Misol, natural sonlar to‘plamining tartiblanganlik xossasiga doir fokuslar. Maqsad: sanash malakasini mustahkamlash, mantiqiy fikrlashni rivojlantirish, qiziqarli kvadrat (1-2-sinflarda), 9 ta katakka 9 ta ketma-ket sonni yoziladi. Misol, 4 dan 12 gacha 20 sonini hosil qilish uchun 4 dan boshlab son qo‘shiladi.
2.Matematik tanlovlar Tanlovlar har xii qiyinlikdagi masalalarni yechish, qiziqarli fikrlaydigan masalalar va topshiriqlarni bajarishdagi musobaqalar bo‘lib hisoblanadi. Asosan o‘quvchilarning xohishi bo‘yicha masalalar yechishda o‘z kuchini sinaydigan. yetarlicha tayyorgarligi borlari ishtirok qiladi.
Quyida 2- sinflarda tanlovlar o‘tkazishga misollar keltiramiz. 2sinf (4-chorak).
1. Ikki o‘ram jun ipdan 3 ta qo‘lqop to‘qish mumkin. Shunday 9 ta qo‘lqop to‘qish uchun necha o‘ram ip kerak?
2. Vali va Salimning 30 ta konfeti bor yedi. Vlar baravardan yeyishgandan keyin Valida 9 ta, Salimda 5 ta konfet qoldi, ular qanchadan konfet eyishgan?
3. Shaklda nechta uch bor?
4. I, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 sonlari berilgan. Bu qatordagi sonlardan uchtalab qo‘shganda 15 soni chiqadigan nechta rnisol keltirish mumkin.
Tanlov mavzusi va uni o‘tkazish vaqti oldindan belgilanadi:
1. Murakkab hisoblashlarni eng qulay usul bilan taqqoslash yordam ida hisoblash.
2. Mantiqiy masala va mashqlarni.
3. Topqirlik, ziyraklikka oid mashqlar.
4. Hisoblashlari murakkab bo‘lgan masalarni.
5. Sharq mutafakkirlari merosiga oid bayon qilishlar, algebraik, geometrik shakllar mazmunini yoritishga oid topshiriqlar.
3.Maternatik olimpiadalar Olimpiadalar tanlovlarga qaraganda keng ko‘lamda o‘tkaziladigan va matematika o‘rganishda o‘quvchilar erishgan muvaffaqiyatlarni namoyish qiladigan ishdir. Olimpiada qatnashchilarining tarkibiga bog‘liq holda maktab ichida, tuman va shaharlarda o‘tkazish mumkin. Olimpiadani 4 - sinfdan boshlab o‘tkazib, g‘oliblar maktabning devoriy gazetalarida va o‘quvchilar yig‘ilishlarida rag‘batlantiriladi.