Agar ketma-ketlik yaqinlashsa, yuqorida biz ko'rganimizdek, limitining ixtiyoriy ε atrofidan tashqarida ketma-ketlikning, oshib borsa, chekli sondagi elementlari yotar ekan. Bundan har qanday yaqinlashuvchi ketma-ketlikning chegaralangan bo'lishi bevosita kelib chiqadi.
- Tasdiq. Har qanday yaqinlashuvchi ketma-ketlik chegaralangandir.
≥
{ }
Isbot. Faraz qilamiz, xnketma-ketlik biror a songa yaqinlashsin, ya'ni istalgan ε > 0 uchun shunday N nomer topilsinki, n N bo'lganda (2.1.2) bajarilsin. Xususan, agar ε = 1 desak, shunday N = N (1) nomer topiladiki, u uchun
|xn− a| <1, n≥ N bo'ladi.
Shunday ekan, quyidagi
|xn| ≤ |xn− a| + |a|
tengsizlikka ko'ra, xuddi o'sha nnomerlar uchun
|xn| <|a| + 1, n≥ N (2.1.6)
tengsizlikka ega bo'lamiz.
Endi
M = max { |x1|, |x2|,..., |xN−1|, |a| + 1} (2.1.7)
deylik. Unda (2.1.6) va (2.1.7) larga ko'ra, istalgan nnomer uchun
|xn| ≤ M, n= 1,2,3,..., ya'ni xnketma-ketlik chegaralangan bo'lar ekan.
Q.E.D.
Yuqorida bu tasdiqning teskarisi o'rinlimi degan savol qo'yilgan edi. Boshqacha aytganda, har qanday chegaralangan ketma-ketlik yaqinlashuvchi bo'ladimi? Navbatdagi misol bu savolga salbiy javob beradi.
- Misol. Ushbu
xn= (−1)n ketma-ketlik chegaralangan va uzoqlashuvchidir.
Ketma-ketliklar orasida nolga yaqinlashuvchi ketma-ketliklar alohida o'rin tutadi.
Ta'rif. Nol soniga yaqinlashuvchi ketma-ketlik cheksiz kichik deyiladi.
{ } { }
Ushbu bandda biz cheksiz kichik ketma-ketliklar xossalarini o'rganamiz. Qaralayotgan ketma-ketlikning cheksiz kichikligiga urg'u berish maqsadida uning hadlarini yunoncha harflar αn, βnva hakazolar bilan belgilaymiz.
Yuqorida keltirilgan ta'rifga ko'ra, agar istalgan ε>0 uchun shunday N= N(ε)
nomer topilsaki, n≥ Nbo'lganda
|αn| <ε (2.1.8)
{ }
tengsizlik bajarilsa, αnketma-ketlik cheksiz kichik bo'ladi.
Ravshanki, statsionar, ya'ni hamma hadlari o'zaro teng xn= c bo'lgan ketma- ketlik faqat c= 0 bo'lgandagina cheksiz kichik bo'la oladi.
Cheksiz kichik ketma-ketliklarning quyidagi sodda, lekin shu bilan birga, muhim xossasi bevosita ta'rifdan kelib chiqadi.
- Tasdiq. Agar {αn} cheksiz kichik ketma-ketlik bo'lib, {xn} ketma-ketlik
|xn| ≤ |αn| (2.1.9)
{ }
tengsizlikni qanoatlantirsa, xnketma-ketlik ham cheksiz kichik bo'ladi.
Isbot. Cheksiz kichik ketma-ketlikning ta'rifiga ko'ra, istalgan ε > 0 olganda ham shunday nomer N = N (ε) topiladiki, n ≥ Nnomerlar uchun (2.1.8) tengsizlik bajariladi. Shunday ekan, (2.1.8) va (2.1.9) tengsizliklardan, n≥ Nbo'lganda
|xn| ≤ |αn| <ε tengsizlik keilib chiqadi. Bu esa xn→ 0 ni anglatadi.