Terminalogik lug’atlar so‘zligi ma’lum bir sohaga xos so‘z –terminlardan iborat bo‘ladi. Misol uchun O.U.Salimov, Z.S.Ibrohimov, P.R.Ismatullayev, A.S.Karimovlarning “Ruscha - O‘zbekcha politexnika atamalari lug’ati”. Mazkur lug’atni tuzishda Toshkent Davlat texnika universiteti qoshidagi ayrim fakultet vа kafedralarda tuzilgan maxsus atamalar lug’atlaridan, jumladan, mashinasozlik, elektrotexnika, energiya, geologiya, konchilik, neft, gez, radiotexnika va elejtronika ixtisosliklari uchun tayyorlangan lug’atlardan keng foydalanildi. Shuningdek, temir yo‘l, to‘qimachilik va yengil sanoat ixtisosliklarining talabalari uchun tayyorlangan “Ruscha – o‘zbekcha atamalar lug’ati” ham nazarda tutildi.
Fan va texnika rivojlangani sari bu sohalarda yangi so‘zlar va atamalar paydo bo‘lishi tabiiydir: o‘tgan davr ichida ko‘p so‘zlarning ma’nosi o‘zgardi, ayrim so‘zlarning ma’nosi ravonlashdi, ayrim so‘zlar iste’moldan chiqib ketdi yoki boshqa atamalar bilan almashildi.
Natijada yangi atamalarni to‘laroq o‘zlashtirish hamda o‘zbek tilida texnikaning turli sohalariga tegishli adabiyotlar nashr etishni ko‘paytirish lozimligi olimlarimiz oldiga yangi “Ruscha-o‘zbekcha politexnika atamalari lug’ati”ni tayyorlashdek masalani qo‘ydi. Unda texnikaning deyerli barcha sohalariga oid va maxsus mutaxassisliklarga tegishli ruscha so‘z va atamalarning tarjimasi berilgan. Lug’atda hozirgi zamon texnikasining turli sohalariga oid va shu sohalarda, matbuotda va so‘zlashuv nutqida ko‘p qo‘llaniladigan ruscha va chet tillaridan ko‘chib o‘tgan va so‘nggi yillarda o‘zbek tilida o‘zlashib ketgan hamda ba’zi bir o‘zbekcha ekvivalenti topilmagan atamalarning asl matni saqlab qolindi.
Ba’zi ruscha – o‘zbekcha atamalarning o‘zbekcha ma’nosini to‘liqroq ifodalash maqsadida asosiy atama bilan birga bitta yoki bir nechta sinonimlar kiritildi. Agar birorta ruscha atama tegishli sohalarda turli ma’noga ega bo‘lsa, bunday atamalar tartib raqami bilan har –xil tarjima tarzida ko‘rsatilgan. Masalan, a) ruscha “блок” so‘zi uchun o‘zbekchada:
1. blok; 2. chig’ir; 3.bo‘lak, bo‘linma; 4.to‘siq kabi so‘zlar olingan; b) ruscha “база” so‘zi o‘zbekchada: 1. baza, asos, negiz; 2. yarim o‘tkazgich asboblarda tranzistorning bir eliktrodi; 3. baza – o‘qlar orasidagi masofa (avt); 4.baza –narsalar , ashyolar saqlanadigan ombor va h.k.
Agar ruscha atamaning o‘zbekcha tarjimasi bir sohaga tegishli ikkita yoki bir necha sinonimlardan iborat bo‘lsa, bu sinonimlar vergul bilan ajratiladi:
1) migratsiya –siljish, ko‘chish;
2) dempfer –so‘ndirgich, tinchlantirgich deb olindi.
Lug’atga yakka so‘zli atamalar ko‘pincha sifat va otdan iborat bo‘lib, amalda ishlatilishiga qarab sifatdan yoki otdan boshlanishi mumkin. Masalan: алгоритмический язык –algoritmik til; двигатель индукционный-induksion yuritgich.
Lug’atda atamalar asosan birlik sonda berilgan, lekin ba’zi atamalar ko‘plikda ham uchrashi mumkin. Masalan, izogirlar, izogonlar neftenlar va b.
Lug’atda ruscha so‘z va atamalar rus alifbosi tartibida berilgan.
Lug’atga kirgan atamalarga izoh berilmadi, ammo ba’zi murakkab atamalarning tarjimalariga juda qisqa izoh tariqasida ko‘rsatma berildi. Masalan,
1. Жиклер –jiklyor, meyoriy purkash tegishi;
2. Ионные связи –minerallarda elementlarning ion bog’lanishi;
3. Грузооборот –vaqt birligida tashilgan yuk miqdori va b.
Lug’atda qabul qilingan yangi yoki kam qo‘llanadigan o‘zbekcha atamalar dastlabki paytlarda ancha noqulay eshitilishi mumkin. Masalan, tizim, tuzilma, yuritgich. Lekin vaqt o‘tishi bilan bunday atamalar o‘zlashib ketadi, degan umiddamiz.
“Ruscha –o‘zbekcha politexnika lug’atini” tuzishda Toshkent Davlat texnika universitetining bir qator professor va olimlari faol qatnshdilar. Texnikaning deyarli barcha sohalriga tegishli maxsus fanlarda qo‘llanadigan va lug’atda qabul qilingan atamalarni shu sohalarda chuqur nazariy va amaliy bilimga ega bo‘lgan olimlar ko‘rib chiqdilar.
Lug’at asosan oliy texnika va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari talabalari va o‘qituvchilari, texnikaning turli sohalrida ishlovchi muhandis –texnik xodimlar, texnikaga oid adabiyotlarning tarjimonlari uchun mo‘ljallangan.
Lug’atda ba’zi maxsus mutaxassisliklarga tegishli o‘zbekcha atamalar fan va texnikaning qaysi sohasiga tegishliligini ko‘rsatish maqsadida sohalr bo‘yicha quyida keltirilgan qisqartmalar qabul qilindi.
Yana bir, X.V.Salimovning “Ekalogiya va atrof –muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish bo‘yicha atama va tushunchalarning izohli lug’ati”ni oladigan bo‘lsak. Bu lig’atda umumiy va sanoat ekalogiyasi, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishga doir atama va tushunchalarni mujassamlagan. Lug’at mazmun jihatidan keng qamrovli bo‘lib u oliy o‘quv yurtlarining Biologiya, Geografiya, Ekalogiya va tabiatdan foydalanish, Hayot faoliyati xavsizligi, Metallurgiya sanoati xodimlari, o‘qituvchilar, aspirantlar va o‘z yashash muhitida hukm surayotgan ekalogik qonunlar, keyingi paytlar biosferada sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarning borishi haqida bilimlarni egallash yoki shunchaki o‘zining lug’at boyligini oshirish istagida bo‘lgan barcha kishilar foydalanish mumkin.