1. Umumiy ma’lumotlar. Yong’inni o’chirish moddalari va ularning xossalari. Yong’inga qarshi suv ta’minoti



Yüklə 39,55 Kb.
səhifə2/8
tarix24.05.2022
ölçüsü39,55 Kb.
#59354
1   2   3   4   5   6   7   8
Texnologik jarayonlarning yong’inga xavfsizligini baholash

YOng’inni oldini olish sistemasi - yong’in sodir bo’lish sharoitlarini bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy tadbirlar va texnik vositalar majmuidir.
Ushbu tadbirlar ishlab chiqarishda iloji boricha yonmaydigan va qiyin yonadigan materiallardan foydalanish texnologik jarayonlarni maksimal darajada mexanizasiyalash va avtomatlashtirish, yong’in xavfi bo’lgan qurilmalar o’rnatilgan xonalarni yonmaydigan materiallar bilan boshqa xonalardan ajratish yoki bunday qurilmalarni mumkin qadar tashqarida o’rnatish, yonuvchi moddalar uchun gyermetik idishlar va jihozlardan foydalanish, bino havosining tarkibidagi yonuvchi gaz, bug’ va changlar miqdorini ruxsat etilgan darajada saqlash, isitish jihozlaridan to’g’ri foydalanish va boshqalar orqali amalga oshiriladi.
Har qanday ishlab chiqarishda yong’inga olib keluvchi manbaning hosil bo’lishini oldini olish esa, ishlab chiqarishda yong’in manbasini hosil qilmaydigan mashinalar, mexanizmlar va jihozlardan foydalanish, mashina va mexanizmlardan foydalanish qoidalari va rejimlariga to’liq rioya etish, elektr statik zaryadlari va yashinga qarshi himoya vositalaridan foydalanish, materiallar va moddalarning issiqlik ta’sirida, ximiyaviy va mikrobiologik usulda o’z-o’zidan alangalanish sharoitlarini bartaraf etish, belgilangan yong’inga qarshi tadbirlarni to’liq amalga oshirish, bino chegarasini davriy ravishda tozalab turish kabi tadbirlar orqali amalga oshiriladi.
YOng’inga qarshi himoya sistemasi - yong’in o’chirish jihozlari va texnikalaridan foydalanish, yong’inning xavfli omillaridan himoya qiluvchi shaxsiy va jamoa himoya vositalaridan foydalanish, yong’in xabarini beruvchi va yong’in o’chirish sistemasining avtomatik qurilmalaridan foydalanish, ob’ektning konstruksiyalari va materiallarigaa yong’indan himoyalovchi tarkibli bo’yoqlar bilan ishlov berish tutunga qarshi himoya sistemalari, evakuasiya yo’llari bo’lishini taminlash, binoning yong’in mustahkamliligi darajasini to’g’ri tanlash kabi tadbirlarni o’z ichiga oladi.
YOng’in tarqalishini oldini olish sistemalari esa, yong’inga qarshi to’siklarni o’rnatish, qurilmalar va inshootlarda avariya holatida o’chirish va ko’shish jihozlaridan va yong’indan to’suvchi vositalardan foydalanish, yong’in vaqtida yonuvchi suyuqliklarning to’qilishini oldini oluvchi vositalardan foydalanish kabi tadbirlar orqali amalga oshiriladi.
Tashkiliy - texnik tadbirlarga esa, yong’indan himoyalanish xizmatini tashkil etish, uni texnik jihozlar bilan taminlash, yong’in xavfsizligi bo’yicha ob’ektdagi moddalar, materiallar, jihozlar, qurilmalar va texnologik jarayonlarni pasportlashtirish, yong’in muhofazasi bo’yicha mutaxassislar tayyorlash va ularni o’kitish, yong’in xavfsizligi bo’yicha instruktajlar va aholi o’rtasida turli xil tadbirlar o’tkazish, yong’inga qarshi ko’rsatmalar (instruksiyalar) ishlab chiqish va boshqa shu kabi tadbirlar kiradi.
YOng’in va portlashning sabablari. YOng’in kelib chiqishini asosiy sabablariga quyidagilarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin: taqiqlangan joylarda chekish, ochiq alangalardan foydalanish, yong’in xavfsizligi bo’yicha texnologik jarayonlarni buzish yoki ularga amal qilmaslik, materiallarni saqlash qoidalariga rioya qilmaslik, statik elektr zaryadlariga qarshi texnik qurilmalardan foydalanmaslik, atmosferaning kuchli zaryadlaridan himoyalovchi qurilmalardan foydalanmaslik (yashin vaqtida 2 V dan 8 mln V kuchlanish, 200000 A tok kuchi miqdorida elektr zaryadlari hosil bo’lishi mumkin), ichki yonuv dvigatellarini sinash va ulardan foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik, elektr jihozlari va qurilmalarini noto’g’ri o’rnatish yoki ularni zo’riqtirish, isitish sistemalaridan noto’g’ri foydalanish, bug’ qozonlari va issiqlik genyeratorlaridagi avtomatik qurilmalarning nosozligi yoki ularning noto’g’ri o’rnatilishi, ishlab chiqarish binolari havosi tarkibidagi gaz, bug’ va changlarni me’yorlashtirilmaganligi va hakoza.
YOng’inni oldini olish, materiallarning yonish va portlash bo’yicha tavsifi. Ishlab chiqarishdagi barcha materiallar yonish xususiyati bo’yicha uch turga bo’linadi:
-yonmaydigan materiallar - tashqi yong’in manbasi ta’sirida yonmaydi;
-qiyin yonuvchi materiallar - tashqi yong’in manbasi ta’sirida yonib, manbaning ta’siri to’xtatilgach mustaqil yonmaydi;
-yonuvchi materiallar - tashqi yong’in manbasining ta’siri to’xtatilgandan so’ng ham mustaqil yonish xususiyatiga ega bo’ladi.
Tez yonuvchi va yonuvchi suyuqliklar bug’lanish natijasida portlovchi aralashma muhit hosil qiladi. Bundan tashqari ayrim changlarning havo bilan aralashmasi ham portlashga xavfli hisoblanadi. Ular yonish va portlash xavfliligi bo’yicha portlashga xavfli (ayerozol holatida) hamda yonishga xavfli (ayerogel) turlarga bo’linadi va quyidagi to’rt sinfga ajratiladi:
I-sinf – portlashga o’ta xavfli changlar, alangalanishining pastki chegarasi-15 g/m3gacha bo’lgan muhit;
II-sinf – alangalanishining eng pastki chegarasi 16 dan 65 g/m3 gacha bo’lgan portlashga xavfli muhit.
III va IV-sinf - alangalanishning pastki chegarasi 65 g/m3 dan yuqori bo’lgan yonishga xavfli muhit. SH-sinfdagi changlarning alangalanish harorati-250 °S, IV-sinfga taalluqli changlarniki esa - 250°S dan yuqori.

Yüklə 39,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin