Abiturient – [ lot. Abituriens, abiturientis- ketmoqchi bo‘lgan kishi]
1) O‘rta maktabni bitirayotgan o‘quvchi
2) Oliy yoki o‘rta maxsus o‘quv yurtiga kirish uchun da’vogar.
Imtihonlarni boshlashdan avval qur’a tashlanadi. Biletlarni olish uchun abiturientlardan to‘rt kishi chiqariladi. Gazetadan.
Afv- [gunohidan o‘tish, kechirish] kt. Kechirim uzr. Sizdan bu ulug’ gunohim uchun afv so‘rab, xaydalgan o‘g’lingiz –Otabek Yusufbek hoji o‘g’li. Abdulla Qodiriy, “O‘tgan kunlar”.
Afv etmoq- (yoki qilmoq) Kechirmoq, uzrni qabul qilmoq, gunohidan o‘tmoq. Bu lapashangligimiz uchun rahnamolarimiz bizni afv eturlarmi? G’ulom, Mash’al.
Afv etasiz-Kechirasiz (odatda so‘zlovchi gap boshida olingan uzr so‘rab ishlatiladi) [Saidbek] Afv etasiz , siz buni qayoadan bilasiz, general janoblari? K. Yashin, M. Rahmon, Sirdaryo.
Auditoriya- [lot. Auditorium-tinglash joyi]
1. Mashg’ulot, ma’ruza (doklad) va sh.k. O‘tkaziladigan xona, bo‘lma. Auditoriyada olingan bilim bilan cheklanmaslik kerak, albatta. Gazetadan.
2. Mashg’ulot, ma’ruza va sh.kni tinglovchilar shuningdek, radiotinglovchilar va teletomashabinlar.
Vojib-[zarur, kerakli, majburiy; majburiyat, burch]
1. din. Har bir musulmonga payg’ambar tomonidan buyurilgan, bajarilishi majburiy, zarur bo‘lgan amal turi. Uch xil amal bordirki ular harbir mo‘min zimmasiga vojibdir. “Fan va turmush”.
2. s.t. Bajarilishi majburiy [Barnogul:] Amri podsho vojib hech kim tarki vojib qilolmaydi. “Orzugul” Biz do‘konni yopish xususida amri farmon bergan edik. Yo bizning amrimiz senga vojib emasmu? S.Siyoyev, Avaz.
Imlo lug’atlar. Bu turdagi lug’atlarga kirgan so‘z va iboralarning izohi ham, tarjimasi ham bo‘lmaydi. Bunday lug’at so‘zlarning yozilishini imlo qoidalarini o‘z ichiga oladi. Tillardagi hamma so‘zlarning yozilishini imlo qoidalariga mos kelmaydi. Bu turdagi lug’atlar istisno so‘zlarning orfografiyasining aniqlashda ayniqsa qo‘l keldi. Imlo lug’atlari hamma uchun birdek ahamiyatlidir.
Imlo lug’atlarining biz uchun ahamiyatli jihati shundaki so‘zlarni to‘g’ri talaffuz etishni o‘rgatadi. Bunday lug’atlar, asosan praktik maqsadda tuziladi.
Imlo lug’atlarga misol tarzida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin. S.Ibrohimov, M.Rahmonovlarning 1956-yilda nashr etilgan “Imlo lug’ati”ni, S.Ibrohimov, E.Begmatov va A.Ahmedovlarning “fan” nashriyoti tomonidan 1976-yilda nashr etilgan “o‘zbek tilining imlo lug’ati”, Shavkat Rahmatullayev, Azim Hojiyevlarning “O‘bek tilining imlo lug’ati” Toshkent 1995. To‘lqin To‘g’ayev, Gulbahor Tavaldiyeva, Muyassar Akromova, Karim Nazarovlarning “O‘zbek tilining krill va lotin alifbolaridagi imlo lug’ati” (Toshkent 2004.) ni olib qaraydigan bo‘lsak, ushbu lug’at kirillcha va lotincha o‘zbek alifbolarida tuzilgan bo‘lib, ayni bir so‘z har ikki yozuv shaklida yonma-yon berildi.
Lug’at kirillcha –lotincha o‘zbek yozuvi tamoyilida tuzilganligi sababli, so‘zlar o‘zbek kirill alifbosi tartibida ifoda etildi. Davlat tilini o‘rganishning ahamiyati ortib borayotgan, shuningdek, o‘zbek lotin alifbosiga o‘tilayotgan hozirgi kunda bu hildagi lug’atlar juda zarur va foydalanish uchun har jihatdan qulaydir. Xususan, yangi o‘zbek alifbosi va takomollashgan imloda dastlab savod chiqarayotgan, ayniqsa, yangi alifbo tartibini, unda o‘qish-yozishni hali muhta o‘zlashtirmagan kishilarning o‘zlariga ma’lum o‘zbek kirill alifbosi tartibi bo‘yicha ushbu lug’atdan o‘zbek lotin alifbosidagi zarur so‘zlarni tezroq topishlari va o‘rganishlari oson kechadi.
Bunday lug’atdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad so‘zlarning har ikki alifboda to‘g’ri yozilishini ko‘rsatish bilan birga yangi o‘zbek yozuvida tezroq savod chiqarishga ko‘maklashishdan iborat. Chunonchi, lug’atda so‘zlarning kirill va lotin alifbolarida yozilib yonma-yon berilishi ko‘rgazmalilik holatini kasb etadi. So‘zlarni taqqoslash orqali o‘quvchi kirill alifbosidagi harflar yangi alifboda qanday harflar bilan ifodalanishini bilib olishlari ta’limda yaxshi natija beradi. Muhimi, avvalgi va yangi imlo qoidalaridagi tovush va harf munosabatlarining (qaysi harf qaysi tovushni ko‘rsatishining), umuman, har ikki imlo qoidalari mazmunining o‘zaro uyg’un va farqli tomonlarini ushbu lug’at yordamida qiyoslab o‘rganish imkoni tug’iladi.
Lug’atning kirill alifbosidagi qismi rus grafikasi asosida o‘zbek yozuvining imlo qoidalariga (1956-yil 4-aprel), yangi alifbodagi qismi esa lotin grafikasi asosida o‘zbek yozuvineng asosiy imlo qoidalariga (1995-yil 24- avgust) mos holda tuzildi. Binobarin, so‘zlarning har ikki alifboda yozilishi grafika jixatidangina emas, ayrim holatlarda avvalgi va yangi imlo qoidalari mazmuniga ko‘ra ham farq qiladi. Masalan, kirillchada : lotinchada: октябрь - oktabr
шовилламок - shovullamoq
нуктаи назар - nuqtai nazar
копдан коп - ko‘pdan ko‘p
сўз боши - so‘zboshi
буғдой ранг - bug’doyrang va hakazo.
Shu o‘rinda lug’atimizning lotin alifbosidagi qismida ayrim so‘zlarning yozilishi yangi alifbo asosidagi “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari” ning bir o‘rindagi nomukammal imlo qoidasiga muvofiq bo‘lmaganini aytib o‘tishni lozim topdik.
Tilimizda shov, lov, gur kabi so‘zlar bir qatorda viz, vish, vaq, vang, vag’, vosh singari tarkibida v undoshi bo‘lgan ko‘plab taqlid so‘zlar ham uchraydi. Ammo keyingi turkum so‘zlarni “Asos va qo‘shimchalar imlosi” qismidagi 37-qoidaning 1-bandiga asosan vizullamoq, vishullamoq, vaqullamoq va sh. k. Shaklida yozib bo‘lmaydi. Lug’atda ushbu qoidada ko‘zda tutilgan asl maqsad to‘g’ri talqin etilib, tegishli o‘rinlarda unga amal qilindi: gur+ illa= gurulla, shuv+illa = shuvulla kabi. Lekin vish, var va shu singari taqlid so‘zlarga fe’l yasovchi -illa qo‘shilganda asliga muvofiq yozildi: vishillamoq, varillamoq kabi.
Lug’atda birinchi galda hozirgi o‘zbek adabiy tilida keng qo‘llanilayotgan so‘zlar kiritildi. So‘z yasovchi qo‘shimchalari soda, imlosi qiyin bo‘lmagan yasama so‘zlarni lug’atga kiritmaslikka harakat qildik. Ammo tub fe’llarning noaniq shakli bilan birga yozishda xatolikka yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan kestirmoq, surishtirmoq, yuzlashtirmoq, zo‘riqtirmoq, orttirmoq, bo‘rttirmoq kabi nisbat yasovchisiga ega ayrim fe’llar ham lug’atdan o‘rin oldi.
Lug’atda talaffuzi o‘xshash, aytilishi bir-biriga yaqin so‘zlarning ma’nolari qavs ichida izohlab yozildi, masalan, adib (yozuvchi) , adip (to‘nning adipi), asil (toza), asl (tub), jodi ( asbob), jodu( sehr) kabi.
O‘zbek adabiy tilida ikki xil yozilishi meyorlashgan so‘zlar o‘z o‘rnida ketma-ket berildi, chunonchi: nabira yoki nevara, masjid yoki machit tarzida.
Lug’atdagi ba’zi so‘zlarga qavs ichida izoh berildi: alloy (o‘simlik), mucha (a’zo ), tabla ( othona ), to‘l ( qo‘zilash mavsumi) , uchmoh (jannat) kabi.
O‘zbek adabiy tilida gohi yoki gohida , nahot yoki nahotki, doim yoki doimo singari qisqa va to‘liq tarkibda ishlatiladigan so‘zlar lug’ata qavslar bilan gohi(da), nahot(ki), doim(o) tarzida berildi.
Ayrim juft so‘zlarning yuklamalari bilan yozilishi ham qavs ichida ko‘rsatildi, masalan: yor-do‘st ( yoru do‘st), yer-ko‘k ( yeru ko‘k) kabi.
Tabiiyki, yuqorida keltirigan misollar lug’atning tuzilishiga muvofiq har ikkala yozuvda berildi.
O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi ona tili miz uchun ulkan taraqqiyot, rivojlanish, bitmas –tuganmas boy bisotini namoyish etish omili bo‘ldi. Ayniqsa, mustaqillikka erishganimizdan keyin o‘zbek tilining leksik qatlamida misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar bo‘ldi: “eskirgan so‘z” tamg’asi bosilgan yuzlab leksikonlar o‘z lisoniy maqomiga ega bo‘ldi, xalq tili bisotida qolib ketayotgan ko‘plab so‘zlar yasaldi, fan –tehnika , tibbiyot, iqtisodiyot, huquq, sport va boshqa sohalarga oid talay yangi so‘zlar tilimizga kirib keldi; ish yuritish o‘zbek tiliga ko‘chdi, Atamashunoslik qo‘mitasi tashkil etilib, turli sohalarga doir faniy lug’atlar tayyorlandi…
Tilimiz taraqqiyoti bilan bog’liq ushbu o‘zgarishlar, islohotlar imlo lug’atida o‘z ifodasini topgan. Chunonchi, kundalik turmushda xalq shevalarida, badiiy asarlarda qo‘llaniladigan, ammo adabiy tilda o‘z o‘rnini topa olmay yurgan ko‘pgina so‘zlar imlo lug’atiga kiritildi. Masalan: saldam (inersiya), birinj (bronza), do‘qqi (qo‘pol), sila (to‘lar–to‘lmas), qo‘qimoq (ivirsimoq), pang’iz-lamoq ( mog’or bosmoq) v.b.
Lug’atdagi so‘zlarning muayyan qismini fan-tehnikaga doir terminlar tashkil etadi. Ayniqsa, mustaqillikka erishganimizdan keyingi davrda tilimizga kirib kelgan bu sohalarga oid ko‘plab yangi so‘z-terminlar lug’atdan joy oldi, chunonchi: fyuchers, ombudsman, sammit, bill, emansipatsiya, embargo, konvertatsiya, lizing, menejer, marketing, sanatsiya; printer, multimedia, peyjer va sh.k. Bu tarkib lug’atning ikkinchi nashrida yangi o‘zlashmalar hisobiga yana ham ortdi.
“O‘zbek tilining kirill va lotin alifbolaridagi imlo lug’ati” ikki jildli “O‘zbek tilining izohli lug’ati”, chop etilgan turli xarakterdagi lug’atlar, xususan, Sh.Rahmatullayev va A.Hojiyevlar tomonidan tuzilgan “O‘bek tilining imlo lug’ati” (1995), maktab darsliklari va davriy matbuotdan yig’ilgan so‘zlar asosida tuzildi. Xalq og’zaki ijodi, xalq so‘zlashuv tilidan, taniqli yo‘zuvchi, shoir, journalist va olimlarimiz asarlaridan to‘plangan so‘zlar ham imlo lug’ati so‘zligini boyitgan.