10-Bolalarda o’sishi va rivojlanish qonuniyatlari Reja



Yüklə 97,28 Kb.
səhifə7/11
tarix30.12.2021
ölçüsü97,28 Kb.
#49270
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
10-мавзу гудак. рив.ши

Urbanizatsiya nazariyasi. XIX asrning ikkinchi yarmi, ayniqsa, XX asr shaxarlarni keskin rivojlanishi va qishloq axolisini shaxarlarga ko’chib o’tishi bilan tavsiflanishini tasdiqlaydi. Shaxar turmush tarzi, uning o’ziga xosligi va xodisalarga boyligi intellektual va sensual rivojlanishini ertaroq sodir bo’lishiga, bu esa, o’z navbatida, ertaroq jinsiy balog’atga yetishiga, o’sishni tezlashishi va shu kabilarga olib keladi.

Akseleratsiya o’sish va rivojlanishni notekisligini kuchaytiradi. Bola 10-11 yoshga to’lganda uning endokrin tizimida gormonlarni ajralishini kuchayganligi tufayli kuchli o’zgarishlar sodir bo’ladi (12).

Yoshlik davrlari:

Pediatriyada yoshlik davrlari quyidagicha (A.P. Gundobin bo’yicha) farq qilinadi.




  1. Ona qornida rivojlanish davri.


Bu davrda homilaning oziqlanishi, nafas olishi, tana harorati va boshqalar bevosita ona organizmiga bog’liq bo’ladi.

2. Go’daklik davri (2-3 hafta). Bu davrda bola yangi muhit sharoitiga moslashadi. Ilk bor mustaqil ravishda o’zi nafas ola boshlaydi. O’pkasi orqali qon aylanadi, ovqat moddalari hazm qiladi. Bola tug’ilishi bilanoq ko’rish, eshitish, tam bilish, teri sezgisi va boshqa analizatorlar aktiv ishlay boshlaydi.

3. Emizakli davr (1 yoshgacha). Bu davrda bolaning bo’yi 1,5 marta,vazni 3 marta ortadi. Qalqonsimon, ayrisimon, gipofiz bezlarining funksiyasi kuchayadi, birinchi nutq reaksiyalari paydo bo’lib, u ayrim so’zlarni talaffuz qila boshlaydi.

4. Bog’cha yoshigacha bo’lgan davr (1 yoshdan 3 yoshgacha). Bu davrda bolaning atrof-muhitga munosabati ortadi, u yuradi, organlari, nerv sistemasi takomillashadi.

5. Bog’cha yoshi (3 yoshdan 7 yoshgacha). Bu davrda bolaning atrofidagi narsa va xodisalarni idrok etish qobilyati ortadi, miya po’stlog’ida juda ko’p yangi shartli bog’lanishlar vujudga kela boshlaydi. Suyak, muskul sistemasi, yurak-qon tomir sistemasi takomillashadi.

6. O’rta maktab yoshi (12 yoshdan 15 yoshgacha). Bu davr bola bo’yi tez cho’zilishi, vazni ortishi, jinsiy bezlari jadal ishlashi bilan harakterlanadi.

7. Katta maktab va balog’at yoshi (13-14 yoshdan 18-19 yoshgacha qizlar, 15-16 yoshdan 19-20 yoshgacha o’g’il bolalar). Bu davrda ikkilamchi jinsiy belgilar tez paydo bo’ladi. Bolaning bo’yi cho’ziladi, vazni ortadi. Nerv sistemasida nerv jarayonlari takomillashadi va hokazo (13).

Irsiyat deganda, tirik organizmlarning o’zidan keyingi nasliga o’ziga xos belgilarni qoldirish xususiyati tushuniladi. Bugungi ota-onalar o’z nasliga genetik axborotni o’tkazishi natijasida erishish mumkin.

Erkak va ayol jinsiy hujayralari genetik materialining birlashishi va taqsimlanishi jarayonlari irsiy belgilar asosini tashkil etadi. Hozirgi genetikaning asosiy konsepsiyasi shundan iboratki, barcha irsiy belgilar DNK (dezoksiribonuklein kislota) orqali o’tib, urug’langan tuhum hujayrada bo’lgan o’sha struktuta va o’sha tarkibdagi oqsillar sintezini ta’minlaydi. DNK-murakkab organik brikma (polinukleoid) bo’lib, uning molekulasi tuzilishiga ko’ra bir-biri atrofida sipirilsimon buralgan 2 ta zanjirdan iborat. Zanjirlar alohida zvenolar-nukleotidlardan iborat, ularning har biri uch komponentga-azotli birikma, oddiy uglevod-dezoksiriboza va fosfat gruppalarga ega. Azotli asoslarga: adenin (A), guanin (G), sitozin (S) va timin (T) kiradi. Har ikkita azotli asosning muayyan birikish qonuniyati bor: adenin faqat timin bilan, guanin sitozin bilan birikadi. Bunday birikmalar komplementar yoki bir-birini to’ldiruvchi degan ma’noni anglatadi.

DNK molekulasining ayrim qismi irsiy belgi hosil bo’lishini nazorat qiladi va gen deb ataladi. Turli belgilar degan turli oqsillar bo’lganligi tufayli DNK ning butun genetik kodi kompleks holda bo’lajak naslning irsiy boyligini vujudga keltiradi. DNK hujayra yadrosining xromasomalari tarkibida bo’ladi. Genlar xromasomalarining muyyan qismlarida joylashgan. Xromasomalar soni doimiy va turga oid belgi hisoblanadi. Odamning somatik hujayralarida xromasomalarning diploid soni 46 ta. Ulardan farqli ravishda jinsiy hujayralarda xromasomalar soni soni gaploid (yarim to’plam) bo’ladi. Bu xromasomalar 22 juft autosoma (erkak va ayol individlarida bir xil), 2 tasi jinsiy xromasoma bo’ladi. Erkakarda bitta X xromasoma bilan bitta Y xromasoma, ayollarda esa 2 ta jinsiy xromasoma bo’ladi. Urug’lanish vaqtida erkaklardagi XY xromasomalarning ayollardagi XX xromasoma bilan erkin ravishda birikishi homila qiz (XX) va o’g’il (XY) bo’lishini ta’minlaydi.

Tuhum hujayra va spermatazoidning qo’shilishi urug’lanish deb ataladi va bunda tuhum hujayraning yadrosida xromasomalarning diploid to’plami yig’iladi, bu unga bo’linish imkonini beradi. Ikkita qiz hujayraga bo’linish oldindan undagi xromasomalar soni ikki baravar ko’payadi va shunga ko’ra, yangi hujayralar 23 tadan asl juftlarini oladi.

Jinsiy hujayralardagi xromasomalarning gaploid to’plami va urug’lanishda ularning birlashuvi hisobiga diploid to’plam hosil bo’lishi yangi organizm ota va ona belgilarini meros qilib olishiga imkon beradi. Bu irsiy faktorlar yig’indisi genotip deyiladi. Organizm tashqi belgilari va hossalari ana shunga bog’liq. Xromasoma apparatidagi o’zgarish irsiy axborotning buzilishiga sabab bo’ladi va karlik, ko’zi ojiz bo’lib qolishi, shizofreniya, albinizim, diyabetning ayrim shakllari singari talaygina tug’ma kasalliklarning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Bu kasalliklar homila o’sayotgan va rivojlanayotgan davrda tashqi muhitning noqulay faktorlari ta’sirida vujudga kelishi mumkin. Bunday holda ular ortirilgan hisoblanadi. Bir oilaning uch-to’rt avlodi doirasida tashqi belgilar va kasalliklarning (irsiyligi) nasl surishini o’rganish vujudga kelgan kasalliklarning irsiyligi yoki tashqi muhitning biror faktori ta’sirida paydo bo’lgani to’g’risida xulosa chiqarishga imkon beradi. Bu egizaklarda yaqqol ko’rinadi. Ularda genlar yig’indisi bir xil bo’lganligidan irsiy belgilari hamisha yaxshi kuzatiladi va bordi-yu farq paydo bo’lsa, bu holda ular faqat faktorlar sababli yuz berishi mumkin.

Pushtning rivojlanishida bir nechta kritik davrlarni farq qilish mumkin. Ona organizmi bilan aloqa o’rnatilgan davr va embrional asoslarining o’ziga xos strukturalari programma bo’yicha rivojlanishi boshlanayotgan davr. Bu jarayonlar irsiy faktorlarning tashqi sharoit bilan o’zaro ta’siriga bog’liq. Birinchi kritik davrda embrion hayot faoliyatidagi buzilishlar, odatda, uning nobud bo’lishi bilan yakunlanadi. Agar bunday buzulishlar keyinroq sodir bo’lsa, ular xromasoma apparatidagi o’zgarishlarga va mayib-majruh bola tug’ilishiga sabab bo’lishi mumkin. Rivojlanayotgan organizm ona qornidagi hayotining birinchi, uchinchi, beshinchi, sakkizinchi, o’n birinchi haftalarida shikastliklar qo’zg’ata oladigan tashqi ta’sirlarni ayniqsa sezuvchan bo’ladi.

Bu davrda pushtga salbiy ta’sir qiladigan faktorlarga onaning kasalligi, ayniqsa yuqumli kasalliklar, qizilcha, gripp, tepki, dezenteriya, vabo, sil, zaxm, kuydirgi, bezgak, nur enrgiyasining hamma turlari (gamma nurlar, ultrabinafsha nurlar va h.k), ayrim meditsina preparatlari, yaxshi ovqatlanmaslik, issiqlab ketish, sovqotish kabilarni kiritish mumkin. Bu faktorlar spermatazoidlarning hayot faoliyatiga ham ta’sir ko’rsatib, ularning xromasoma apparati shikastlanishiga sabab bo’lishi mumkin.

Chekish yoki tamaki tutuni bilan nafas olish natijasida homilada gipoksiya (kislorod yetishmasligi) paydo bo’lishi mumkin. Nikotin, tamaki tarkibidagi qo’rg’oshin, vismut va poloniy izotoplari homilador ayolning o’pkasidan qonga o’tib, tez vaqt ichida homilaga yetib boradi. Shu sababli “bola ota onasi bilan chekadi” degan iborasi rasm bo’lgan. Shuningdek, “homiladagi alkagol sindromi” nomi bilan ataladigan chaqaloqlar patalogiyasi ham ma’lum. Uning belgilari jismoniy va aqliy rivojlanishning kechikishi, miya hajmining kichrayishi, kalla suyagi va oyoq-qo’l suyaklarining bitmay qolishi “bo’ri og’iz” kasalligiga kiradi. Alkagol ta’sirida spermatazoidlar va tuxum hujayralar burishib qoladi, ba’zan noto’g’ri birikadi, bu hol o’lik yoki mayib-majruh bola tug’ilishiga sabab bo’ladi (11).

Chaqaloqlar kasalliklarning 93 % ga yaqini nasliy moyillik, ya’ni nasl bo’yicha o’tadigan nuqsonni o’z ichiga olgan o’ziga xos genlar to’plami bilan tushuntiriladi. Ko’pincha, bolalar moddalar almashinuvining yoki oqsillar biosintezining hozirgi vaqtda uglevodlar almashinuvining buzilish sabablari yaxshi o’rganilgan. Gomozigotali retzissiv holatda glikozidalar sintezi buziladi va uglevodlar parchalanmaydi, natijada bola 1-oyligida nobud bo’ladi. Barcha a’zolarning to’qimalarida uglevodlar-glyukozaning likonlar (mukopolisaxaridlar) bor. Agarda ularni almashinuvi buzilsa, bolalar aqliy va jismoniy rivojlanishida orqada qoladi; o’sish sekinlashadi, ko’krak qafasi va qo’l-oyoqlar deformatsiyalanadi, ko’p hollarda bukurlik paydo bo’ladi (Morfon sindromi). Ushbu gurux xastalikka buyuk bastakor va ijrochi-skripkachi Nikolla Paganini mubtalo bo’lgan. Uning yuzi juda och rangda, ko’zlari chuqur joylashgan, barmoqlari egiluvchan bo’lgan.

Hozirgi vaqtda oqsillar, yog’lar, aminokislotalar, uglevodlar almashinuvi irsiy bog’liqlik bo’lgan buzilishlarini 2000 dan ko’proq turi bor.

Irsiy kasalliklar bilan kurashishning eng foydali usuli-genetik konsultatsiyadir. Yaqin qarindoshlar o’rtasida oila qurilganda xavf juda kattadir: ya’ni aka va singil, amakivachchalar, xolavachchalar o’rtasidagi nikohlar ularning genetic apparatida bir xil nuqsonga ega genlar bo’lishi mumkin. Ko’p sonli qarindoshlar to’g’risida ma’lumotga ega bo’lish muhimdir. Gorizontal tekislik bo’yicha qarindoshlar, ya’ni bir ota-onadan tug’ilgan aka-uka va opa-singillar, amakivachchalar, tog’avachchalar hamda vertical bo’yicha qarindoshlar, ya’ni ota-onalar, bolalar, xolalar, bobolar, buvilar, katta bob ova buvilar hamda undan ham uzoqroq qarindoshlar urug’lar aloqasi ahamiyatga ega. Undan qaysi biri qanday xastalikka uchragan, qancha umr yashagan va nima sababdan o’lganligini bilish muhimdir. Bularning barchasini bilish havflilik darajasini kamaytiradi. Ota-onalardan olingan nasliy axborotdan birdaniga foydalanilmaydi. Homila rivojlanayotgan paytda bir necha havfli momentlar mavjud bo’lib, ulardan ikkitasi eng asosiysidir, ya’ni 1) embrion bilan ona organizmi o’rtasida aloqa o’rnatilayotganligi, ya’ni urug’langan tuhum hujayrani bachadonning shilliq pardasiga implantatsiya sodir bo’layotganda, plonsenta shakllanadi va 2) morfogenez boshlanayotganda (8-11 haftagacha). Embrion hayot faoliyatini birinchi havfli bosqichda buzilishi, qoidaga ko’ra, nobud bo’lishiga olib keladi. Moddalar lamashinuviga aloqador irsiy kasalliklar anchagina ko’paygan.

1. Aminokislotalar almashinuvining o’zgarishi natijasida rivojlanadigan irsiy kasalliklarning 30 dan ortig’i fanga ma’lum.

2. Yog’ almashinuvini buzilishi ham ayrim irsiy kasalliklarga sabab bo’ladi. bu kasalliklardan eng og’iri Tay-Saks amavrotik idiotsiyasi hisoblanadi. Bunda ko’rish qobilyatining susayishi, esi pastlik va boshqa nevrologik simtomlar kuzatiladi. Kasallik aka-uka va opa-singillar orasida uchraydi. Bunday bolalarning ota-onasi ko’pincha sog’lom bo’lishadi.

3. Uglevod almashinuvining o’zgarishiga aloqador irsiy kasalliklardan galaktozemiya uchraydi. Bunda galaktazan: glyukozaga aylantiruvchi ekzimatik jarayon o’zgaradi, galaktoza va uning mahsulotlari hujayralarda to’planib jigar, markaziy asab tizimi va boshqa a’zolar faoliyatiga zarar yetkazadi. Galaktozeminda ich ketish, qayt qilish, jigar shikastlanishidan badan sarg’ayishi, ko’z gavharining xiralashuvi (katarakta), esi pastlik, jismoniy rivojlanmaslik kabi belgilari uchraydi. Qandli diabet ham uglevod almashinuvining buzilishiga aloqador irsiy kasallik hisoblanadi.

4. O’t pigmenti-bilirubin almashinuvining buzilishi hamayrim irsiy kasallika sabab bo’lishi mumkin. Masaln yangi tug’ilgan chaqaloqlarning gemologik kasalligi yuzaga chiqadi. Bunda eritrositlar tinmay parchalanishi natijasida qon plazmasida bilirubin ko’p to’planadi. Qonda bilirubin miqdorining ko’payib ketishi markaziy asab tizimi hujayralarini zaharlaydi, bola aqliy va jismoniy rivojlanmay qoladi.

Xromasoma kasalliklaridan Daun sindromi 21 xromasomaning trisomiya holati, ya’ni ushbu xromasomali material homilani normal rivojlanishini buzadi. Natijada bola o’ziga xos bo’lgan ma’lum belgilar bilan tug’iladi va umga ko’ra tug’ruqxonadayoq to’gri atshxis qo’yish imkonini beradi. Daun sindromi bo’lgan kaslaning boshi kichkina, yuz tuzilishi qo’polroq, ko’zlari kichkina va bir-biriga yaqin joylashgan, og’zi yarim ochiq holatda bo’ladi. Emotsional va aqliy qobilyatlari pasaygan bo’lib, uning darajasi intellectual nuqsonning kattaligiga bog’liq.

Qonga aloqador irsiy kasalliklar chaqaloqlarning imolitik kasalligi kiradi. Bu asosan ona-bola qonidagi rezus-omil, hamda er-xotin qon guruhlarining mos kelmasligi oqibatida paydo bo’ladi. Odam qonidagi eritrositlarda normal gemoglabin bilan birga kasal gemoglabinlar ham uchrab turadi. Ular nasldan-naslga o’tadigan gemoglobinoz kasalligi olib keladi.

Nerv tizimiga aloqador irsiy kasalliklarga asab-mushak tizimi kasalliklari va miya zararlanishi kiradi. Ko’z shikastlanishi bilan kechadigan irsiy kasallikda ko’z strukturasida degenerativ o’zgarishlar kuzatiladi. Nasldan-naslga o’tish to’g’risidagi maslani ko’rib chiqish uchun turli metodlar olib borilgan. Xulosa qilib aytganda irsiy belgi va kasalliklar naslni fenotipik va genotipda namoyon bo’luvchi va turli tuman mutatsiyalar natijasida o’zgaruvchi omildir.(12).

Organizmni o’sishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi faktorlar.

Organizm o’sishi va rivojlanishi bir qator endogen (ichki) va ekzogen (tashqi) faktorlar yordamida nazorat qilib turadi. Turli ta’sirotlar barcha hujayra va to’qimalarga to’g’ridan-to’g’ri yoki nerv sistemasi orqali ta’sir etishi mumkin.

Genetik faktorlar organizmning rivojlanishiga umr bo’yi ta’sir etadi. Uning eng sezilarli ta’siri birlamchi bolalik davridan keyin kuzatiladi.

Homilaning ona qornidagi rivojlanishi davrida ba’zi bir salbiy faktorlar, masalan onaning turli infeksion kasalliklar bilan og’rishi, chekishi yoki spirtli ichimliklar iste’mol qilishi bola organizmining har tomonlama to’liq shakllanishiga salbiy ta’sir etadi. Bu vaqtda bola organizmidagi o’zgarishlarni asosiy bilish qiyinlashadi, genetic faktorlar bilan tashqi faktorlar o’zaro differensiyalashmay qolishi mumkin. Bola organizmining normal o’sishi va rivojlanishida ovqatlanish faktori muhim ro’l o’ynaydi. Ovqat sifati, iste’mol qilish miqdori ko’pincha bola organizmi sog’lig’ini jismoniy qobilyatni belgilaydi.

Oziq moddalarni asosiy komponenti-oqsillar, yog’lar, uglevodlar, mineral tuzlar va vitaminlar bola organizmi o’sih va rivojlanishini ta’minlaydi. Keyingi paytlarda o’sish va rivojlanish mikroelementlardan ruxga ko’p e’tibor berilmoqda. Aniqlanishicha, bu element DNK da va ko’pgina fermentlarni hosil bo’lishida aktiv ishtirok etar ekan.

Ovqatlanishdagi kamchiliklar ham bola organizmining rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi. Agar ovqat tarkibida oqsil moddasi kam bo’lsa rivojlanish, organizmni bo’yiga o’sishi hamda gormonal-fermentativ prosseslar jida sust boradi, ayrim hollarda to’xtab ham qolishi mumkin.

Ovqat tarkibida vitaminlarni kam bo’lishi ham o’sish va rivojlanishga salbiy ta’sir qiladi. Bolaning o’sishi u turli xil kasalliklar bilan og’riganda, masalan, oshqozon-ichak sistemasi kasalliklari, jigar, buyrak, o’pka kasalliklari va boshqalarda ancha susayib, normadan orqada qoladi.

Yuqorida aytib o’tilgandek nerv sistemasi va endokirin sistemasi normal o’sish va rovojlanishga aktiv ta’sir etadi. Nerv sistemasiga ta’siri bola ona qornida rivojlanyotganda, emizish davrida sezilarlidir. Endokirin sistemasi orasida o’sish va rivojlanishiga eng yaqindan turib ta’sir ko’rsatadigan sistema gipotalama- gipofizar sistemasidir. Bundan tashqari, qalqonsimon bez, gipofiz bez va oshqozon osti bezi garmonlari o’sish va rivojlanishni boshqaruvchi bezlar hisoblanadl.

Ma’lumki gipofiz bezi juda ko’p har xil garmonlarni qonga chiqarib turadi. Aniqlanishicha mana shu garmonlarning har biri ham o’sish va rivojlanishda ma’lum darajada ishtirok etar ekan. Lekin baribir ham gipofizdan ajralgan o\sish garmoni eng muhimdir. U tufayli aminokislotalar xujayra membranasidan o’tishi natijasida murakkab oqsillar sintezlanadai, ribosomada infarmatsion va transport RNK lar hosil bo’ladi. o’sish gsrmoning ta’siri natijasida lipoliz protssesi tezlashadi, yog’lar parchalanib energiya ajraladi., bu energiya ayngi oqsillar sintezi uchun ishlatiladi. O’sish garmoni ta’sirida qon zardobi tarkibdagi azot kamayadi, organizmda natriy, xlor, pospor va suv ko’plab to’planadi. Suyaklarni o’sishi xam ko’p jihatdan o’siah jarmoniga bog’liq ekan, bu eksperimental asoslangandir. Bndan tashqari o’sish garmoni oshqozon osti bzining langergans orolchalari tarkibidagi hujayralar tomonidan glyukogen garmonining sintezlanishini kuchaytiradi.

O’sish va rivojlanish jarayonida muhim ahamiyatga ega bo’lagan ichki sekretsiya bezlaridan yana biri qalqonsimon bezidir. Uning garmonlari ayniqsa nerv sistemasi rivojlanishiga va shakillanishiga kerak , tiroksin ta’sirida nerv stvollarining miyelin po’stlia bilan o’rab olishi tezlashadi.

Balog’atga yetish davrida o’sish va rivojlanishga ta’sir etuvchi garmonlardan yana biri buyrak usti bezlari hamda jinsiy bezlarini olishimiz mumkin. Bu garmonlar dast avval oqsil almashinishiga ta’sir ko’rsatadi. U garmonlarni ta’siri ancha murakkab bo’lib, ular aminokislotalar tras- membrana harakatida ishtirok etadi , osteoblastlar aktivligini oshirib, suuyakda kalsiy moddasining kuchli so’rilishiga olib keladi, natijada kalsiy suyaklarda ko’plab to’planadi.

O’sish va rivojlnishiga kuchli ta’sir etadigan faktorlardan yana biri tashqi muhit temperaturasidir. Juda yuqori temperaturada hayvonlarda o’sish susayadi lekin bu faktor faqat hayvonlarga tegishlidir.



Yüklə 97,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin