1. Yurakning tuzilishi va joylashuvi. Yurak avtomatiyasi, o’tkazuvchi tizimi va vazifalari. Yurak sikli va uning asosiy ko’rsatkichlari


– aorta, 2 – chap o’pka arteriyasi



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə3/8
tarix24.10.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#160590
1   2   3   4   5   6   7   8
1 – aorta,
2 – chap o’pka arteriyasi,
3 – chap bo’lmacha,
4 – chap o’pka venalari,
5 – o’ng bo’lmacha – qorinchali teshigi,
6 – chap qorincha,
7 – aorta qopqog’i,
8 – o’ng qorincha,
9 – o’pka stvolining qopqog’i,
10 – pastki kavak vena,
11 – o’ng bo’lmacha qorinchali teshigi,
12 – o’ng bo’lmacha,
13 – o’ng o’pka venalari,
14 – o’ng o’pka arteriyasi,
15 – yuqoridagi kavak vena.
Atipik miotsitlar yurakning o’tkazuvchi tizimini hosil qiladi. Bular Purinьe tolalari deb ham ataladi. Bu hujayralarning to’plamlari yurakning ma’lum joylarida uchraydi. Yurakning o’ng quloqchasi bilan yuqoriga kavak vena oralig’ida Kis-Flak tuguni hosil bo’ladi.
Bundan tashqari yurakning o’ng bo’lmachasi devorida joylashgan uch tabaqali klapanga yaqinroq Ashof-Tavar tuguni boshlanadi. Bu tugundan qorinchalar orasiga Gis tutami kiradi, so’ng chap va o’ng oyoqchalarga bo’linadi.
Yurakning o’tkazuvchi tizimi yurak bo’lmachalari bilan qorinchalari o’rtasidagi sistola bilan diastola o’rtasidagi ritmni tartibga solib turadi. Bo’lmacha va qorincha mio-kardi bir-biridan ajralgan bo’lib, shu tufayli kameralar alohida qisqarish imkoniyatiga ega. Qorincha va bo’lmacha muskullari chap va o’ng bo’lmacha-qorincha teshiklari atrofida joylashgan fibroz halqalardan boshlanadi. Bo’lmachalarda yuza va chuqur qavatlarni hosil qiladigan muskullar joylashgan. Yuza qavati ko’ndalang yoki aylanma joylashib, ikkala bo’lmachani o’rab turadi. Chuqur qavati bo’ylama joylashgan muskul tolalaridan iborat bo’lib, har ikkala bo’lmachani alohida qoplab turadi. Qorinchalarda muskullar uchta qavatni hosil qiladi. Yupqa bo’lgan yuza qavat ikkala qorincha uchun umumiy bo’lib, uzunasiga joylashgan muskul tutamlaridan tashkil topgan. Muskul tolalari fibroz halqalardan boshlanib pastga qarab qiya yo’naladi va yurakning uchida burmani hosil qilib ichki bo’ylama qavatga o’tib, yuqorigi chetlari bilan fibroz halqalarga birikadi. Tashqi va ichki bo’ylama qavatlar orasida sirkulyar joylashgan o’rta qavati o’rnashadi
Epikard – yurak xaltasini hosil qiladigan seroz par-daning vistseral varag’i bo’lib, yurak, o’pka stvoli, aorta va kovak venalar sohasini ustki tomondan qoplab, xaltaning (perikard-ning) seroz pardaning parietal varag’iga o’tadi. Epikard usti mezoteliy bilan qoplangan va yupqa biriktiruvchi to’qimali plastinkadan iborat.
Yurakka keladigan nervlar simpatik chegara stvolidan, adashgan nervdan, bo’yin va ko’krak sohasidagi orqa miya tugunlaridan boshlanadi.
Ikkita arteriya – o’ng va chap toj arteriyalar yurak devorini qon bilan ta’minlaydi. Bu arteriyalar aorta piyozchasidan boshlanib, yurak sathida toj va qorinchalararo egatlarda joylashgan. Tojsimon tomirlar yurakning uchta pardasida, so’rg’ichli muskullarida va go’shtli etlarda kapillyarlargacha tarmoqlanib ketadi. Kapillyarlardan qon yurak venalariga, venoz sinusga va yurak bo’lmachasiga yig’iladi. O’ng toj arteriyaning shoxlari o’ng bo’lmachani, o’ng qorinchani orqa devorini, chap qorinchaning orqa devorining ma’lum bir qismini, bo’lmacha-lararo to’siqni, qorinchalararo to’siqni orqa qismining birdan uch qismini, o’ng qorinchalarning so’rg’ichsimon muskullarini va chap qorinchaning orqadagi so’rg’ichsimon muskulini qon bilan ta’minlaydi. Chap toj arteriyaning shoxlari chap bo’lmachani, chap qorinchaning oldingi va orqa devorining yarmidan ko’p qismini, qorinchalararo to’siqni ikkidan uch qismini, chap qorinchaning oldingi so’rg’ichsimon muskulini qon bilan ta’minlaydi. Ikkala toj arteriyalarni shoxlari tutashib, ikkita arterial halqani hosil qiladilar.
Perikard – berk xalta bo’lib, ikki qavatdan tashqi – fibroz perikard va ichki – seroz perikarddan tuzilgan. Seroz perikard o’z navbatida vistseral va parietal varaqlarga ajralib ketadi. Vistseral va parietal varaqlar orasida perikardial bo’shliq joylashib, uni ichida seroz suyuqligi bo’ladi. Seroz suyuqlik parietal va vistseral varaqlarining mezoteliy bilan qoplangan yuzalarini namlab turadi. Ochilmagan perikard konus shaklida bo’lib, uning asos qismi diafragmani payli markazi bilan jiplashib ketadi, to’mtoqlashgan uchi esa tepaga qaratilgan va aortani boshlang’ich qismini, o’pka stvolini va yirik venalarni o’rab oladi. Perikardning orqa yuzasi qizilo’ngach va aortaning ko’krak qismiga yondoshadi. Yon tomonlaridan yumshoq birik-tiruvchi to’qima vositasida mediastinal plevra bilan yopishgan. Perikardning bir qismi to’sh suyagining ichki yuzasiga taqalib turadi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin