1. Zamonaviy boshlang‘ich ta’lim



Yüklə 59,9 Kb.
səhifə2/11
tarix20.02.2023
ölçüsü59,9 Kb.
#85051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2-mavzu.MO\'M.3-k.s.5-semestr

Kuzatish metodi – odatdagi sharoitda kuzatish natijalarini tegishlicha qayd qilish bilan pedagogik jarayonni bevosita maqsadga yo‘naltirilgan holda idrok qilishdan iborat.
Kuzatish aniq maqsadni ko‘zlagan reja asosida uzoq va yaqin vaqt oralig‘ida davom etadi. Kuzatish tutash yoki tanlanma bo‘lishi mumkin.
Тutash kuzatishda kengroq olingan hodisa (masalan, matematika darslarida kichik yoshdagi o‘quvchilarning bilish faoliyatlari) tanlanma kuzatishda kichik-kichik hajmdagi hodisalar (masalan, matematika darslarida o‘quvchilarning mustaqil ishlari) kuzatiladi.
Tajriba – bu ham kuzatish hisoblanib, maxsus tashkil qilingan, tadqiqotchi tomonidan nazorat qilib turiladigan va tizimli ravishda o‘zgartirib turiladigan sharoitda o‘tkaziladi.
Tajriba natijalarini tahlil qilish taqqoslash metodi bilan o‘tkaziladi.Pedagogik tadqiqotda suhbat metodidan ham foydalanishi mumkin.
Тadqiqotning maqsad va vazifalarini yaqqol aniqlash, uning nazariy asoslari va tamoyillarini ishlab chig‘arish, ishchi faraz tuzish, boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasining shakllanishida asosiy mezonlar hisoblanadi.


Dars, dars mazmuni, texnologik xaritalar tuzish. Muammoli dars va uni tashkil qilish usullari. Darsni tahlil qilish.
Reja:

  1. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishning tashkili qilish shakllari.

  2. Boshlang‘ich sinf matematikasidan dars turlari.

  3. Darsda individual уа guruhli ishlar olib boorish. Mustaqil ish darslari.

  4. Matеmatika darsi tahlili.

Kalit so’zlar: O’quv, mehnat, muloqot, iqtidor, ilmiy, kommunikativ, asbob, jadval, dogmatik, evristik, tadqiqot, algoritm, miqdor, reyting, tahlil.
O‘qitish shakli - bu o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatlarini uni turli sharoitlarda (sinfda, ishlab chiqarishda va hokazo) o‘tkazilishiga muvofiq ravishda o‘qituvchi tomonidan tarbiyaviy o‘qitish jarayonida foydalaniladigan qilib tashkil etilishidir. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishning tashkiliy shakllari dars, uy vazifalarini mustaqil bajarish, o‘quvchilarning yakka tartibda guruh va jamoa bo‘lib ishlashlari, ekskursiyalar, sinfdan tashqari ishlardan iborat. O‘quv dasturi DTS asosida tasdiqlagan davlat hujjati bo‘lib, uning bajarilishi majburiydir. Boshlang‘ich sinflar tabiiy-matematik ta'lim davlat standarti talablarining o‘quvchilar tomonidan bajarilishi ularning zarur bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni egallashlariga, bilim olishga ijobiy munosabatda bo‘lishlarining shakllanishiga yordam beradi:
a) o‘quvchilarlarni tevarak-atrofdagi tabiiy muhitga moslashtirish, yangi ijtimoiy maqomdagi o‘quvchini shakllantirish;
b) faoliyatning har xiI turlarini: o‘quv, mehnat, muloqotni egallash;
v) o‘z-o‘zini nazorat qilish hamda baholashga reytingini aniqlashga o‘rgatish;
g) muayyan umumiy tabiiy-ilmiy iqtidorning belgilangan darajasi va uning keyingi taraqqiyoti tavsifi.
Shunday qilib, boshlang‘ich sinflar tabiiy-matematik ta'lim davlat standartining o‘quv-biluv jarayoniga joriy etilishi o‘quv fanlariga doir tabiiy-ilmiy bilim, ko‘nikma va malakalarnigina emas, balki shaxsning muayyan asosiy faoliyati majmuasi mehnat, ·o‘quv-biluv, kommunikativ-axloqiy va jismoniy tuzilishiga mos keladigan fazilatlarining shakllanishini ham ta'minlaydi. Sinf - dars tizimi 3000 yildan beri mavjud. Darsda bolalar faqat o‘qibgina qolmasdan, balki jamoa bo‘lib ishlaydilar, unda muloqada bo‘lish qoidalariga o‘rganadilar va har biri alohida o‘rganilayotgan narsaga, bir-birlariga, o‘qituvchiga o‘z munosabatlarini bildiradilar.
Mavzu bo‘yicha rejalashtirish asosida o‘qituvchi har bir darsga ish rejasini tuzadi. Zamonaviy matematika darslarida ta'limiy, tarbiyaviy va ongni o’shirishga oid vazifalar bajariladi. Dafiar, o‘lchov asboblari va o‘lchash qoidalari bilan ishlash, doskada va daftarda chizmalar chiza olish uquvi, tez yozish va o‘qish ug‘uvi, bir-birini va o‘zini o‘zi nazorat qilish malakasini singdirish va hokazo.
"Bir xonali sonlarni o‘nlikdan o‘tib qo‘shish" rnavzusini o‘rganishda umumta'lim vazifalarning amalga oshirilishiga oid misolni ko‘rib chig‘aylik. Shuncha qo‘shamiz, keyin qolganini qo‘shamiz, hisoblayman: 9ga 1 ni qo‘shsam 10 bo‘ladi, yana 1 ni qo‘shaman, 11 bo‘ladi. Doskaga misollar yozilgan:
19+2 29+2
39+2 49+2
19+2
/' \
1+1
26+7
/\
4+3
O‘qituvchi: "ushbu ifodalarda yuqoridagi usulni qo‘llang", - deb topshiriq beradi. So‘ngra ushbu misollar taklif etiladi:
109+2 119+2 129+2 139+2 149+2 va hokazo.
O‘qituvchi: darsda foydalanadigan usullarni ushbu misolda batafsilroq ko‘rib chig‘amiz.
Mavzu: 68:4 ko‘rinishidagi bo‘lishni tushuntirish.
Bu jadvaldan tashqari bo‘lish holidir.
Nazariyasi: 68:4 = (40+28):4=40:4+28:4=10+7=17.
Tushuntirish quyidagi usullarda tahlil qilinib olib boriladi:
1) dogmatik usul;
2) evristik usul;
3) tadqiqot usuli (muamrnoli usul);
Birgalikda ishlash bilish faoliyatining faollashuviga yordam beradi, o‘quvchilarda o‘zaro nazorat qilish va o‘zaro yordam berish sifatlarini shakillantiradi, tarbiyaviy vazifani ado etadi. Tarbiyaviy vazifalarning hal etilishida darsning ayrim tarbiyaviy o‘rinlari emas, balki butun o‘quv jarayoni: ta'lim mazmuni, o‘quv ishi usul1ari, darsni puxta tashkil etilishi yordam berishini unutmaslik kerak.
Darsning asosiy didaktik maqsadi bo‘yicha ajratish asos qilib olinadi:
1) yangi bilimlarni o‘zlashtirish darsi, bularda o‘quvchilar yangi tushunchalar, hisoblash usullari, yangi turdagi masalalarning yechilishi, figuralarning yangi xossalari, sonlari bilan tanishadilar:
а) o‘quv va malakalarni o‘zlashtirish darsi;
b) bilimlarni jamlab qo‘llash darsi;
с) o‘tilganlami takrorlash, umurnlashtirish va tizimga solish darsi;
d) bilim, o‘quv va malakalami tekshirish, baholash;
е) aralash dars, bunda bir necha didaktik maqsadlar bo‘lib, ularning hammasi ham muhimdir.
Har bir matematika darsi o‘z tarkibiy tuzilishiga ega. Dars qo‘yidagi asosiy qismlardan iborat bo‘lishi mumkin:
Aralash dars rejasini keltiramiz

Vaqt

N

Tarkibiy qism

1-1,5 min

I

Tashkiliy qism. Maqsad: ish vaziyatini yaratish

7-10 min

II

Uy vazifasini tekshirish: so'rash, didaktik таterial bilan frontal ishlash, aralash so'rash

15-20 min

III

Yangi bikimlаr berish, yangi materialni tahlil etish (suhbat, hikoya,ma'ruza, darslik va daftar bilan mustaqil ishlash)

5-15 min

IV

Yangi materialni mustahkamlash, ilgari o'tilgan materialni takrorlash, mashqlar, didaktik o'yinlar elementlari.

5 min

V

Uy vazifasi, uning mohiyati bajarilish uslubiyoti, .amaliyot bilan aloqasi, fanlararo аlоqadorligi

2 min

VI

Darsning yakunlanishi

Uy vazifasini tekshirish darsning majburiy bosqichidir.


Yangi bilimlar berish. Darsnig bu bosqichi maktab o‘quvchilarida bilim va o‘quv malakalarni shakllantirish va rivojlantirish bilan bog‘1iq. Mazkur bosqich ayrim qismlarga ajraladi:
а) yangi materialni o‘rganishga tayyorgarlik;
b) maqsadni belgilash (muammoli vaziyat yaratish);
d) yangi materialni o‘rganish;
e) qoidalar yoki qilinadigan ishlar algoritmini mashq qilish (yodlash).
Og‘zaki sanoqdayoq yangi bilimlarni qabul qilishga tayyorlash maqsadida o‘qituvchi shunday savollarni kiritadiki, ularga beriladigan javoblar ularni yangi bilimlar bilan bog‘lash hamda bilim va uquvlar umumiy tizimiga kiritilishiga yordam beradi. Yangi mavzuni, yangi materialni tushuntirishdan oldin aytish mumkin, biroq bu ·ishni o‘quvchilarni yangi hisoblash usullari, xossasi va hokazo bilan tanishtirilgandan so‘ng yakun, tushuntirish xulosasi sifatida ham amalga oshirish mumkin. Yangi mavzu so‘rash orqali tekshiriladi. So‘ngra qisqacha so‘zlash, nazariy bilimlarning chuqurlashuviga ham yordam beradi. Masalan, I sinfda bolalar "36-2 va 36-20 ko‘rinishidagi ayirish" mavzusida yangi ayirish usuli bilan tanishdilar. Mustahkamlash uchun ular uyda ushbu misollarni yechadilar:
69-3 69 - 30
98-6 98-60
100-8 100-7
Miqdorlarni taqqoslash haqidagi ilgari o‘rgangan bilimlarini mustahkamlash uchun bunday topshiriqni bajaradilar:
2dm> 18sm 6sm<2 dm
1 so‘m> 80tiyin 60 tiyin > 50 tiyin
Amaliyotning ko‘rsatishicha, uy vazifasi odatda sinfda bajarilgan ish hajmining yarmini tashkil yetadi.
Darsni yakunlash. O‘qituvchi darsni yakunlaydi: "Darsda nima bilan shug‘ullandik? Darsda qanday yangi narsani bilib oldik?" O‘quvchilar bilan birgalikda yangi qoida takrorlanadi.
O‘quvchilarni jalb qilish. Bahoni birgalikda qo‘yish; o‘quvchining o‘ziga o‘zi beradigan bahosidan foydalanish mumkin. Qo‘yilgan baho o‘quvchining o‘ziga bergan bahosi bilan bir xii bo‘lganda eng yuqori samaraga erishiladi.
Bilimlarni bunday baholash usuli dars bo‘yicha ball nomi bilan ataladi.
Dars bo‘yicha reyting bаll yordamida o‘quvchini odillik bilan baholash uchun javoblarni jadval yordamida hisobga olib borish foydalidir:

N

Ismi va familiyasi

Topshiriq turlari

Og’zaki sanoq

Uy vazifasi

Suhbat

Mustaqil ish

1

Ashurov T

4

5

3

5

2

Botirov X

-

5

-

4

3

Usmonov S

5

3

5

4

Dars bo‘yicha reyting (Ьаll) o‘quvchilarning bilim, o‘quv уа malakalarini har tomonlama tekshirishga imkon beradi, bolalarning butun dars davomida faol ishlashlariga sabab bo‘ladi, biroq bunda boshqacha tekshirish usullari hаm inkor etilmaydi.


Darsda oldingi amalga oshirilgan barcha ishlar o‘qituvchining mustaqil ravishda yangi bауоп qilingan qoida-qonunlari asosida misol-masala yechishga qaratilmog‘i kerak. O‘quvchilar bilan yangi mavzuga taalluqli mustaqil ish bajarish o‘qituvchiga yangi mavzuni o‘quvchilar qanday o‘zlashtirganligi, o‘quvchilar bilimida qanday kamchiliklar borligi to‘g‘risida ma'lumot beradi. Bu vaqtda o‘quvchilar o‘zlarining bilimlarini mustahkamlaydi, ba'zi malakalar hosil qiladi, uy vazifasini bajarishga tayyorlaydi, yangi mavzuni o‘zlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan qiyinchiliklami yengadi. Mustaqil ish tekshirish vа umumlashtiruychi xulosani takrorlash bilan уаkunlanadi.
Uyga yazifa. Uy yayzifasining mazmuni bir tomondan darsda o‘rganilgan yangi materialni mustahkamlashga qaratilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan keyingi darsga tayyorlashga qaratilmog‘i kerak. Masalan:
1. Songa 3 ni qo‘shish vа sondan 3 ni ayirish.
l-sinf o‘quychilaril1i yangi material bilan tanishtirish darsini ko‘rib chiqamiz.
3 + 3 = 6 3 + 1 + 2=6 6 - 3 =3 6 - 2 - 1 =3
4+3=7 4+2+1 5+3=8
9-3=6 9-1-2 5+…+…=…
Darsd1g mavzusi. Songa 4 n:i qo‘sbish vа sondan 4 ni ayirish.
5+4=o 5+2+2 5+1+3
9-4=o 9-2=o 9-3=o
7-3=o 7-1= o 7-2=o
о + о = 10 10-4=o 6> o

Yüklə 59,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin