Manba: Xaydarov, Xalilova “Umumiy psixologiya” (darslik) Toshkent-2009 96-bet
131-savol: Autizm deb? Javob: individning o‘zini atrofdagi odamlardan chegaralab, o‘zining kechinmalariga berilishdan iborat psixologik begonalashuv.
Manba:Xaydarov, Xalilova “Umumiy psixologiya” (darslik) Toshkent-2009 110-bet
132-savol:Avval ongli bajarib, keyinchalik avtomatlashgan xatti-harakatlarga Javob: Ko‘nikma
Manba: Xaydarov, Xalilova “Umumiy psixologiya” (darslik) Toshkent-2009 110-bet
133-savol; Agglyutinasiya nima? Javob: "elimlash" degan ma'noni bildirib, unda turli qismlarni bitta qilib yangi obraz yaratiladi. Masalan: yalmog‘iz kampir, suv parisi, kentavr, ssfinks obrazlari va boshqalar.
Manba: Xaydarov, Xalilova “Umumiy psixologiya” (darslik) Toshkent-2009 221-bet
134-savol;Ijodiy xayol ?
Javob: Tajribamizda bo‘lmagan va voqelikning o‘zida ham uchratmagan narsa va hodisalar haqida tasavvur hamda obrazlar yaratishdan iborat xayol turiga aytiladi.
Manba: Xaydarov, Xalilova “Umumiy psixologiya” (darslik) Toshkent-2009 223-bet
135-savol;Ixtiyorsiz xayol deb ? Javob: Odam o‘zining oldiga hech qanday maqsad qo‘ymasdan, irodani ishga solmasdan, qandaydir o‘z-o‘ziga obraz va tasavvurlarni yaratishiga aytiladi.
Manba: Xaydarov, Xalilova “Umumiy psixologiya” (darslik) Toshkent-2009 223-bet
136-savol; Emotsiya nima ? Javob: Shaxsning voqelikka o‘z munosabatini his qilishidan kelib chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog‘liq bo‘lgan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalaridir.
Manba: Xaydarov, Xalilova “Umumiy psixologiya” (darslik) Toshkent-2009 231-bet
137-savol.Affekt holati deb… Javob: Kuchli, jo‘shqin va nisbatan qisqa muddatli emosional kechinmalar tariqasida ro‘y beradigan psixologik holat.
Manba: Xaydarov, Xalilova “Umumiy psixologiya” (darslik) Toshkent-2009 245-bet