10-Bolalarda o’sishi va rivojlanish qonuniyatlari Reja



Yüklə 97,28 Kb.
səhifə4/11
tarix30.12.2021
ölçüsü97,28 Kb.
#49270
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
10-мавзу гудак. рив.ши

Qo’shuvchi to’qima. Ularning anatomik xususiyatlaridan biri hujayralararo moddaning yaxshi rivojlanganligidir. U suyuq (qon plazmasi), tolasimon (kollagen va elastik tola), liqildoq bo’lishi mumkin. Qo’shuvchi to’qimaning quyidagi turlari farqlanadi:

–siyrak tolasimon qo’shiluvchi to’qima – a’zolarni qoplovchi qavat, qon tomirlar va nervlarning tashqi qavati, a’zolarning tarkibiga kiradi, himoya vazifasini bajaradi.

– retikulyar to’qima

– sintitsiyni hosil qiluvchi hujayralardan tashkil topgan. Qon hosil qiluvchi a’zolarning asosini tashkil qiladi (suyak iligi, taloq, limfa tugunlari).

– zich tolasimon qo’shuvchi to’qima kuchli kallogen tomirdan iborat, paylar, boylamlar, suyak pardasi, terining asosini (derma) hosil qiladi.

– toay to’qimasi

– hujayralararo moddaning zichligi bilan xarakterlanadi.

Qovurg’alar, burun, suyaklar, bo’im yuzalari, quloq suprasi, xiqildoq, umurtqalararo disklar va bo’g’im ichi tog’aylari shu to’qimadan iborat. Tog’ay qon bilan yaxshi ta’minlangan.



Suyak to’qimasi - hujayralararo moddasi kalsiy va fosfor tuzlari bilan singigan (пропитанный) plastikalardan iborat va shuning uchun etarli darajada qattiqdir. Suyaklarning o’sishi suyak usti qobig’i hisobiga bo’ladi. Muskul to’qimasi – yupqa qisqaruvchi toladan iborat bo’lgan uzun hujayralardan – miofibrillalardan tashkil topgan. Muskul to’qimasining asosiy xususiyati – qisqarishi. 2 hil muskul to’qimasi farqlanadi: ko’ndalang-taril muskul (skelet muskullari, til, yumshoq tanglay, halqum, xiqildoq) – ixtiyog’riy to’qima; Silliq muskul to’qimasi (ichki a’zolar)- ixtiyog’riy emas. Miokard (yurakning muskul qavati) ko’ndalang muskul tolasidan iborat lekin ixtiyog’rsiz.

Nerv (asab) to’qimasi – 2 tipdagi hujayralardan iborat:

- asosiy neyronlardan

- yog’rdamchi neyronlardan.

Neyron tana va 2 xil o’simta qismi farqlanadi. Katta daraxtsimon o’simtasi (dendrit) – sezuvchi, markazga intiluvchi, ikkinchisi harakatlantiruvchi (neyrit yog’ki akson), ta’sirini hujayradan ishchi a’zoga o’tkazuvchi (muskul, bez). Har bir neyronda bitta neyrit bir nechta dendrit bo’ladi. Funksiyasiga qarab neyronlar sezuvchi (afferent) va harakatlantiruvchi (efferent) neyronlarga bo’linadi. Qo’zalishni bir neyrondan ikkinchisiga o’tish joyi sinaps deyiladi. Sinaps qo’zalishni faqat bir tomonga qarab o’tkazadi.


Yüklə 97,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin