145-savol. Parishonxotirlik nima? Javob: Diqqatni uzoq vaqt davomida biron ishga layoqatsizlikda diqqatning osongina va tez- tez bo‘linib turishida namoyon bo‘lishi mumkin.
Manba: Xaydarov, Xalilova “Umumiy psixologiya” (darslik) Toshkent-2009 128-bet
146-savol. Diqqatning ko‘lami nima? Javob: Bir vaqtning o‘zida diqqatning bir qancha ob'ektga qaratilishi imkoniyati.
Manba:Xaydarov, Xalilova “Umumiy psixologiya” (darslik) Toshkent-2009 130-bet
147-savol.Diqqatning ko‘chishi nima ? Javob: Diqqatni ixtiyoriy ravishda bir ob'ektdan ikkinchi ob'ekta ko‘chirish.
Manba: Xaydarov, Xalilova “Umumiy psixologiya” (darslik) Toshkent-2009 131-bet
148-savol.Taxistoskop nima ? Javob: Qat'iy belgilangan qisqa vaqt davomida ko‘rish qo‘zg‘atuvchilarini namoyon qilish sababi. Idrok, xotira, diqqat va boshqa jarayonlarni tadqiqot qilishda ishlatiladi.
Manba: Xaydarov, Xalilova “Umumiy psixologiya” (darslik) Toshkent-2009 131-bet
149-savol.Kinestetik sezgi nima ? Javob: O‘z tana a'zolarining holati va xarakatini propreoreseptorlar ta'siri ostida sezish.
Manba: Xaydarov, Xalilova “Umumiy psixologiya” (darslik) Toshkent-2009 211-bet
150-savol.Agglyutinasiya nima? Javob: - "Yelimlash" degan ma'noni bildirib, unda turli qismlarni bitta qilib yangi obraz yaratiladi. Masalan: yalmog‘iz kampir, suv parisi, kentavr, ssfinks obrazlari va boshqalar.
Manba: Xaydarov, Xalilova “Umumiy psixologiya” (darslik) Toshkent-2009 128-bet
151-savol. Xayol deb-? Javob: Odamning ongida ilgaridan bor bo‘lgan vaqtli aloqalarning (assosiasiyalarni) qaytadan tiklanishi va bir-biri bilan yangicha qo‘shilishi orqali narsa va hodisalarning yangi obrazlarini hosil qilishga aytiladi.
Manba: Xaydarov, Xalilova “Umumiy psixologiya” (darslik) Toshkent-2009 220-bet
152-savol. Illyuziya nima?