10-Bolalarda o’sishi va rivojlanish qonuniyatlari Reja


Organizm o’sishning miqdor ko’rsatkichi



Yüklə 97,28 Kb.
səhifə5/11
tarix30.12.2021
ölçüsü97,28 Kb.
#49270
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
10-мавзу гудак. рив.ши

2. Organizm o’sishning miqdor ko’rsatkichi

O’sish va rivojlanish barcha organizmlar jumladan, odam organizmi uchun xos xususiyatdir. Shaxsni barkamol rivojlanishiga organizmni atrof muhit bilan faol hamkorligi oqibatida erishiladi.

O’sish deganda to’qimalar, a’zolar va umuman tana massasini ortishi tushunilib, u, odam tanasi kattaligi va shaklini mos ravishdagi o’zgarishlari bilan belgilanadi. Barcha to’qimalar o’sadi, lekin ushbu jarayonni jadalligi inson hayotini alohida davrida turlicha hamda alohida to’qimalar a’zolar va tizimlar uchun bir vaqtda sodir bo’lmaydi. O’sish jarayoni chegarasiga ega bo’lib, ayollar uchun 20-25 yoshni va erkaklar uchun 23-25 yoshni tashkil qiladi. Ba’zi manbalarda o’smir qizlar uchun 16-18 yoshgacha, o’smir bolalar uchun 18-20 yoshgacha davom etadi (11).

Hujayra sonini ko’payishi bilan bir vaqtda ularning sifat ko’rsatkichlarini ham o’zgarishi sodir bo’ladi, ya’ni funksional jihatdan turli mohiyatga ega to’qimalar hosil bo’ladi va rivojlanadi, ular murakkab a’zolarga birlashadilar, alohida tizimlarga xos bo’lgan morfologik tuzilmalar shakllanadi. Odam organizmining rivojlanishi uning barcha hayot sikli davrida sodir bo’ladi. Bunga, voyaga yetgan davridan boshlanadigan qarish jarayonlari ham kiradi va qoidaga binoan organizmni qaytar rivojlanishi boshlanadi.

Rivojlanish jarayoni a’zolar va ularning tizimlari faoliyatini funksional differensiyalanishi va takomillanishida nomoyon bo’ladi, masalan, markaziy asab tizimining reflektor faoliyatini ichki kortikal a’loqalarni, yurak-tomir, ovqat hazm qilish, tayanch-harakatlanishi va boshqa tizimlarning murakkablashuvi va rivojlanishi hisobiga takomillashuvida bilinadi. O’sish va rivojlanish tirik materiyaning umumiy biologik xususiyatlari “hisoblanadi va uzluksiz ilgarilovchi” jarayon ko’rinishida bo’ladi. U yoki bu fiziologik tizimlarning tuzilishida yoki faoliyatida yoshga oid hususiyatlarning mavjudligi, bola organizmini alohida yoshga oid davrida to’laqonli rivojlanganligini ko’rsatmaydi. Aynan shunday o’ziga xos xususiyatlar majmui u yoki bu yosh davrini tavsiflaydi (12).

1965 yilda Moskvada RSFSR Pedagogika fanlari akademiyasining bolalar va o’smirlar fiziologiyasi institut tashabbusi bilan o’tkazilgan simpoziumda odamda yosh davrlarining quyidagi sxemasi taklif qilingan:




  1. Yangi tug’ilgan davr-1-10 kun.


  2. Ko’krak suti beriladigan davr-10 kundan 1yoshgacha.


  3. Ilk bolalik davr-1-3 yosh.


  4. Birinchi bolalik davri-4-7 yosh.


  5. Ikkinchi bolalik davr: o’g’il bolalar uchun 8-12 yosh,


qiz bolalar uchun 8-11 yosh.




  1. O’smirlik yoshi: o’g’il bolalar uchun 13-16 yosh,


qiz bolalar uchun 12-15 yosh.




  1. Navqironlik yoshi: yigitlar uchun 17-21 yosh,


qizlar uchun 16-20 yosh.




  1. Yetuklik I davr erkaklar uchun 22-35 yosh,


ayollar uchun 21-35 yosh.




  1. Yetuklik (to’lishgan yoshi) II davr erkaklar 36-60 yosh,


ayollar uchun 35-55 yosh.




  1. Keksaygan yosh: erkaklar uchun 61-74 yosh,


    ayollar uchun 56-74 yosh.


  1. Qarilik yoshi ayollar va erkaklar uchun 75-90 yosh.


  2. Uzoq umr ko’ruvchilar 90 yosh va undan ortiq (11).


Bolaning o’sishi va rivojlanishi muayyan qonuniyatlar asosida boradi, bularga geteroxroniya va akseleratsiya kiradi.

Notekis rivojlanish yoki geteroxroniya organizmning normal holatida o’sish va rivojlanish bir-biri bilan juda yaqin alohida va hamkorlikda bo’lsa ham, ular bir vaqtda bir-xil jadallikda sodir bo’lmaydi, chunki biron bir a’zo massasining kattalashishi uni bir vaqtda funksional jihatdan takomillashuvini bildirmaydi. Ontogenezda, birinchi navbatda, ontogenezning ushbu bosqichida yoki yaqin kelajakdagi organizmni yashashi uchun zrur bo’lgan a’zo va tizimlarning rivojlanish tezligi o’zgaradi. Ushbu bosqichda zarur bo’lmagan funksional tizimlarning esa, aksincha orqada qoladi. Bunga mos ravishdagi dalillarni umumlashtirishda, P.K. Anonxinning faoliyati organizmni foydali moslanuvchanlik natijalarini ta’minlovchi tuzilmalar birligi sifatida namoyon bo’luvchi alohida funksional tizimlarni ontogenezda rivojlanishning geteroxronizm to’g’risidagi nazariyasi qo’l keladi. Funksional tizimlarni ketma-ket shakllanishi sistemogenez deb nomlanadi.

Yangi organizmni rivojlanishini geteroxroniya asosida ko’rib chiqamiz.

Yangi organizm hayoti tuxum hujayraning urug’lanishidan boshlanadi. Keyingi ko’p sonli bo’linish natijasida hujayralar soni tez ko’paya boradi. To’rt kecha-kunduzda ular 58 taga, to’rt yarim kecha-kunduzdan boshlab 107 taga yetadi. Hujayralar yig’indisidan muayyan ixtisoslashgan tuzilmalar shakllanib, ulardan asta-sekin asab, yurak-tomir, hazm qilish, tayanch-harakatlanish va turli to’qimalar hamda organlardan tashkil topgan boshqa sistemalar rivojlanadi. 12-13 kunlik pushtning uzunligi 1,5-2 mm, 3-hafta oxirida 4 mm, 4-hafta oxirida 8mm, 3-oyda 9 sm bo’ladi.

Hayotining ikkinchi oyidan boshlab, rivojlanayotgan organizm embrion deyiladi. Unda odamning tashqi belgilari yuz, quloqlari, ko’z, burun, oyoq-qo’l alomatlari, markaziy nerv sistemasi, sezuvchi qoplamlar, me’da-ichaklarning ichki pardalari, nafas organlari, yurak-tomir sistemasining to’qimalari paydo bo’ladi. Uchinchi oyda homila davri boshlanadi. Homila tez o’sadi va massasi ortib borib, tug’ulish vaqtiga kelib, o’g’il bolalarniki o’rta hisobda 3400 g, qiz bolalarniki 3250 g ni tashkil etadi. Uchinchi oy oxirida muskullar shakllanadi, harakatlar paydo bo’lib, ular to’rtinchi oy oxirlarida ancha sezilarli bo’ladi. Hayotning 28-haftasida homila ona organizmidan tashqarida yashash layoqati bo’ladi, biroq juda kichik: bo’yi 355 sm, massasi 1300 g bo’ladi.

Ona qornidagi hayot o’rtacha 280 kun (40 hafta) davom etadi. Tug’ulish vaqtiga kelib, teri osti to’qimalari, boshidagi soch qoplami shakllanadi, yurak-tomir, ayiruv, nerv sistemalari, o’pka, buyrak oldi va birlamchi buyrak o’rnida uzil-kesil shakllangan buyrak, qalqonsimon bez, buyrak usti bezlari, me’da osti bezi va me’da-ichak yo’llarini barcha bo’limlari ishlaydi. Qon hosil qilish funksiyalari (homila rivojlanishining dastlabki 5 oyida bo’lganidek) jigar emas, balki suyak ko’migi bajaradi. Hozircha asosan tog’ay to’qimasidan iborat bo’lgan skelet mavjud bo’ladi. Kalla suyagi bo’g’imlari harakatsiz uzil-kesil emas, biriktiruvchi to’qima bilan birikan bo’ladi. Shu tufayli bosh miya to’qimalari massasining ko’payishiga imkon beradi va u tug’ulishidan keyin hayotining birinchi yilida juda jadal o’sadi.

Organizm normal holatida o’sish va rivojlanish juda uzviy bog’langan va o’zaro bir-biriga ta’sir qilsada, biroq bular bir vaqtda sodir bo’lmaydi, hamda turli tezlikda boradi. Chunki biror organ to’qimasining massasi ortishi uning ayni vaqtda funksional jihatdan takomillashuvini bildirmaydi. Bu hodisa geterxromiya ya’ni rivojlanishning notekisligi nomini olgan. U chaqaloqning yashab ketishini ta’minlaydi, chunki hayotiy muhim sistemalar boshqa organlardan tezroq rivojlanadi. Biroq ularning rivojlanish darajasi eng oddiy reflektor reaksiyalarni ta’minlaydi.

Bola faqat ko’krak so’rishi, aksirishi, yo’talishi, ko’zini pirillatishi, rangni farqlay olishi, eshitishi, kam darajadagi harakatlar qilishi mumkin.

Funksional sistemalarning rivojlanishida geteroxroniya quyidagilarda namoyon bo’ladi.

Hayotning birinchi yilida tayanch-harakatlanish apparati jadal suratda o’sadi va rivojlanadi, tana massasining uzunligi bir yarim marta (24 sm ga yetadi), massasi esa 3,5 marta ortadi va bolaning vazni hayotining birinchi yili oxirida taxminan 12 kg bo’ladi. Yurak to’qimasining gistolik tabaqalashuvi ortadi. Nutq-talaffuz apparati rivojlanadi. Endokrin sistemasining funksiyasi kuchayadi.

Uch yoshda bo’yning yillik o’sishi 10 sm ga yetadi, uch yoshdan yetti yoshgacha esa sekinlashib, 6,5 sm tashkil etadi. So’ngra yana ham sekinlashadi. Ayni vaqtda uning rivojlanishi va takomillashuvi kuzatiladi, bu bolaning yo’lga kirishi, yugurishi va harakatlaridan ko’rinib turadi. Tishlari chiqa boshlaydi. Miya to’qimasi o’sadi va nerv sistemasining funksiyasi takomillashadi.

Yetti yoshga borib bola yuragi 4-5 barobar kattalashadi, bosh miyasining vazni esa tahminan 1350 g bo’ladi. Skelet jadal suyakka aylana boshlaydi va tayanch harakatlanish apparati mustahkamlanib boradi. Bolalar turli-tuman muvofiqlashgan harakatlar qilishga layoqatli bo’ladi. Markaziy nerv sistemasining funksiyasi takomillashadi va shartli tormozlanish rivojlanadi.

Qiz va o’g’il bolalarda pubertat nomini olgan davr, ya’ni balog’atga yetish davri bo’ladi, bu davr ichida organizmda jinsiy yo’l bilan ko’payish qobilyati paydo bo’ladi. U 3 fazada ro’y beradi va bir necha yilga: qiz bolalarda 8-9 yoshdan 16-17 yoshgacha, o’g’il bolalarda esa 10-11 yoshdan 19-20 yoshgacha davom etadi.

Birinchi pubertat odi davri qiz bolalarda 12 yoshgacha, o’g’il bolalarda 13 yoshgacha davom etadi va jinsiy bezlarning ishlay boshlashi hamda ko’pkina jarayonlarning borishiga jumladan, to’qimalarning ham o’sishiga imkon beradigan gormonlarning qonga tushishi bilan bog’liq bo’lgan dastlabki voyaga yetish belgilardan oldin yuz beradi. Ikkinchi asr pubertat faza 16-17 yoshgacha bo’lgan davr to’g’ri keladi va voyaga yetishning dastlabki belgilari paydo bo’lishida, ya’ni o’g’il bolalarda populyatsiya (ihtilom) va qiz bolalrda hayz paydo bo’lishida namoyon bo’ladi. Uchinchi pubertat faza ikkilamchi jinsiy belgilar rivojlanishining tugallanilishi bilan bog’liq.

Pubertat davrida tayanch-harakatlanish sistemasining rivojlanishi va shakl hosil bo’lishi davom etadi. O’sish oyoq-qo’llarning uzayishi hisobiga bo’ladi va 7-8 sm.gacha yetadi. 10 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan qiz bolalar bir muncha tez o’sadi va o’g’il bolalardan o’zib ketadi, biroq 14 yoshdan keyin o’g’il bolalar yana bo’ydanroq bo’lib qoladi. Bu davrda jigar, buyrak, o’pka, yurak va organlar to’qimalarining tuzilishi va funksiyasining takomillashuvi bilan bog’liq bo’lgan jarayonlar birmuncha tez boradi. Yurakning nerv apparati rivojlanadiva takomillashadi. Katta yarimsharlar po’stlog’ining birlashtiruvchanlik roli ortadi, tormozlanish jarayonlari kuchayadi. Asl pubertat faza endokrin sistemaning tez suratlar bilan rivojlanishi, gavda qismining birmuncha tez o’sishi va gavda vazni tez ortib borishi bilan farq qiladi. Gavda proporsiyalari (nisbatlari) katta yoshdagi odam ko’rsatkichlariga yaqinlasha boradi hamda yigitlar va qizlarda bir-biridan farq qiladi. Bu farq gavdaning uzunligida namoyon bo’ladi, chunki o’sish ayollarda erkaklardagiga qaraganda ertaroq tugallanadi va ularning bo’yi erkaklarnikidan 11 sm past bo’ladi. Bu gavdaning massasi, tana va oyoq-qo’llarning uzunligi, suyaklarning, skeletning shakli va boshqalarga ham ta’luqli. Bu davrda skelet suyaklarning qalinligi va muskul to’qimasining tabaqalanishi hisobiga skeletning suyakka aylanishi darajasi ortadi. Harakat analizatori va muskullar nerv apparatining yetilishi qayd qilinadi.

Asl pubertat fazada katta yarimsharlar po’stlog’ining analitik va muvofiqlashtiruvchi funksiyalari takomillashadi, qo’zg’alish va tormozlanish jarayoni tenglashadi. Ikkinchi signal sistemasi rivojlanadi. Pubertat davrdan keyingi davrda tayanch-harakatlanish sistemasi organlari o’sishi va ikkilamchi jinsiy belgilarning shakllanishi tugallanadi. Organlar va to’qimalarning rivojlanishi va takomillashuvi ayniqsa markaziy nerv sistemasida hayot faoliyati mobaynida hosil bo’lgan yangi shartli reflektor bog’lanishlar hisobiga davom etadi.

Binobarin, notekis rivojlanish hodisasi geteroxronizm turli-tuman funksional sistemalarni tashkil etgan va ontogenezning muayyan bosqichida organizmining yashab ketishini taminlaydigan ayrim organlar va to’qimalarning o’sish va rivojlanish holatini qiyosiy o’rganishda kuzatiladi. U, shuningdek, sistemalararo bog’lanishlar hosil bo’lishida ham asta-sekin paydo bo’ladi. Geteroxronizm irsiyatning hayvonot olamida evolyutsion rivojlanish jarayonida moslashuvning rivojlanuvchi shakllarini mustahkamlab olishning natijasi hisoblanadi. Turli yosh davrlarida o’sish va rivojlanishning bayon etilgan tipik xususiyatlarda bayon etilgan o’ziga xos farq bo’lishi mumkin. Ular bolaning irsiy omillari, uni boqish va tarbiyalash sharoiti, sog’lig’i bilan belgilanadi.





Yüklə 97,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin