1. Zamonaviy boshlang‘ich ta’lim


O'tilgan materialni takrorlash darsi



Yüklə 59,9 Kb.
səhifə4/11
tarix20.02.2023
ölçüsü59,9 Kb.
#85051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2-mavzu.MO\'M.3-k.s.5-semestr

3. O'tilgan materialni takrorlash darsi
Boshlang‘ich sinflarda matematikadan har bir darsda qandaydir darajada o‘tilgan materiallar takrorlanadi va mustahkamlanadi. Takrorlash vazifasi faqatgina bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash bilangina chegaralanmay, balki bu bilim, ko‘nikma va maiakalarni to‘idirish, chuquriashtirish va bir tizimga keltirishni ham o‘z ichiga olishi kerak.
Takrorlash o‘qitishning har xiI bosqichlarida olib boriladi: o‘quv yili boshidagi takrorlash darsi, kundalik takrorlash, mavzu yuzasidan umumlashtiruvchi takrorlash darsi va yakuniy takrorlash darslarini bir-biridan farq qilish kerak.
Barcha sinflarda taxminan birinchi ikki hafta davomida o‘quvchilar olgan bilim, ko‘nikma va malakalarni tiklash maqsadida takrorlash o‘tkaziladi. Mavzu bo‘yicha umumlashtiruvchi va yakunlovchi takroriash darslari o‘quvchilar olgan bilimlarni mustahkamiash va maqsadini amalga oshiradi. Umumlashtiruvchi va tizimlashtiruvchi takrorlash darsning tizimiga har xiI mashqlar, savoljavoblar, suhbatlar kiradi, ulac bilimlarni tizimga solish va umumlashtirish maqsadini amalga oshiradi.
Umumlashticuvchi takrorlash darsining tizimi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
1. Uy vazifasini tekshirish.
2. Doskada yozilgan takrorlash rejasi bilan o‘quvchilarni tanishtirish.
3. O‘tilgan materialni og‘zaki hisoblash yordamida takrorlash.
4. Har xiI vazifalarni bajarish yordamida takrorlash: misol va masalalarni yechish, oldin yechilgan misol va maslalarni qarash va oldingi va keyinga misol va masalalarni yechish usullarini taqqoslash, darslikdan matn o‘qish, o‘lchash, grafik va sxemalar chizish, qoida va xulosalarni qayta esga olish va ularga taalluqli misol va masalalar tuzish va h.k. Darsda takrorlangan mavzu materiali bo‘yicha umumlashtirish beriladi.
5. Uyga vazifa.
4. Xatolarning oldini olish maqsadida bilim, ko 'nikma va malakalarni tekshirish darsi.
O‘quvchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini tekshirishga alohida dars bag‘ishlanadi. Bunday darsga mavzu va bo‘lirnni tugatgandan keyin o‘tkaziladigan yozma nazorat ishi olish misol bo‘ladi. Masalan:
a) darsning maqsadini e'lon qilish, nazorat ishning mazmuni biIan tanishtirish, uni bajarish tartibi haqida qisqacha tushuncha berish;
b) nazorat ishini o‘quvchilarning har biri mustaqil ravishda bajarishi;
c) o‘quvchilar bajargan mustaqil ishini yig‘ish.
O‘qituvchi dars tugashiga 3-5 minut qolganda o‘quvchilarni ishni tugatish zarurligi haqida ogohlantiradi, ya'ni ular hamma yozuvlarni va hamma vazifalarni tekshirishni erkin bajarib ulgursin. Qo‘yilgan aniq vaqtda barcha o‘quvchilar vazifalarni topshirishlari zarur. O‘quvchilar vazifalarni tekshirib bo‘lgandan keyin, ikkinchi kun o‘qituvchi nazorat ishin'ing tahlilini o‘tkazadi. U ishning natijasi haqida so‘zlab beradi, yaxshi bajarilgan ishlarni ajratadi, yo‘l qo‘yilgan xatolarni aytib o‘tadi.
Yuqorida ko‘rib chiqqan matematika darsining turlarida darsning mazmuniga bog‘liq bo‘lgan ba'zi bir xususiyatlar kelib chiqadi. Ya'ni matematika darsi o‘quvchilarning amaliy ishlariga ham qaratilishi mumkin: o‘lchashga doir, geometrik figura chizish, predmetlarni sanash, o‘qituvchi tomonidan ko‘rsatmalar (instrukturlashni) kiritish, o‘quvchilarni raqobatli ishlarini tashkil qilish, bajarilgan ishlami o‘qituvchi qabul qilish va boshqa ishlami amalga oshirishi mumkin.
Bunday dasturning xllsusiyati shundan iboratki, bu yerda o‘quvchilar faqatgina darslik va daftar ustida ishlash bilan shug‘ullanmay, balki o‘lchash, chizish va boshqa qurollar bilan ishlashga o‘rganadilar. Bunday amaliy ishga bog‘liq bo‘lgan darslar quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga olishi mumkin: o‘lchash vaqtida qo‘llaniladigan asboblarni ko‘rsatish, uning tuzilishini qisqacha bayon qilish; uni qo‘llash qoidasini aytib berish; kesma, og‘irliklarni o‘lchash usullarini tasavvur qilish asosida o‘quvchilarga alohida o‘lchatish; amaliy xarakteridagi mustaqil ishlar, bu ishni tckshirish va o‘z - o‘zini tekshirish, xulosa.
Amaliy ish darslariga taalluqli ishni har bir o‘quvchi bajarishinii nazorat qilib borish kerak. Ba'zan ishni bajarishda o‘quvchilar guruhlarga bo‘linadi. Bunday holda har guruhning oldiga vazifani shunday qo‘yish kerakki, har bir guruh a'zosi faol ishtirok etisin.

Yüklə 59,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin