriyada siydik rangi o'zgarmaydi, siydik chokmasini mikrosko’piya qilinganda eritrositlar (100 tagacha yarim ko'rikda) aniqlanadi. Makrogematuriyada siydik qizil yoki pushti rangda bo´ladi, tiniq yoki xira (go´sht yuvindisi k'orinishida) bo'lishi mumkin. Buyrak gematuriyasi koptokcha kapillyalarining yuqori o'tkazuvchanligi bilan tushuntiriladi, glomerulyar membrananing nostabilligi, buyrak tomir ichi koagulyasiyasi interstisial to'qima zararlanishi bilan xarakterlanadi. Glomerulyar eritrosituriya xarakterli belgisi membrananing notekis qalinlik korinishida ozgarishi (80% eritrosit). Gematuriya fiziologik bolishi mumkin, bu sportsmenlarda zo'riqishdan keyin unchalik ko’p bo'lmagan eritrositlar miqdorning siydikda paydo bolishi yo’ki ortostatik xolatlarda (agar ertalabki siydik porsiyasida eritrosit bo'lmasa) kuzatiladi.Birlamchi yoki ikkilamchi buyrak shikastlanganda renal gematuriya rivojlanadi, siydik ayirish yollari pastki qismi kasalliklarida- postrenalgematuriya rivojlanadi. Gematuriya alohida bo'lishi mumkin yoki proteinuriya, leykosituriya, silindruriya bilan birga kelishi mumkin. Buyrak jomchalaridan uretragacha bo'lgan qismdan qon ketishi izolyasiyalangan gematuriyaga olib keladi, bunda siydikda oqsil, xujayra va silindrlar miqdori unchalik ko’paymaydi. Izolyasiyalangan gematuriyaning eng tarqalgan sababi tosh, osma, jaroxat, IgA nefropatiya, sil, gemolitik anemiya. Xarakteriga kora gematuriya quyidagi shakllarga bo'linadi:

inisial (birinchi siydik porsiyasida qon paydo bo'lishi, siydik chiqarishning boshida uretraning shikastlanishidan guvoq bo´ladi);

terminal (siydik chiqarish aktining oxirida- siydik qopi kasalliklariga xarakterli);

total (siydik chiqarish aktida eritrositlarning bir xilda tarqalishi- gematuriyaning buyrakli kelib chiqishidan dalolat beradi.)

Oliguriya - siydik sutkalik miqdorining kamayishi - yetarli darajada suyuqlik qabul qilinmaganda, isitmali kasalliklarda, qusish va ich ketish, yurak va qon-tomir yetishmovchiligida, (dekompensasiya davri va shish paydo bo'lganda), o'tkir buyrak yetishmovchiligida, nefritda kuzatiladi.

Anuriya - bunda sutkalik diurez 1/15< normadan kam bo´ladi. Anuriya xar doim buyrak yetishmovchiligidan dalolat beradi.

Poliuriya - diurezning normaga nisbatan 2 marta ko’payishi. Normada 2/3 yoki ¾ miqdori -sutkalik siydik kunduzi ajraladi, qolgan miqdori- kechasi ajraladi.

Nikturiya - tungi ajralgan siydik miqdorining kunduzgiga nisbatan oshishi. Buyrak kasalligidan dalolat beradi.

Gipostenuriya - siydik zichligining past bo´lishi (1002-1005). Ko'p suyuqlik ichganda, shish qaytganda, qandsiz diabetda, surunkali nefrit oxirgi bosqichlarida buyrak yaqqol buyrak yetishmovchiligidan dalolat beradi.



Izostenuriya - siydik zichligi qon plazmasi zichligiga barobar (1010-1012). Bu buyrak yetishmovchiligining og'ir shaklini ko'rsatadi.
Yüklə 27,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin