Organizmning bir butunligi. Har bir a’zo va a’zolar tizimidagi tuzilish va funksiyaning o’zgarishi boshqa a’zolar tizimining o’zgarishiga olib keladi. Organizm faqat tashqi muhit bilan aloqador holatda yashashi mumkin. Odam organizmiga tashqi muhitning turli omillari ta’sir qilishi mumkin. (havo, harorat, bosim, suv va oziq moddalarning tarkibi va boshqalar) Bu omillar aqliy va jismoniy rivojlanishga, ma’lum bir funksiyalarga ta’sir qilishi mumkin: moddalar almashinuviga, nafasga, qon aylanishiga, ovqat hazm qilishga va boshqalarga. Tashqi muhitni organizmga ta’siri va organizmning javob reaksiyasi nerv (asab) sistemasi orqali amalga oshiriladi. Nerv (asab) sistemasi oganizmning moslashish reaksiyalarini boshqarib, oganizmning tuzilish funksiyasi va ichki muhitning kimyog’viy tarkibi doimiyligini saqlab turadi.
Hujayraning tuzilishi va funksiyasi, hujayralararo modda. Hujayralar ma’lum bir shakl, tuzilishi va funksiyasiga ega. Hujayralarning shakli xilma-xil bo’lib (kub, silindr, ipsimon va boshqa ) bo’lib uning funksiyasi va qaysi to’qimaga ta’luqli ekanligiga boliq. Hujayra massasining 80% suvdan, 20% esa oqsil, yog’g, uglevodlar, tuz va fermentlardan iborat. Hujayraning kimyog’viy tarkibi uning funksional holatiga qarab o’zgarishi mumkin. Hujayrada yadro, sitoplazma, qobiq, organoidlar va qo’shimchalar farqlanadi. Yadro ko’pincha sharsimon yog’ki oval shaklida bo’ladi. Yadro qobii bilan o’ralgan. Har bir yadroda 1 – 2 ta yadrocha bo’ladi. Ularda nuklein kislotalar sintezi ro’y beradi. Yadroning asosiy komponenti xromosomalar hisoblanadi. Ular o’zida odamning nasliy xususiyatlarini saqlaydi. Xromosomalar oqsildan va dezoksiribonuklein kislotalardan (DNK) tashkil topgan. Odamda xar bir yadroda 23 juft xromosomalar bo’ladi. Hujayra yadrosining funksiyasi juda murakkab – u hujayraning hayog’t faoliyatini ta’minlaydi, ko’payish vaqtida nasliy belgilarni tashiydi.