20
umumiy o
‘rta ta’limning milliy o‘
quv dasturi loyihasi
MATEMATIK AMALIYOT STANDARTLARI
(kompetensiyalar)
Qisqacha tavsifi:
O‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarini
amaliy
masalalarni
yechishda
va
notanish
vaziyatlarda
qo‘llay
olish
(kompetensiyalar).
Mazkur standartlar ham umumlashgan mazmundagi amaliy tatbiq
standatlardan iborat bo‘lib, ular o‘quvchilarning
quyidagi aqliy faoliyati
sohalarini qamrab oladi (kelgusida
ishlatish qulay bo‘lsin uchun aqliy
faoliyat sohalari, mos ravishda M1, M2, M3, M4 va M5 bilan kodlanadi):
−
Mulohaza yuritish (M1);
matematikaga
oid fikrni asoslash,
isbotlash yoki o‘zgalar fikriga munosabat bildirish uchun mantiqan asosli va
tushunarli dalillarni keltirish;
−
Modellashtirish (M2):
o‘quv va hayotiy
muammolarni matematika
tilida ifodalash, ularning matematik modelini qurish;
−
Muammoni yechish (M3):
matematikani qo‘llab muammoni hal
qilish;
−
Muloqot qilish (M4):
matematik
tushuncha, belgi va timsollar
asosida matematika tilida o’zaro muloqot qilish;
−
Ma’lumotlar bilan ishlash (M5):
ma’lumotlarni yig‘ish,
tahlil qilish
va turli shakllarda tasvirlash.
Mulohaza yuritish (M1)
1. Aqliy faoliyatga asoslangan mantiqiy fukrlash,
taxmin qilish, xulosa
chiqarish, dalillar keltirish, asoslash, xulosalash, asoslov va sabablar ustida
fikr yuritish;
2.
Qo‘llaniladigan ta’riflar, qoidalar, tushunchalar, algoritm va metodlar,
matematik yechimlar va xatolar ustida fikr yuritish;
3. Matematik tushunchalar orasidagi aloqalarni
tanib olish va ulardan
foydalanish;
4. Yaxlit matematik tushunchani hosil qilish uchun matematik
tushunchalarni birlashtirish yoki birini ikkinchisining ustiga qurish.
Dostları ilə paylaş: