Lingvistik lug’atlar va ularning turlari lingvistik lug’atlar turli maqsadlarda tuziladi va ularning turlari ham ko‘p. So‘zning biror sohaga oid leksikasi bilan adabiy til leksikasining ma’lum qatlam bilan chegaralanganligi va chegaralanmaganligiga ko‘ra lug’atlar dastlab ikkiga bo‘linadi:
1) umumiy lug’atlar
2) maxsus lug’atlar
Umumiy lingvistik lug’atlarda hamma qo‘llaydigan so‘zlarning xarasteristikasi beriladi.
Bular bir tilli, ikki tilli, ko‘p tilli bo‘ladi. Bir tilli lug’atlarning ham umumiy va maxsus tiplari bor. Masalan, izohli lug’at, imlo lug’ati, sinonimlar lug’ati, frazeologik lug’at, dialectal lug’at maxsus lug’atlar tipiga kiradi.
Izohli lug’atlarda lug’aviy birliklarning ma’nosi izohlanadi. Agar lig’aviy birlik ko‘p ma’noli bo‘lsa uning barcha ma’nolari belgilanadi va har bir ma’nosi izohlanadi. Umumiy izohli lug’larda so‘zlarningma’nosi izohlanadi, ularning Grammatik, stilistik, frazeologik iborada qatnashishi kabi belgi xususiyatlari ko‘rsatiladi. Lug’aviy birlikning ma’nosi izohlanadi shunga misol keltiriladi. Izohli lug’atlarga quyidagi lug’atlarni misol qilib keltirish mumkin.
O‘zbek tilining yangi izohli lug’ati, yangi tahrirda chiqarilgan, O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot institute “O‘zbek tilining izohli lug’ati” 5 jildli bo‘lib, 80 000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasini o‘z ichiga oladi. O‘zbek tilining ushbu izohli lug’ati keng xronologik doirada o‘zbek tilining butun so‘z boyligini emas, balki hozirgi zamon o‘zbek tilining keng iste’moldagi so‘z boyligini to‘plash va tavsiflashni o‘ziga maqsad qilib qo‘yadi. Chunki o‘zbek tili XX asrning 2-yarmida, xususan, keyingi o‘z yilda yangi- yangi so‘zlar so‘z shakllari va ifoda vositalari bilan boyidi shu bilan birga, sifat jihatidan ham ancha o‘zgardi.
Shunday qilib, lug’atning asosiy vazifasi hozirgi o‘zbek adabiy tilining so‘z boyligini to‘plash va tavsiflash bilan birga uning meyorlarini belgilash va barqarorlashtirishdan iboratdir. Ayni zamonda u nutq madaniyatining yuksalishiga ham xizmat qiladi.
O‘zbek tilining ushbu izohli lug’atini tuzishga kirishishdan oldin katta tayyorgarlik ishlari olib borildi. Badiiy adabiyot namunalariga tayanib, lug’atning leksik asosi-lug’at kartotekasi fondini to‘ldirish va boyitishga alohida e’tibor berildi. Chunki tilning boyligi va meyorlari, avvalo, so‘z ustalarining asarlarida aks etadi, sayqal topadi.
Natijada kartoteka fondida Fitrat, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Haza Hakimzoda Niyoziydan boshlab to shu kungacha bo‘lgan o‘zbek yozuvchilari asarlaridan hamda o‘zbek tilida nashr etilgan ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-tehnikaviy, diniy- falsafiy, ilmiy-ommabop asarlar, darsliklardan, vaqtli matbuot va qisman boshqa tillardan o‘zbekchaga qilingan tarjimalardan olingan uch millionga yaqin misol-kartochka to‘plandi.
Lug’atdan misollar keltirsak:
Adabiy-vaqt e’tibori bilan ohiri yo‘q; mangu, doimiy . Adabiy hayot. Adabiy hotira. – Shaharlarning nomi abadiy. Bu nomlarni qo‘ygan el ulus. Maqsud Shayxzoda.