Sitoplazma – murakkab kalloid sistema. U hujayraning funksional holati, muhitning turli sharoitlariga qarab o’zgarib turadi. Sitoplazmada organoidlar (ribosoma, Golji apparati, mitoxondriyalar va boshqalar) va hujayra qo’shimchalari – tayanch vazifasini bajaradi. Ribosomalarda oqsillar sintezlanadi. Golji apparati moddalar almashinuvida ishtirok etadi. Hujayra qobii oqsil va lipidlardan tashkil topgan. Ular turli ionlarni tanlab o’tkazadi. Hujayra butun organizmning bir qismi sifatida hamma hayog’tiy funksiyalarga ega: moddalar almashinuvi, ta’sirlanishlik, ko’payish, harakatlanish. Moddalar almashinuvi tirik hujayraning asosiy xususiyatidir. Moddalar almashinuvi tashqi muhitdan turli moddalarni hujayraga kirishi, o’zlashtirilishi va o’zgarishi, energiya va parchalanish mahsulotlarini ajratilishidan iborat. Moddalar almashinuvi 2ta qarama-qarshi jarayog’ndan – assimilyasiya va dissimilya- siyadan iborat. Assimilyasiya – moddalarning o’zlashishi va hujayralarni o’sishi.
Dissimilyasiya – murakkab moddalarni parchalanib, energiya hosil qilishi. Yosh organizmda assimilyasiya jarayog’ni ustunroq, keksayganda esa dissimilyasiya jarayog’ni ustunroq bo’ladi. Odam organizmida hujayra bilvosita bo’linish (mitoz) yo’li bilan ko’payadi. Bunda yadroda murakkab qayta kurilish ro’y berib, yadro turi va xromatin yangi hujayralarga bir xilda taqsimlanadi.
Mitoz sxema ko’rinishida 4 ta fazaga bo’linadi: profaza, metafaza, anafaza, telofaza. Organizmning butun hayog’t faoliyati davomida hujayralar ko’payadi va o’ladi. Hujayralarning yashash davrlari har xil. Hujayralararo modda hujayralarni bir–biri bilan bolaydi. U kollagen, elastik tolalardan oziq moddalar va kislorod bilan ta’minlaydigan to’qima suyuqligidan iborat. To’qimaning asosiy turlari. Epitelial yog’ki chegaralovchi to’qimalar yuzaki joylashgan, tashqi muhit bilan chegaradosh yuzlarida hamda kovak a’zolarning qon tomirlarining ichki devorlarini qoplab turadi.
Epitelial hujayralar bezlarning asosini tashkil qiladi. Epitelial hujayralar 2ta asosiy funksiyani bajaradi: qoplovchi (chegaralovchi, himoyalovchi ) va sekretor. Bundan tashqari epitelial hujayralar parchalanish mahsulotlarini so’rilish va ajralish jarayog’nlarida ishtirok etadi. Bu to’qimalarning anatomik xususiyatlaridan biri shundaki, ularning hujayralari bir-biri bilan zich joylashgan, hujayralararo modda deyarli yog’’q, qon tomirlar bilan ta’minlanmagan. Epiteliy hujayralari bir qavatli va qo’p qavatli bo’lishi mumkin. Epiteliy hujayralarining shakli ham har hil: yassi, kub, prizma shaklida. Odam organizmida quyidagi epiteliylar farqlanadi: – teri tipidagi epiteliy – ko’p qavatli yassi epiteliy (epidermis). Uning yuzaki hujayralari shoxlanadi (orogoveyut). Terini, ko’zning shox pardasini qoplaydi. – ichak tipidagi epiteliy, – bir qavatli prizmatik epiteliy ichakning ichki yuzasini qoplaydi. – tomirli (endoteliy), hamda seroz qavatlar va buyrak epiteliysi (mezoteliy) bir qavatli yassi epiteliy, – kiprikli epiteliy – traxeya, bronx, bachadon naychalarining ichki tomonini qoplagan kiprikchalardan iborat.
Dostları ilə paylaş: |