1. Yurakning tuzilishi va joylashuvi. Yurak avtomatiyasi, o’tkazuvchi tizimi va vazifalari. Yurak sikli va uning asosiy ko’rsatkichlari



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə8/8
tarix24.10.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#160590
1   2   3   4   5   6   7   8
Yurak faoliyati ritmining o’zgarishi. EKG yurak ritmining o’zgarishini mukammal analiz qilishga imkon beruvchi parametrlardan biri hisoblanadi. Normal yurak qisqarishlari minutiga 60-80 ta ga teng. Ammo siyrakroq ritm – bradikardiya (40-50 ta) tez ritm taxikardiya (90-100 ta va 150 tagacha yetishi mumkin) ham ko’p uchraydi. Bradikardiya sport bilan muntazam shug’ullanuvchilarda tinch hollarda uchraydi. Taxikardiya esa jismoniy ish vaqtida, hissiy qo’zg’alishlar vaqtida uchraydi. Yoshlarda yurak ritmi nafasiga qarab o’zgarib turadi. Bu hodisani nafas aritmiyasi deb ataladi. Bunda har bir nafas chiqarishning oxirida navbatdigi nafas olishning boshlarida yurak siyrakroq uradi.
Yurak ishini nerv va gumoral boshqarilishi.
Yurak ishiga adashgan nervning ta’siri aka-uka Veberlar 1845 yilda o’rganilgan. ajratilgan adashgan nervning periferik qismi ta’sirlagnagda yurakning qisqarishi sekinlashadi- manfiy xronotrop effekt, qisqarish amplitudasi kamayadi-manfiy inotrop effekt, qo’zg’aluvchanlik pasayadi-manfiy batmotrop effekt. Shu vaqtning o’zida o’tkazuvchanlik xam pasayadi-manfiy dromotrop effekt. Ba’zi vaqtda atrioventrikulyar tugunida qo’zg’alishning o’tkazilishi to’xtab qoladi (blokada).
Yurak ishiga simpatik nervlarning ta’siri1867 yilda aka-uka TSionlar, keyin I.P.Pavlov tomonidan o’rganilgan, ular musbat-xronotrop effektini kuzatgan. Simpatik nervlarni ta’sirlanishi yurakda qo’zg’alish o’tkazilishini kuchaytiradi-musbat dromotrop effekt va uni qo’zg’aluvchanligini yaxshilaydi- musbat batmotrop effekt.
Yurak faoliyatining gumoral yo’l bilan boshqarilishi
Gavda a’zolarining qon va limfaga chiqaradigan bir qancha moddalari yurakka ta’sir etadi: yurak urishini kuchaytiradi va tezlatadi yoki, aksincha susaytiradi va siyraklatadi.
Buyrak usti bezlaridan qonga o’tib simpatik nerv ta’sirlangandagi kabi effekt beradigan adrenalin bu jihatdan ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Adrenalin yurakning qisqarishlari ritmini tezlashtiradi va amplitudasini oshiradi.
Yurakning normal hayot faoliyatida elektrolitlar muhim rolь o’ynaydi. Qondagi kaliy va kaltsiy tuzlari kontsentratsiyasining o’zgarishi yurak avtomatiyasiga, uning qo’zg’alish va qisqarish protsesslariga g’oyat katta ta’sir ko’rsatadi.
Kaliyionlarining ko’p bo’lishi yurak faoliyatining hamma tomonlarini susaytiradi: yurak ritmini siyraklatadi (m a n f i y xronotroya ta’oir), yurakning qisqarishlar amplitudasini kamaygiradi (manfiyinotrop ta’sir), yurakda qo’zg’alishning o’tishini yomonlashtiradi (manfiy dromotrop ta’sir), yurak muskulining qo’zg’aluvchanligini pasaytiradi (manfiy batmotrop ta’sir). K ionlari ko’p bo’lganda yurak diastolada to’xtab qoladi. Qonda K ionlari kamayganda (gipokaliemiya) ham yurak faoliyati keskin darajada buziladi.
Kaltsiy ionlarining ko’p bo’lishi akeincha: musbat ronotrop, iontrop, dromotrop, batmotrop ta’sir ko’rsatadi. Kaltsiy ionlari ortiqcha bo’lganda yurak sistolada to’xtab .qoladi. Qonda Ca" ionlari kamayganda yurak qisqarishlari susayadi.
E’TIBORINGLAR UCHUN RAXMAT!
Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin