1. Yurakning tuzilishi va joylashuvi. Yurak avtomatiyasi, o’tkazuvchi tizimi va vazifalari. Yurak sikli va uning asosiy ko’rsatkichlari



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə6/8
tarix24.10.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#160590
1   2   3   4   5   6   7   8
Qorinchalar
Sistolasi 0,33 sek
 

Taranglanish davri

Asinxronik qisqarish bosqichi 0,05 sek

Izometrik qisqarish bosqichi 0,03 sek

Qonni xaydash davri 0,25 sek

Tez xaydash boskichi 0,12 sek

Sekin xaydash bosqichi 0.13 sek

Qorinchalar
Diastolasi 0,47 sek
 

Protodiastolik davr -0,04 sek
izometrik bo’shashish davri-0,08 sek

Qorinchalarning qon bilan to’lish davri – 0,25 sek

Tez to’lish bosqichi -0,09 sek

Sekin to’lish bosqichi -0,16 sek

Bo’lmachalar sistolasi natijasida qorinchalarning to’lish davri - presistola - 0,1 sek

Yurak indeksi degan ibora ham qo’llaniladi. Yurakning minutlik xajmini (l/min) tana yuzasiga (m2) nisbati yurak indeksi deb ataladi. Uning ko’rsatkichlari erkaklar uchun 3l/min.m2ga teng.
Yurakning minutlik xajmini Fik (1870 y) usuli yordamida aniqlash mumkin. Bu usul aniq usullardan biri bo’lishiga qaramay ma’lum noqulayliklarga ega bo’lganligi uchun boshqa usullar ham qo’llaniladi. Aylanib yurgan qon miqdori 70 kg og’irlikka ega bo’lgan erkaklarda 5050 ml ni tashkil qiladi (75-80 ml/kg), ayollarda esa sal ozroq (70 ml/kg). Bu ko’rsatkich jinsga, yoshga, tana tuzilishiga, hayot kechirish tarziga, jismoniy chiniqqanlikka va jismoniy rivojlanganlikka karab 50-dan 80 ml/kg gacha bo’lishi mumkin. Aylanib yurgan qon shartli ravishda ikkiga bo’linadi: muayyan paytda aylanib yuruvchi va tsirkulyatsiyada katnashmaydigan, ya’ni depolardagi (talok, jigar, buyrak, o’pka va boshqa) qon.
Gemodinamik xolat o’zgarganda depodagi qon, aylanishga chiqib, almashinib turadi. Qon depolaridagi qon miqdori aylanib yurgan qon mikdoridan ikki barobar ko’p deb hisoblanadi. Yurak faoliyatining mexanik va tovush hodisalari. Yurak o’z ishi faoliyati davomida mexanik va tovush xodisalari hosil qilishi mumkin. Bu xodisalarni qayd qilish usullari yordamida yurak faoliyati to’g’risida tushunchaga ega bo’lishimiz mumkin. U qobirg’alar sohasida chap tomondan o’rta o’mrov chizig’idan 1 sm ichkarida, yurak qisqargan vaqtda yurak turtkisini aniqlash mumkin. Yurak turtkisini paypaslash usuli yordamida aniqlanadi. Ba’zi xollarda uni ko’z bilan kuzatish ham mumkin.Qorinchalar qisqarganda yurak ellips shakldan sharsimon shaklga o’tadi. Uning uzunasiga o’lchovi kichrayib, ko’ndalang o’lchovi kattalashadi. Qattiqlashgan yurakning chap qorinchasi ko’krak qafasining ichki yuzasiga uriladi.
Kinetokardiografiya-yurakning mexanik faoliyati natijasida, ko’krak qafasini past chastotali tebranishlarini qayd qilish usuli. Buning uchun maxsus uzatkichlardan foydalaniladi. Ular mexanik tebranishlarni elektrik tebranishlarga aylantirib beradi. Kinetokardiografiya bir vaqtning o’zida chap va o’ng qorinchalarni yurak tsikli vaqtida davr jarayonlarni o’rganadigan usul hisoblanadi.
Elektrokimokardiografiya - rentgeno apparati yordamida yurak ko’lankalari harakatini qayd qilish usuli. Apparat ekrani yurak chegaralari sohasiga bo’lmacha, qorincha yoki aortaga fotoelement qo’yilib, ositsildograf bilan ulab qo’yiladi. Yurak harakatlanganda fotoelementning yorug’ligi o’zgarib, ostsilografda egri chiziq yozib olinadi. Shu yo’l bilan yurak bo’limlarini qisqarishi va bo’shashishi uzluksiz yozib olinadi.
Ballistokardiogafiya. Qorinchalardan qon shiddat bilan otilib chiqishi va uni yirik qon tomirlar bo’ylab harakati tananing tebranishiga olib keladi. Go’yoki tubdan o’q otilganda, o’qning oldinga harakati, qurolni esa orqaga siljishini eslatadi (ballisto- o’qni otilishi). Ballistokardiografiya usuli bilan yozib olingan egri chiziq o’ziga xos bo’lib, yurak faoliyati bilan bog’liq. BKG yozib olish bir necha usullari qo’llaniladi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin